Beruniy tumani hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalarini 2019-yil uchun majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (852-son)
14.02.2019
Qoraqolpogʻiston Respublikasi Beruniy tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) va Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalari (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda)ga muvofiq tuman hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga muvofiq, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi M. Iskandarovga transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun mulk shaklidan qatʼiy nazar tumanda zarur shart-sharoitlarga va uskunalarga ega boʻlgan texnik xizmatni koʻrsatuvchi tashkilotlarni aniqlash va ular bilan shartnoma tuzish vazifasi topshirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 1-boʻlim 5-bandining “a” kichik bandidagi transport vositalarining texnik koʻrigi:
a) birinchi bosqichda 2019-yilning 1-martdan 30-iyungacha;
b) ikkinchi bosqichda 2019-yilning 1-sentabrdan 31-oktabrgacha;
v) yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2019-yilning 1-martdan 30-iyungacha;
g) jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 2019-yilning 1-yanvardan 31-avgustgacha oʻtkazilishi belgilansin.
5. Tumandagi barcha korxona, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari xizmatidagi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan sifatli oʻtkazishga tayyorlash choralarini koʻrsin.
6. Tumandagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar oʻz transport vositalarini belgilangan muddatda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishga olib kelishi, texnik tomondan soz va yaroqli holatga olib kelishini taʼminlansin.
7. Mazkur qaror “Xalq minbari” gazetasida eʼlon qilinsin.
8. Ushbu qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2018-yil 27-fevral kungi 3583-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning bajarilishi nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari I. Yusupov va tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A. Abdirov zimmalariga yuklatilsin.
Hokim A. SAPARBAYEV
Beruniy t.,
2019-yil 14-fevral,
852-son
Beruniy tuman hokimining 2019-yil 14-fevraldagi 852-sonli qaroriga 1-ILOVA
Avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining
Tarkibi
Beruniy tuman hokimining 2019-yil 14-fevraldagi 852-sonli qaroriga 2-ILOVA
Avtomototransport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Yuridik shaxs nomlari Avtotransportlar soni Texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti Texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi 1. “Beruniy ATK-42” MChJ 20 01.03.2019 Korxona hududida 2. “XATP-28” �ChJ 41 02.03.2019 Korxona hududida 3. “Xasan Xusan trans” MChJ 15 04.03.2019 Korxona hududida 4. “Shabboz Transport” MChJ 49 05.03.2019 Korxona hududida 5. “Beruniy-Toshkent Trans” MChJ 41 06.03.2019 Korxona hududida 6. “Beruniy avtotrans servis” MChJ 20 07.03.2019 Korxona hududida 7. “Beruniy Avtovokzal” MChJ 23 09.03.2019 Korxona hududida 8. “Shabboz Avtotrans Plyus” MChJ 40 11.03.2019 Korxona hududida 9. “Beruniy sam trans” MChJ 19 12.03.2019 Korxona hududida 10. “Toli-Zafar” MChJ 2 13.03.2019 Korxona hududida 11. “Jaxongir Gaz” MChJ 2 13.03.2019 Korxona hududida 12. “Beruniy-tuz” MChJ 52 14.03.2019 Korxona hududida 13. “Tinchlik qurilish va savdo” MChJ 1 15.03.2019 Korxona hududida 14. “Shabboz tosh” MChJ 4 15.03.2019 Korxona hududida 15. “M-Gulom” MChJ 6 16.03.2019 Korxona hududida 16. “Ikrom-Azizbek-Akbar” MChJ 7 18.03.2019 Korxona hududida 17. “Begzod Fozil” MChJ 5 