5-modda.
Fonogrammalarni tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlashdan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi · Sana: 29.10.1971 · Amalda
Qatnashchi-davlatlardan biri, oʻzining milliy qonunchiligiga binoan, fonogramma tayyorlovchilari manfaatlarining muhofazasini taʼminlaydigan shartlar sifatida olib qaraladigan rasmiyatchiliklarning bajarilishini talab qilgan hollarda, ushbu rasmiyatchiliklar bajarilgan hisoblanadi: agar omma orasida tarqatilayotgan fonogrammalarning hamma ruxsat etilgan nusxalari, yoki ularning upakovkasi, ushbu fonogramma muhofaza ostida ekanligini aniq koʻrsatib turadigan, birinchi nashr yili koʻrsatilgan ® belgisi koʻrinishidagi maxsus yozuvga ega boʻlsa; agar nusxalar yoki ularning upakovkasi fonogramma tayyorlovchisini, uning huquqiy vorisini yoki litsenziya egasini, uning familiyasini tilga olish, marka yoki boshqa biron tegishli belgini koʻrsatish yoʻli bilan aniqlab bermasa, bu holda yozuv tayyorlovchi, uning huquqiy vorisi yoki mutlaq litsenziya egasining familiyasini ham oʻz ichiga olishi kerak.
