Qashqadaryo viloyatida 2019-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining yagona eng kam miqdorini belgilash toʻgʻrisida (X-05/01-son)
04.01.2019
Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1992-y., 1-son 45-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 186-modda) talablari asosida, viloyat hududidagi boʻsh turgan bino-inshootlardan oqilona foydalanish, ularga boʻlgan ehtiyojni toʻliq taʼminlash hamda kutilayotgan xarajatlar bilan korxona, tashkilot va muassasalarning ijara toʻlovidan tushadigan daromadlarni tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1993-y., 9-son) ning 6, 25-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2019-yil 13-dekabrdagi “Davlat koʻchmas mulklari boʻyicha kelishilgan ijara toʻlovlarining eng kam stavkalarining hisob-kitoblari” MM-3-0/142-son, AX/08-01-32/3964 va 2936/02-17-1-sonli qoʻshma xatlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyat hududida 2019-yilda eng kam ijara haqi stavkalari 1-ilovaga, ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar va ijara haqlarini hisoblash tartibi 2-ilovaga hamda bino va inshootlarga biriktirilgan, shuningdek alohida ajratilgan maydonlarda (asfaltlangan yoki betonlashtirilgan hududlarda) radio, uyali va peydjing aloqa antenalari oʻrnatilganda foydalaniladigan maydon uchun ijara haqi toʻlovlari hisoblanishi tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi, viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, viloyat Oʻrta-maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi, viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi va boshqa tegishli davlat mulkini balansda saqlovchi tashkilotlar va muassasalar rahbarlari:
har chorakda kamida bir marta oʻzining tasarrufida boʻlgan davlat mulkini toʻliq xatlovdan oʻtkazsinlar;
tasarrufidagi foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning viloyat “Davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat unitar korxonasiga oʻz vaqtida, toʻliq, shuningdek ijaraga berilayotgan mol-mulkning tiklanish qiymati toʻgʻrisidagi taqdim etilgan axborotning ishonchligiga shaxsan masʼul ekanligi belgilansin;
davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va sonini ataylab notoʻgʻri qayd etilganligi, buning natijasida ijara toʻlovining yashirilishiga olib kelganligi uchun bevosita qonun hujjatlariga muvofiq javob berishi belgilab qoʻyilsin.
4. Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi huzuridagi “Qashqadaryo viloyati Davlat mulkini ijaraga berish markazi” DUK viloyatning shahar va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatmayotgan bino-inshootlarni aniqlash yuzasidan xatlovlar oʻtkazish, roʻyxatini yuritish hamda tasdiqlangan ijara haqi stavkalari boʻyicha ijaraga berilishini taʼminlasin.
5. Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, viloyat moliya boshqarmasi, viloyat Nazorat-taftish boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi va viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi ushbu qarorga muvofiq davlat mulkchiligidagi korxona va tashkilotlarda tekshirishlar va oʻrganishlar jarayonida ijaraga berilgan davlat mulklari ijara markazi orqali rasmiylashtirilganligiga va ijara haqlarini toʻliq toʻlanganligini vakolat doirasida nazoratga olsinlar.
6. Viloyat matbuot va axborot boshqarmasi, viloyat teleradiokompaniyasi, “Qashqadaryo” va “Novosti Kashkadari” gazetalari tahririyatiga ushbu qarorning mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish maqsadida ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
7. Viloyat hokimining 2018-yil 3-fevraldagi X-91/02-sonli qarori 2018-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qaror 2019-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari X. Djurayev, viloyat hokimining oʻrinbosari O. Shagazatovlar zimmasiga yuklansin.
