“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2436-9-son)
02.05.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2436-9]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-dekabrdagi PQ-3448-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 15-fevraldagi 21, 16, 3, 01-02/8-44-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2436, 2013-yil 20-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 12-son, 157-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-may,
9-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-may,
55-son
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. UMURZOQOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-may,
2019/31-1-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-may,
01-02/8-17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 1-maydagi 9, 55, 2019/31-1, 01-02/8-17-son qaroriga ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadigan texnologik jihozlar roʻyxatini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadagi “2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-son “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 38-son, 434-modda)” degan soʻzlar “2017-yil 28-dekabrdagi PQ-3448-son “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2017-yilgi versiyasini joriy etish toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
a) birinchi satrdagi “TIF TN kodi 2012-yil taxmini” degan soʻzlar “TIF TN kodi 2017-yil taxmini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 11 — 13-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 15 va 16-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
g) 18-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 20-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 21 — 23, 29, 31, 32, 38, 65, 71 — 73, 89, 94-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
j) 24-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
z) 34-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
i) 43-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
k) 68-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
l) 70-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
m) 74-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
n) 77 va 78-pozitsiyalardan “(faqat temir yoʻllar uchun )” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
o) 81-pozitsiyada “Yevro 3” degan soʻzlar “Yevro 4” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
p) 82-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
r) 83-pozitsiyada “8709” TIF TN kodi “8709 11 — 8709 19” TIF TN kodlari bilan almashtirilsin;
s) 86 va 87-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
t) “*” izohning birinchi xatboshisidagi “kontraktga” degan soʻz “bitta kontraktga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
u) “**”, “***” izohlar chiqarib tashlansin.
