Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va serves punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (X-1691/03-son)
02.03.2019
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining
Qaror
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 07-maydagi PQ-3699 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2013-yil 02-apreldagi 58-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2452, 2013-y. 25-aprel), ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan karor kilaman:
1. Tumandagi mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar (Mirishkor tuman Mudofaa ishlari boʻlimi, Mirishkor tuman ichki ishlar boʻlimi, Mirishkor tuman Davlat xavfsizlik xizmatidagi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida band boʻlmagan texnikasi bundan mustasno) korxonalar, tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari hamda jismoniy shaxslarning qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalari 1-ilovaga muvofiq 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
2. Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tuman ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining texnika holati va agrotexnik tadbirlarini nazorat qilish katta inspektori M. Choriyevga;
qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalari, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi ish rejani yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
“Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq texnika texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻziyurar mashinalarga — 0,18 foiz, qishloq xoʻjaligi mashinalariga — 0,10 foiz, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalariga — 0,37 foiz miqdorida yigʻim undirish;
texnikani qayta koʻrikdan oʻtkazish uchun mulkdordan yigʻim undirilmaslik topshirilsin.
4. Mirishkor tuman hokimining 2018-yil 23-yanvardagi X-87/01 sonli “Traktorlar, traktor tirkamalari, meliorativ texnika va oʻzi yurar mashinalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, mashina-traktor parklari, ustaxonalar va serves punktlarining asbob-uskunalarini 2018-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror “Mirishkor mashʼali” gazetasida rasman eʼlon qilinsin.
6. Mazkur qarorni bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosarlari A. Aripov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. KOMILOV
Mirishkor t.,
2019-yil 2-mart,
X-1691/03-son
Mirishkor tuman hokimining 2019-yil 2-martdagi X-1691/03-sonli qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktori pakrlari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yil uchun majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish reja
JADVALI
Izoh: Hududlardagi shaxsiy va fermer xoʻjaliklarida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikalari shu hududlardagi muqobil MTPlarda belgilangan vaqtda texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun igʻiladi.
Mirishkor tuman hokimining 2019-yil 2-martdagi X-1691/03-sonli qaroriga 2-ILOVA
Mirishkor tumani hududidagi texnika egalariga tegishli qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina traktor parki, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini 2019-yilda texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman komissiyasining tarkibi