Viloyat hokim Z. RUZIYEV
Qashqadaryo v.,
2019-yil 4-yanvar,
X-05/01-son
Viloyat hokimining 2018-yil 4-yanvardagi X-05/01-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qashqadaryo viloyatida 2019-yilda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun eng kam ijara haqi
stavkalari
T/r Ijaraga beriladigan maydonlarning faoliyat turi Viloyat markazi Qarshi shahri uchun yillik eng kam stavka1 kv.m/soʻm Viloyatning tumanlari va shaharlari uchun yillik eng kam stavka 1 kv.m/soʻm 1 3 4 5 Sanoat 1. Yoqilgʻi sanoati 5 600 4 900 2. Kimyo sanoati 5 600 4 900 3. Neft-kimyo sanoati 5 600 4 900 4. Mashinasozlik 5 600 4 900 5. Dastgohsozlik va asbobsozlik sanoati 5 600 4 900 6. Hisoblash texnikasi vositalari sanoati 5 600 4 900 7. Traktor va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi 4 600 4 000 8. Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozligi 4 600 4 000 9. Yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi 4 600 4 000 10. Sanitar texnik va gaz uskunalari hamda buyumlari ishlab chiqarish 5 600 4 900 11. Metall konstruksiya va buyumlar sanoati 5 600 4 900 12. Mashina va uskunalarni taʼmirlash 5 600 4 900 13. Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari 5 600 4 900 Oʻrmon, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati 14. Oʻrmon, yogʻoch tayyorlash sanoati 5 600 4 900 15. Yogʻochni qayta ishlash sanoati 5 600 4 900 16. Sellyuloza-qogʻoz sanoati 5 600 4 900 17. Mebel, eshik va romlar (yogʻochdan) ishlab chiqarish 16 800 14 800 18. Qurilish materiallari sanoati 5 600 4 900 Yengil sanoat 19. Toʻqimachilik sanoati 5 600 4 900 20. Tikuvchilik sanoati 5 600 4 900 21. Charm, moʻyna va poyafzal sanoati 5 600 4 900 22. Yengil sanoatning boshqa sohalari 5 600 4 900 Oziq-ovqat sanoati 23. Oziq-ovqat sanoati (baliq, goʻsht, yogʻ-pishloq va sut sanoatidan tashqari) 5 600 4 900 24. Goʻsht va sut sanoati 5 600 4 900 25. Baliqchilik sanoati 5 600 4 900 26. Un-yorma sanoati 5 600 4 900 27. Kombikorm sanoati 4 600 4 000 28. Sanoatning boshqa tarmoqlari 5 600 4 900 Sanoatning boshqa tarmoqlari 29. Tibbiyot asboblari sanoati 5 600 4 900 30. Nashriyot sanoati 15 700 13 900 31. Kiyim-kechak va gazlamadan tayyorlangan boshqa buyumlarni kimyoviy tozalash, boʻyash, yuvish va ularga ishlov berish 6 800 5 900 32. Sanoat xoʻjalik boshqaruvi 15 700 13 900 Qishloq xoʻjaligi 33. Oʻsimlikchilik (shu jumladan issiqxona xoʻjaligi) 1 ga 2 239 600 1 975 200 34. Chorvachilik va parrandachilik 2 700 2 400 35. Baliqchilik (shu jumladan, pitomniklar) 1 ga 2 239 600 1 975 200 36. Asalarichilik 1 ga 1 456 000 1 284 000 37. Veterinariya xizmati 5 600 4 900 38. Qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi boshqa tashkilotlar 5 600 4 900 39. Oʻrmon xoʻjaligi (shu jumladan, bogʻlar) 1 ga 2 239 600 1 975 200 Transport va aloqa 40. Umumfoydalanishdagi yer usti temir yoʻl transporti 5 600 4 900 41. Avtomobil infratuzilmasi (avtosaroy, taksopark, avtomobillar toʻxtash joyi, garajlar) 5 600 4 900 42. Avtomobil infratuzilmasi (jarima maydoni) 1 400 1 300 43. Avtomobillarni yuvish shohabchasi 18 000 14 000 44. Avtomobillarga yoqilgʻi qoʻyish shaxobchalari 18 000 18 000 45. Aholining buyurtmasi boʻyicha yuk tashish va boshqa transport- ekspeditsiya xizmati 10 100 9 000 46. Pochta aloqasi 5 600 4 900 47. Kuryer xizmati 11 200 9 800 48. Elektr-simli aloqa 11 200 9 800 49. Radio, uyali va peydjing aloqasi (tortqich qoziqlarning umumiy perimetri boʻyicha, inshoot va texnik hududlari qoʻshilgan holda) 47 100 41 500 Qurilish 50. Qurilish 5 600 4 900 51. Loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlari 5 600 4 900 52. Plastiklikli eshik va romlar ishlab chiqarish 33 000 27 000 Savdo va umumovqatlanish 53. Ulgurji savdo 15 700 13 900 54. Tovar (xizmat)larni partiyalarga boʻlib sotish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi ulgurji bozor 40 300 35 500 55. Chakana savdo 15 700 13 900 56. Umumovqatlanish 15 700 13 900 57. Oziq-ovqat yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash va sotish (fast.fud) 24 600 20 000 58. Kitob doʻkonlari 2 200 2 000 59. Madaniy-maishiy maqsadda va xoʻjalik