Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (553-son)
30.01.2019
QORAQOLPOGʻISTON RESPUBLIKASI BERUNIY TUMANI HOKIMINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-yil) asosan 2019-yilda tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning Axborotnomasi, 1993y, 9-son, 320-modda) 6, 25-moddalariga asosan, qaror qilaman:
1. Tumanda 2019-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi 1-ilovaga, qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi (I. Kutlimuratov)ga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoatmajmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Beruniy tumani boʻlimi bilan birgalikda:
texnikaga mulk huquqi asosida ega shaxslar (mulkdor)ga texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bildirishnomani texnik koʻrik oʻtkazish kunidan kamida oʻttiz kun oldin yuborish;
texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki texnik koʻrikka taqdim etilmagan texnikalar yuzasidan mulkdorga yozma koʻrsatma berish;
mulkdor koʻrsatmada belgilangan muddatda texnikani qayta texnik koʻrikdan oʻtkazmagan taqdirda hamda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, asbob-uskunalardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, saqlash, hisobdan chiqarish, taʼmirlash, texnika xizmatlari koʻrsatish holatlari haqidagi maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralarni koʻrish uchun tuman hokimligiga yuborish;
texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻim undirilishida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda (roʻyxat raqami 2452, 25.04.2013-yil) belgilangan miqdorlarga qatʼiy rioya qilish topshirilsin.
3. Mazkur qaror “Xalq minbari” gazetasida rasman eʼlon qilinsin.
4. Tuman hokimining 2018-yil 06-fevraldagi 2309-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A. Yuldashev zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim A. SAPARBAYEV
Beruniy t.,
2019-yil 30-yanvar,
553-son
Tuman hokimining 2019-yil 30-yanvardagi 553-son qaroriga 1-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ish rejasi
T/r Texnikaning nomi Texnika rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi 1. Qishloq xoʻjaligi texnikalari Traktorlar 10 kun davomida Qishloq xoʻjaligi texnikalari joylashgan hududlardagi MMTP saroylari 10.02.2019-y. dan 20.02.2019-y. gacha Traktor tirkamalari 8 kun davomida 11.02.2019-y. dan 18.02.2019-y. gacha Sholi oʻrish kombaynlari 10 kun davomida 10.02.2019-y. dan 20.02.2019-y. gacha Makkajoʻxori oʻrish kombaynlari 6 kun davomida 19.02.2019-y. dan 24.02.2019-y. gacha Paxta terish kombaynlari 2 kun davomida 25.02.2019-y. dan 27.02.2019-y. gacha Em-xashak oʻrish kombaynlari 3 kun davomida 01.03.2019-y. dan 03.03.2019-y. gacha Silos oʻrish kombaynlari 8 kun davomida 11.02.2019-y. dan 18.02.2019-y. gacha Plug 4 kun davomida 04.03.2019-y. dan 07.03.2019-y. gacha Chizel 3 kun davomida 01.03.2019-y. dan 03.03.2019-y. gacha Kultivator 4 kun davomida 04.03.2019-y. dan 07.03.2019-y. gacha Tekislagichlar 4 kun davomida 04.03.2019-y. dan 07.03.2019-y. gacha Borona 3 kun davomida 01.03.2019-y. dan 03.03.2019-y. gacha Mola 3 kun davomida 01.03.2019-y. dan 03.03.2019-y. gacha Seyalkalar 6 kun davomida 19.02.2019-y. dan 24.02.2019-y. gacha Purkagichlar 8 kun davomida 11.02.2019-y. dan 18.02.2019-y. gacha Ildiz sugʻuradigan mashinalar 3 kun davomida 01.03.2019-y. dan 03.03.2019-y. gacha Yigʻgich-presslagichlar 6 kun davomida 19.02.2019-y. dan 24.02.2019-y. gacha Skrepyerlar va boshqalar 4 kun davomida 04.03.2019-y. dan 07.03.2019-y. gacha 2. Meliorativ texnikalar Ekskavatorlar 10 kun davomida Meliorativ texnikalari joylashgan hududlardagi MMTP saroylari 10.02.2019-y. dan 20.02.2019-y. gacha Buldozyerlar 10 kun davomida 10.02.2019-y. dan 20.02.2019-y. gacha Skreper 10 kun davomida 10.02.2019 y. dan 20.02.2019-y. gacha 3. Asbob-uskunalar Oʻlchov asboblari 4 kun davomida Asbob-uskunalar joylashgan hududlardagi MMTP saroylari 04.03.2019-y. dan 07.03.2019-y. gacha Metallga ishlov beruvchi stanoklar 4 kun davomida 04.03.2019-y. dan 07.03.2019-y. gacha Payvandlash qurilmalari 6 kun davomida 19.02.2019-y. dan 24.02.2019-y. gacha Temirchilik presslash asbob-uskunalari 6 kun davomida 19.02.2019-y. dan 24.02.2019-y. gacha Elektr asboblar 4 kun davomida 04.03.2019-y. dan 07.03.2019-y. gacha Gidrotizimlar 6 kun davomida 19.02.2019-y. dan 24.02.2019-y. gacha Yoqilgʻi nasoslari 3 kun davomida 01.03.2019-y. dan 03.03.2019-y. gacha Forsunkalar 8 kun davomida 11.02.2019-y. dan 18.02.2019-y. gacha Dvigatellar 8 kun davomida 11.02.2019-y. dan 18.02.2019-y. gacha Boshqaruv mexanizmlari diagnostikasi uchun qurilmalar 10 kun davomida 10 02.2019-y. dan 20.02.2019-y. gacha
Izoh: Xususiy texnikalar olib kelinishiga qarab 2019-yil 7-fevral sanasidan 2019-yil 17-iyul sanasiga qadar OFY, MFY hududidagi MMTP saroylarida har kuni oʻtkaziladi.
Beruniy tuman hokimining 2019-yil 30-yanvardagi 553-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasi
tarkibi
M. Saparbayev — OʻzRes Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Beruniy tumani boʻlimining katta inspektori, ishchi guruh rahbari Sh. Karimov — Tuman “Agroservis” MTP MChJ rahbari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari AʼZOLARI I. Kutlimuratov — Tuman qishloq xoʻjali�i boʻlimi boshligʻi E. Suyunishev — Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi M. Iskandarov — Tuman IIB YHXB boshligʻi M. Reimov — ATB “Agrobank” tuman filiali boshqaruvchisi v.v.b A. Kenjayev — Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi vakant — Tuman statistika boʻlimi boshligʻi Sh. Kenjayev — Tuman davlat xizmatlari markazi direktori
