13-modda.
Fonogrammalarni tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlashdan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi · Sana: 29.10.1971 · Amalda
1) Ushbu Konvensiya bir nusxada ingliz, ispan, rus va fransuz tillarida imzolanadi, bunda ushbu toʻrttala matn bir xil kuchga ega.
2 Matnning arab, golland, italyan, olmon va portugal tillariga rasmiy tarjimalari Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktori tomonidan, manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan soʻng, taʼminlanadi.
3) Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibi Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktorini, Taʼlim, ilm-fan va madaniyat masalalari boʻyicha Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh direktorini hamda Xalqaro mehnat byurosining Bosh direktorini
a) ushbu Konvensiyani imzolagan davlatlar,
b) ratifikatsiya qilish, qabul qilish va qoʻshilish aktlarining depozitga qoʻyilgani,
c) ushbu Konvensiyaning kuchga kirgan sanasi,
d) 11-moddaning 3-bandida muvofiq har qanday bayonot boʻyicha yuborilgan bildirishnoma,
e) denonsatsiya haqidagi bildirishnomalar olinganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
4) Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktori 9-moddaning 1-bandida zikr etilgan davlatlarga avvalgi bandning qoʻllanishi munosabati bilan olingan hamma bildirishnomalar toʻgʻrisida, shuningdek ushbu Konvensiyaning 7-moddasi 4-bandiga muvofiq kelib tushgan hamma bayonotlar toʻgʻrisida xabar beradi. U shuningdek koʻrsatib oʻtilgan bayonotlar toʻgʻrisida Taʼlim, ilm-fan va madaniyat masalalari boʻyicha Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh direktorini hamda Xalqaro mehnat byurosining Bosh direktorini ham xabardor qiladi.
5) Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibi ushbu Konvensiyaning tegishli tarzda tasdiqlangan ikkita nusxasini 9-moddaning 1-bandida tilga olingan barcha davlatlarga joʻnatadi.
(imzolar)