faoliyatda ishlatiladigan buyumlarni ijaraga berish 15 700 13 900 60. Xalq isteʼmol mollarini olish va sotishda vositachilik xizmati 24 600 21 700 61. Moddiy-texnika taʼminoti va savdosi 15 700 13 900 62. Axborot-hisoblash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish 15 700 13 900 63. Internet va kompyuter tarmogʻi boʻyicha xizmat koʻrsatish 15 700 13 900 64. Koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalar 15 700 13 900 65. Reklama, vakillik xizmati 15 700 13 900 66. Marketing tadqiqot, tijorat, moliya va boshqaruv masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari 15 700 13 900 67. Yer qaʼri konlarini qidirish va geologik oʻrganish, geodeziya va gidrometeriologiya xizmati 28 000 24 600 68. Tahririyat va nashriyotlar 9 000 7 900 69. Metall chiqindilari va chiqindi xomashyolarini yigʻish va tayyorlash 9 000 7 900 70. Uy-joy xoʻjaligi (Uy-joy mulkdorlari shirkati obyektlari) 9 000 7 900 71. Mehmonxona xoʻjaligi 17 900 15 840 72. Umumiy yotoqxona 14 000 12 000 73. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari 9 000 7 900 74. Sartaroshxona, suratxona, modalar atelyesi, poyafzal tuzatish 13 500 12 000 75. Lombardlar 20 300 17 900 76. Hammomlar 27 000 23 800 77. Sauna va basseynlar 53 800 47 500 Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot 78. Sogʻliqni saqlash 11 200 9 800 79. Dam olish va sayyohlik 11 200 9 800 80. Fitobar 7 800 6 800 81. Madaniy koʻngil ochar markazlar (bilyardxona, oʻyin avtomatlari, diskotekalar va boshqa) 17 900 15 800 82. Jismoniy tarbiya va sport 5 600 4 900 83. Dorixona muassasalari 9 000 7 900 84. Optika va tibbiyot jihozlari sovdo doʻkonlari 18 900 14 500 85. Ijtimoiy-dorixona muassasalari 8 000 7 400 Taʼlim 86. Oliy va oʻrta- maxsus maʼlumotli mutaxassislarini tayyorlash (shu jumladan, oʻquv kurslari ham) 9 000 7 900 87. Ishchi va boshqa xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish 7 000 6 500 88. Bolalar umumtaʼlim bolalar maktablari (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) 4 600 4 000 89. Taʼlim oʻquv muassasalarida umumovqatlanishni tashkillashtirish 5 600 4 900 90. Maktabgacha tarbiya (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) 4 000 3 700 91. Madaniyat va sanʼat 15 700 13 900 92. Koʻrgazmalar 12 100 11 200 93. Maktabdan tashqari tarbiya 4 600 4 000 94. Madaniy va dam olish bogʻlari 11 200 9 800 95. Hayvonot va botanika bogʻlari 11 200 9 800 96. Telekoʻrsatauv va radioeshittirish tahririyatlari (redaksiyalari) 11 200 9 800 97. Kinostudiya, ovoz yozish studiyalari 17 900 15 800 98. Ilm-fan va ilmiy xizmat koʻrsatish 6 800 5 900 99. Avtomaktablar 10 000 7 000 Moliya-kredit faoliyati 100. Moliya, kredit (sugʻurtalash va auditorlik faoliyatidan tashqari), nafaqa taʼminoti 15 700 13 900 101. Auditorlik faoliyati 15 700 13 000 102. Bank faoliyati 15 700 13 900 Faoliyatning boshqa turlari 103. Sugʻurtalash 15 700 13 900 104. Sud va huquq xizmati 13 500 12 000 105. Advokatlik hayʼati hamda huquqiy maslahatxonalari 13 500 12 000 106. Jamoa birlashmalari 4 600 3 900 107. Omborxona va bino inshootlari 15 700 13 900 108. Davlat korxonalari uchun ofis 6 800 5 900 109. Xususiy tashkilotlar uchun ofis 24 000 21 700 110. Arxivlashtirish faoliyati 6 800 5 000 111. Yengil avtomobil va boshqa transport vositalarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish (shu jumladan vulkanizatsiya) 17 900 15 800 112. Laboratoriyalar 11 200 9 800 113. Turli xizmatlar uchun toʻlovlari (paynet) 45 000 39 600 114. Madaniy meros obyektlari bino va inshoatlarida savdo faoliyati 24 600 21 700 115. Madaniy meros obyektlari bino va inshoatlarida umumovqatlanish 21 500 19 000 116. Aviakassa (shu jumladan, temir yoʻl, transport va boshqa) 24 600 21 700 117. Bankomatlar 224 400 197 900 118. Non va bulochka mahsulotlari tayyorlash 15 700 13 900
Izoh:
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-iyundagi 07/10-41-sonli majlis bayonnomasining 11-bandiga muvofiq mulkiy shaklidan qatʼiy nazar dorixona muassasalarining filiallari QVP binolarida faoliyat koʻrsatayotganligi uchun ijara toʻlovining “nol” stavkasi qoʻllaniladi.
