Tumanda 2019-yilda transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-840/02-son)
11.02.2019
Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomni ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Tuman hududida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tuman komissiyasining tarkibi 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Transport vositalari qoʻyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilsin:
tijorat asosida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan yengil avtomobillar, avtobuslar va oʻtiriladigan joylar soni 8 ta va undan ortiq boʻlgan, odamlarni muntazam tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari, yirik gabaritli, ogʻir vaznli va xavfli yuklarni tashish uchun maxsus transport vositalari va ularga tirkamalar-bir yilda ikki marta;
ishlab chiqarilganligiga besh yildan koʻp boʻlmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — ikki yilda bir marta;
ishlab chiqarilgan yilini hisobga olgan holda ishlab chiqarilganligiga besh yildan ortiq boʻlgan transport vositalari, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan transport vositalari (mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalaridan tashqari) — bir yilda bir marta;
tirkamalar koʻrikka transport vositasi-shatakchi uchun belgilangan muddatlarda.
4. Qarorning 3-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan transport vositalarining texnik koʻrigi:
birinchi marta — 1-mart — 30-iyunda;
ikkinchi marta — 1-sentabr — 31-oktabrda oʻtkaziladi;
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-mart — 30-iyunda oʻtkaziladi;
jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalarining texnik koʻrigi 1-yanvar — 31-avgustda oʻtkazilsin.
5. Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasi rahbariga:
transport vositalarining texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
transport vositalarining texnik holati va uskunalari yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari, normalariga muvofiqligini baholash yuklatilsin.
6. Tumandagi barcha transport vositalari egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga transport vositalarini texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish majburiyati yuklatilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining ichki va soqchilik qoʻshinlari, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy boʻlinmalari transport vositalari koʻrsatib oʻtilgan idoralar tomonidan belgilangan tartibda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi inobatga olinsin.
8. Transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq yigʻim undirilsin.
9. Tuman hokimining 2018-yil 16-fevral kunidagi X-210/02-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin.
10. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari F. Shomurodov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim Gʻ. DJAVLIYEV
Muborak t.,
2019-yil 11-fevral,
X-840/02-son
Tuman hokimining 2019-yil 11-fevraldagi X-840/02-sonli qaroriga 1-ILOVA
Muborak tumani hududida 2019-yil transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi
TARKIBI
Tuman hokimining 2019-yil 11-fevraldagi X-840/02-sonli qaroriga 2-ILOVA
Muborak tumanida mavjud boʻlgan tashkilot, korxona va avtoxoʻjaliklarga tegishli transport vositalarining 2019-yilgi majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
JADVALI
T/r Tashkilot , korxona, va avtoxoʻjaliklar, nomlari. Avtoxoʻjalik va tashkilotning joylashgan manzili kuni Vaqti Koʻrik oʻtadigan joyi T/V soni 1. DSENM va Yer Kadastri. 1-mitti tuman 01.03.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 4 2. Muborak “ YAGUAR” MChJ 1-mitti tuman 02.03.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 5 3. Tuman Yoʻl qurilish 1-mitti tuman 04.03.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 4 4. F/K Mashʼal 2-mitti tuman 05.03.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 11 5. Qurilish taʼmirlash ( PMO) 7-mitti tuman 06.03.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 4 6. Paxta tozalash zavodi 30-savxoz 07.03.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 6 7. Markaziy shifoxona 2-mitti tuman 09.03.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 11 8. Muborak tuman XIMIYA MGKiZ 11.03.19 y 10-00 YXXG binosida 3 9. Prestij IChK 2-mitti tuman 12.03.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 2 10. 