19.03.2019 Korxona hududida 18. “Usta Bazarbay” MChJ 10 20.03.2019 Korxona hududida 19. “Beruniy Yuk Tashish” MChJ 7 25.03.2019 Korxona hududida 20. “Kutlimurod Jamila” 10 26.03.2019 Korxona hududida 21. “Kadir” F/X 1 27.03.2019 Korxona hududida 22. “Amu Daryo Trans” MChJ 2 27.03.2019 Korxona hududida 23. “Beruniy GAZOIL” MChJ 1 27.03.2019 Korxona hududida 24. “Kat Logistik” MChJ 9 28.03.2019 Korxona hududida 25. “Jayxun Universal Servis” MChJ 7 29.03.2019 Korxona hududida 26. “Beruniy OAZIS” MChJ 4 30.03.2019 Korxona hududida 27. “Kimyo Trans servis” MChJ 15 01.04.2019 Korxona hududida 28. Tuman davlat soliq inspeksiiyasi 1 02.04.2019 Tuman IIB YHXBda 29. “Qoraqalpoq Telekom” aksiyadorlik jamiyati Beruniy tumani filiali 1 02.04.2019 Tuman IIB YHXBda 30. Beruniy tumani “Yogʻgar” aksiyadorlik jamiyati 7 03.04.2019 Korxona hududida 31. Beruniy tumani Xalq taʼlimi boʻlimi 2 04.04.2019 Korxona hududida 32. Beruniy tumani Veterinariya boʻlimi 2 02.04.2019 Korxona hududida 33. Beruniy Nasos stansiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi 5 02.04.2019 Korxona hududida 34. Beruniy suv tarmoqlari filiali 3 03.04.2019 Korxona hududida 35. Beruniy tumanlararo gaz taqsimoti Beruniy uchastkasi 2 03.04.2019 Korxona hududida 36. Beruniy qurilish va transport kasb-hunar kolleji 2 03.04.2019 Korxona hududida 37. Beruniy maishiy xizmat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 4 04.04.2019 Korxona hududida 38. Beruniy qishloq va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji 6 04.04.2019 Korxona hududida 39. Beruniy tumani tibbiyot birlashmasi 2 05.04.2019 Korxona hududida 40. Beruniy tumani obodonlashtirish boshqarmasi 1 05.04.2019 Korxona hududida 41. “Taʼmirlash” MChJ 5 06.04.2019 Korxona hududida 42. “Beruniy qurilish materiallari” MChJ 3 08.04.2019 Korxona hududida 43. “Mirob quruvchi” MChJ 4 09.04.2019 Korxona hududida 44. “Vatanparvar” tashkiloti Beruniy tuman Kengashi oʻquv sport texnika klubi 7 10.04.2019 Korxona hududida 45. Beruniy “Paxta tozalash zavodi” aksiyadorlik jamiyati 10 11.04.2019 Korxona hududida 46. AT “Xalq banki” Beruniy filiali 3 12.04.2019 Korxona hududida 47. ATB “Qishloq qurilish bank” Beruniy filiali 1 13.04.2019 Korxona hududida 48. “Shayx Abbos” MChJ 4 15.04.2019 Korxona hududida 49. Beruniy tumani Elektr taʼminoti korxonasi 2 16.04.2019 Korxona hududida 50. Quyi amudaryo davlat biosfera rezervati 2 17.04.2019 Korxona hududida 51. Beruniy tumani “Xumo” hissadorlik jamiyati 1 17.04.2019 Korxona hududida 52. Qirgʻoqlarni himoyalash dambalari va oʻzanlarni tartibga solish inshootlari boshqarmasi 5 18.04.2019 Korxona hududida 53. Beruniy tumani “Qoratau” burgʻilash va portlatish ishlari maxsus boshqarmasi 4 19.04.2019 Korxona hududida 54. Beruniy tumani Yoʻl xoʻjaligini taʼmirlash, foydalanish pudrat korxonasi 7 20.04.2019 Korxona hududida 55. Beruniy agrosanoat va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 1 22.04.2019 Korxona hududida 56. “Qoraqalpoqagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tuman filiali 3 22.04.2019 Korxona hududida 57. Beruniy tumani “Gʻayrat-B” xususiy firmasi 2 23.04.2019 Korxona hududida 58. Beruniy tumani “Toza hudud” davlat unitar korxonasi 10 24.04.2019 Korxona hududida 59. Beruniy tumani “Avtoustoz” MChJ 15 25.04.2019 Korxona hududida 60. Jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari 05.01.2019 — 31.08.2019-y.y Tuman IIB YHXB
Eslatma: Fuqarolarning shaxsiy avtomototransport vositalarini har kuni Beruniy tumani IIB YXXda soat 09-00 dan 18-00 gacha texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