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-noyabrdagi 02/1-74 sonli topshirigʻiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi Savdo boshqarmasining tarkibiy qismlari uchun yopiq harbiy shaharchalar, harbiy qism va muassasalari hududlarida joylashgan koʻchmas davlat mulkidan foydalanganda ijara toʻlovining “nol” stavkasi qoʻllaniladi.
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 24-iyuldagi № 02/107-2670-sonli topshirigʻiga muvofiq “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati” OʻzLiDePning Kengashlari, shuningdek” XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi tahririyati uchun partiya balansdagi tegishli davlat mulklaridan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining “nol” stavkasi belgilanadi.
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi “Yosh tadbirkorlar klasterini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi № 834-sonli qaroriga muvofiq, davlat mulklari, shu jumladan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida joylashgan davlat mulklari Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi shahar va tuman boʻlimlarining tavsiyasiga binoan yosh tadbirkorlarga besh yildan kam boʻlmagan muddatga ijara toʻlovining “nol” stavkasi belgilanadi.
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi № 14/1-1959-sonli topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining taqdimnomasiga asosan Olimpiada oʻyinlari gʻoliblari va sovrindorlari tomonidan tashkil etiladigan xususiy sport muassasalariga aholi zich joylashgan hududlardagi davlat mulklari, shu jumladan yer maydonlari sport faoliyatini saqlash sharti bilan ijaraga berishda ijara toʻlovining “nol” stavkasi belgilanadi.
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-avgustdagi № 609-20-sonli topshirigʻiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining keyinchalik xoʻjalik hisobida faoliyat yuritilishi belgilangan davlat unitar korxonalariga shuningdek, boshqa boʻlinmalariga Mudofaa vazirligining bino-inshoatlari, asbob uskunalari, mebellar xamda boshqa mol-mulklari ijara shartnomalari doirasida bepul “nol” stavkaga ijaraga beriladi.
Viloyat hokimining 2018-yil 4-yanvardagi X-05/01-sonli qaroriga 2-ILOVA
Ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar va ijara haqlarini hisoblash
tartibi
1. Hududiy zonalar koeffitsiyenti (Zk): T/r Shahar va tumanlar nomi Zonalar Hududiy zonalar koeffitsiyenti 1. Qarshi shahri Shahrisabz shahri Beshkent shahri Kitob shahri Koson shahri 1 1 2 2 2 2,5 2,5 2,2 2,2 2,2 2. Qarshi tumani Koson tumani Muborak tumani Shaxrisabz tumani Kitob tumani Gʻuzor tumani Kasbi tumani Chiroqchi tumani Yakkabogʻ tumani Nishon tumani Qamashi tumani Mirishkor tumani 3 3 3 3 3 3 3 3 3 3 3 3 1,8 1,8 1,8 1,8 1,8 1,8 1,7 1,5 1,5 1,5 1,5 1,5 3. Dehqonobod tumani 4 1,2 2. Binoning qurilishiga koʻra turi (Kq): alohida turgan bino 1,5 bino ichidagi xona 1,3 binoga taqab qurilgan 1,2 binoning ustki qismi, cherdak 0,9 yertula, yarim yertula 0,5 2. Yondosh hududidan foydalanish koeffitsiyenti (Kh): yer maydoni mavjud boʻlganda 0,8 4. Tijorat yoʻlida foydalanishda qulayligi (Ko): asosiy avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda 0,5 ikkinchi darajali avtotransport yoʻllari boʻylab joylashganda 0,4 radio, uyali va peydjing aloqa antenalari oʻrnatilganda 0,5 Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi: Ts = Es x Zk x (Kq + Kh + Ko) Bunda: Ts — bir yilga 1 kv.metr uchun ijara haqining tayanch stavkasi. Es — bir yilga 1 kv.metr uchun eng kam stavka.
Asosiy vositalar va avtotransport vositalarining ijara haqlarini hisoblash tartibi
Ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlmasa yoki ushbu muddat teng boʻlsa, yoki amalda foydalanilgan muddatni aniqlash mumkin boʻlmasa mol-mulk tiklanish qiymatining 30 foizidan;
Ijaraga topshirilayotgan mulkdan amalda foydalanilgan muddat undan samarali foydalanish muddatidan ortiq boʻlsa, mol-mulk tiklanish qiymatining 20 foizidan kam boʻlishi mumkin emas.
