Traktorlar, traktor tirkamalar, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (221/02-son)
11.02.2019
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-son “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat havfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-yil 25-aprel), ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonuning 6-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar (Mudofaa Ishlari boʻlimi, Dehqonobod tuman Ichki Ishlar boʻlimi, tuman Milliy xavfsizlik xizmatidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxonalar, tashkilotlar, mashina-traktor parki OAJlari, muqobil mashina-traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, shuningdek mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularning texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali, 1-ilovaga muvofiq 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Dehqonobod tuman boʻlimi Texnikalar holati va agrotexnika tadbirlar ustidan nazorat qilish shoʻbasi katta inspektori A. Abduraxmonovga:
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ish rejani yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
“Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq texnika texnik koʻrikdan oʻtkazganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalarga 0.18 foiz, qishloq xoʻjaligi mashinalariga 0.10 foiz, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga 0.37 foiz miqdorida yigʻim undirish;
texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaslik topshirilsin.
4. Dehqonobod tuman hokimining 2018-yil 22-yanvardagi X-62/01-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari A. Eshatov, I. Normurodovlar zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Z.X. ALIQULOV
Dehqonobod t.,
2019-yil 11-fevral,
221/02-son
Tuman hokimining 2019-yil 11-fevraldagi X-221/02-sonli qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina traktor parklar, ustaxonalar va servis punktlarining asbob uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
Texnikalarining nomi Rusumi Koʻrikdan oʻtkazish Muddati Koʻrik oʻtkazish joyi Sanasi Haydov traktor Magnum (7 dona) 2018-yil Dehqonobod MTP AJ 05.04.2019-y 10-00 da Haydov traktor T-4A (3 dona) 2018-yil Dehqonobod MTP AJ 05.04.2019-y 11-00 da Haydov traktor T-4A (3 dona) 2018-yil M. Ibragimov qshx 07.04.2019-y 10-00 da Transport traktor T-4A (3 dona) 2018-yil M. Ibragimov qshx 05.04.2019-y 11-00 da Transport traktor T28 X4m (6 dona) 2018-yil M. Ibragimov qshx 05.04.2019-y 14-00 da Haydov traktor T4-A (4 dona) 2018-yil Qoʻngʻirot qshx 10.04.2019-y 10-00 da Transport traktor T40-A (4 dona) 2018-yil Qoʻngʻirot qshx 10.04.2019-y 11-00 da Transport traktor T28 X 4 m (4 dona) 2018-yil Qoʻngʻirot qshx 10.04.2019-y 12-00 da Tirkama 2 PTS 4793 (8 dona) 2018-yil Qoʻngʻirot qshx 10.04.2019-y 13-00 da Gʻalla oʻrish kombayni E-1200 (1 dona) 2018-yil Qoʻngʻirot qshx 10.04.2019-y 14-00 da Traktor tirkama 2 PTS 4793 (364 dona) 2018-yil Dehqonobod MTP AJ 27.04.2019-y 29.09.2019-y Ekskavator EO-2621 (7 dona) 2018-yil Dehqonobod MTP AJ 27.04.2019-y 27.06.2019-y Buldozer T-130 (2 dona) 2018-yil Dehqonobod MTP AJ 27.04.2019-y 27.06.2019-y Buldozer T 4APS1 (3 dona) 2018-yil Dehqonobod MTP AJ 27.04.2019-y 27.06.2019-y
Izoh: Hududdagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalari yil davomida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Tuman hokimining 2019-yil 11-fevraldagi X-221/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina traktor parklar, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish ishchi guruhi
TARKIBI
1. A. Abduraxmonov — Agro inspeksiyaning Dehqonobod tuman boʻlimi katta inspektori, guruh rahbari 2. F. Sheraliyev — Tuman MTP MCHJ boʻlim boshligʻi 3. S. Gʻaniyev — Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimining dehqonchilik ishlari boʻyicha bosh mutaxassisi 4. B. Yangiboyev — Tuman Fermerlar Kengashi raisi