3-son vakillik (SMU-3) 1-mitti tuman 13.03.19 y 11-00 Tashkilot oʻzida 3 11. Muborak “Orbita” MMTS IChK 1-mitti tuman 14.05.19 y 10-00 YXXG binosida 4 12. “Mejraybaza” 1-mitti tuman 15.03.19 y 8-30 Tashkilot oʻzida 3 13. Muborak “Istiqlol” firmasi 1-mitti tuman 16.03.19 y 11-00 YXXG binosida 1 14. “OMAD” IChK 2-mitti tuman 18.03.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 8 15. Muborak — 101 (OXJ) 1-mitti tuman 19.03.19 y 8-30 Tashkilot oʻzida 2 16. A. Navoiy A. Temur, Turkiston MMTP Muborak tum 20.03.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 3 17. Karlik, Boʻston, Guliston MMTP Muborak tum 22.03.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 3 18. B. Saidov, Muborak MTP AJ Muborak tum 23.03.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 2 19. Xitoy MMTP Muborak tum 25.03.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 2 20. Muborak IEM (TES) MGKiZ 26.03.19 y 8-30 Tashkilot oʻzida 20 21. Uzspetsenergogaz (tash ATS-2) Doʻstlik mah 27.03.19 y 8-30 Tashkilot oʻzida 33 22. Muborak neftgaz MChJ ATS GPU 1-mitti tuman 28.03.19 y 8-30 Tashkilot oʻzida 205 23. Muborak naslchilik JShX Muborak s/z 29.03.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 22 24. Neftgaztaʼmir OAO (RSU) MGPZ MGKiZ 01.04.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 24 25. SP “Koʻkdumaloqgaz” 2-mitti tuman 02.04.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 4 26. Muborak sanoat kasb hunar kolleji 2-mitti tuman 03.04.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 5 27. “KURGON” KTIChK Mashʼal mah 04.04.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 3 28. Tuman hokimiyati 4-mitti tuman 05.04.19 y 11-00 YXXG binosida 3 29. MKT “Vatanparvar” Muborak s/z 06.04.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 6 30. AP “MNG-Suv-taʼminot” 4-mitti tuman 06.04.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 16 31. Tumandagi banklar 4-mitti tuman 08.04.19 y 10-00 YXXG binosida 5 32. Tuman Elektr Tarmoqlari 1-mitti tuman 09.04.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 8 33. Tuman gaz taʼminot 1-mitti tuman 10.04.19 y 11-00 YXXG binosida 2 34. (JVU) obodonlashtirish suv-oqava 1-mitti tuman 11.04.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 4 35. AO Elektrogaz Tash-SMNU 1-mitti tuman 12.04.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 17 36. Muborak TTva Butlash ShK MGKiZ 13.04.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 8 37. Tuman aloqa boʻlimi 4-mitti tuman 15.04.19 y 11-00 YXXG binosida 1 38. Muborak qurilish va KTM MChJ 2-mitti tuman 16.04.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 7 39. Shon-shuhrat STIChK Mashʼal mah 17.04.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 5 40. “Qashqadaryoyoʻlsanoatqurilish” UK 2-mitti tuman 18.04.19 y 8-30 Tashkilot oʻzida 20 41. Muborak GKIZ MChJ ATS-11 7-mitti tuman 19.04.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 98 42. “Muborakneftgaztrans” OAJ Mashʼal mah 20.04.19 y 8-30 Tashkilot oʻzida 20 43. Qarshi UTT kalonna -2 MGKiZ 22. 04.19 y 8-30 Tashkilot oʻzida 62 44. Uz. X.K. (UZVCh) Doʻstlik mah 23.04.19 y 8-30 Tashkilot oʻzida 51 45. DKS-0 LPUMG MGKiZ 24.04.19 y 9-00 Tashkilot oʻzida 36 47. Muborak “Grand-ellada” MChJ 4-mitti tuman 26.04.19 y 11-00 YXXG binosida 2 48. Muborak GKIZ 2-XYoXO IIV MGKiZ 27.04.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 8 49. Muborak “Shoxjaxontrans” X.K 4-mitti tuman 29.04.19 y 10-30 Tashkilot oʻzida 5 50. Muborak “Mesit” OPP 4-mitti tuman 01.05.19 y 10-00 YXXG binosida 3 51. Muborak “Y.N” KTIChK 4-mitti tuman 02.05.19 y 10-00 YXXG binosida 3 52. Muborak “REAL-BUS” XK 4-mitti tuman 03.05.19 y 10-00 YXXG binosida 3 53. Muborak “Kamolbek ivest”MChJ 7-mitti tuman 04.05.19 y 10-00 YXXG binosida 3 54. Muborak “MOTOSTROY-REAL” MChJ 4-mitti tuman 06.05.19 y 10-30 YXXG binosida 2 55. Muborak “Marjuma Umar” MChJ 1-mitti tuman 07.05.19 y 10-30 YXXG binosida 4 56. Muborak “Kometa-Plyus” KTIChK 4-mitti tuman 08.05.19 y 10-30 YXXG binosida 4 57. Muborak “Mirazim” MChJ 1-mitti tuman 09.05.19 y 10-00 YXXG binosida 6 58. “Neftegaz butlash taʼmirlash” MChJ 4-mitti tuman 10.05.19 y 10-00 YXXG binosida 4 59. Muborak “Pillachilik” MChJ 1-mitti tuman 11.05.19 y 11-00 YXXG binosida 1 60. “KNGKI” unitar korxonasi 2-mitti tuman 13.05.19 y 10-00 Tashkilot oʻzida 5 61. Muborak “Gazchi qurilish” IChK 4-mitti tuman 14.05.19 y 10-00 YXXG binosida 2 62. Muborak “Orbita” MMTS IChK 1-mitti tuman 15.05.19 y 10-00 YXXG binosida 4
ESLATMA: Shaxsiy transport vositalari haftaning yakshanba kunidan boshqa barcha kunlari tuman IIB YHXG binosida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