Qoʻshimcha izoh:
Ijaraga olingan mulklardan foydalanish va sotib olish hamda ijara haqi summalarini belgilash tartibi, bajariladigan qoʻshimcha xarajatlar, kommunal toʻlovlarini va yer soliqlarini toʻlash, ijaraga olingan mulklarni qayta yoki toʻliq taʼmirlash, qoʻshimchalar qilish ishlari uchun sarflangan xarajatlarni toʻlash tartiblari:
a) bino-inshoot hamda asosiy va avtotransport vositalarini qayta yoki toʻliq taʼmirlash, qoʻshimchalar qilish ishlarini bajarish uchun sarflangan mablagʻlar haqidagi hujjatlar “Balans saqlovchi”ga taqdim etilganda va tomonlarning roziligi bilan, ushbu sarflangan mablagʻlar summasi ijara shartnomasi boʻyicha “Balansda saqlovchi”ga toʻlanishi lozim boʻlgan ijara haqi summasidan chegirib qolinishi mumkin. Ijara vaqtida olingan mahsulot va foyda “Ijaraga oluvchi”ning mulki hisoblanadi.
b) Davlat va nodavlat tashkilotlari, jismoniy shaxslarga ijara markazi tomonidan koʻrsatiladigan konsalting xizmatlari uchun eng kam ish haqining ellik foizi miqdorida xizmat haqi belgilanadi. Nodavlat mulkchilik shaklidagi mulk egalari bilan ijara shartnomasi tomonlarning kelishuvi asosidagi jami ijara haqining 90 foizi mulk egasiga va 10 foizi “Ijara markazi”ga shartnomada belgilangan muddatlarda toʻlanadi.
v) Belgilangan ijara haqi summasiga yer soligʻi, kommunal xarajatlar (boshqa turdagi xizmatlar) haqi kiritilmagan boʻlib, bu haqida “Ijaraga oluvchi” va “Balansda saqlovchi” (mulk egasi) oʻrtasidagi asosiy ijara shartnomasi shartiga muvofiq alohida qoʻshimcha shartnoma tuziladi va ushbu shartnoma boʻyicha “Ijaraga oluvchi” bu xarajatlarni toʻlash majburiyatini oladi.
g) Oliy oʻquv yurtlari, kollejlar, akademik litseylar, maktablarning ichkarisida joylashgan ijaraga oluvchichilar (oshxona va boshqa savdo, maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari) talabalarning taʼtil davrida 3 (uch) oy ijara haqidan ozod qilinadi.
Viloyat hokimining 2018-yil 4-yanvardagi X-05/01-sonli qaroriga 3-ILOVA
Radio, uyali va peydjing aloqa antennalari (texnik uskunalar) oʻrnatilganda foydalaniladigan maydon uchun ijara haqi toʻlovlari hisoblanishi
tartibi
1. Davlat mulki boʻlgan bino va inshootlarning yuqori qismi, cherdak, boloxona qismlarida oʻrnatilganda:
Ts = Es * Kz * (Kq+Kh+Ko)
Ts — bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovi tayanch stavkasi.
Es — bir yilga bir kv.metr uchun eng kam stavka (umumiy ijara maydoni tortqich qoziqlarning umumiy perimetri boʻyicha hisoblanadi).
Kz — hududiy zona koeffitsiyenti.
Kq — 0,9
Kh — 0
Ko — 0,5
2. Bino va inshootlarga biriktirilgan shuningdek alohida ajratilgan maydonlarga oʻrnatilganda:
Ts = Es * Kz * (Kq+Kh+Ko)
Ts — bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovi tayanch stavkasi.
Es — bir yilga bir kv.metr uchun eng kam stavka (umumiy ijara maydoni tortqich qoziqlarning umumiy perimetri boʻyicha hisoblanadi).
Kz — hududiy zona koeffitsiyenti.
Kq — 0
Kh — 0,8
Ko — 0,5
3. Bino va inshootlarning ichki qismida joylashgan xonalarga texnik uskunalari oʻrnatilganda:
Ts = Es * Kz * (Kq+Kh+Ko)
Ts — bir yilga bir kv.metr uchun ijara toʻlovi tayanch stavkasi.
Es — bir yilga bir kv.metr uchun eng kam stavka.
Kz — hududiy zona koeffitsiyenti.
Kq — 1,3
Kh — 0
Ko — 0,5
