11-modda.
Fonogrammalarni tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlashdan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi · Sana: 29.10.1971 · Amalda
1) Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qoʻshilishning beshinchi akti depozitlangandan keyin uch oy oʻtib kuchga kiradi.
2) Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qilayotgan yoki qabul qilayotgan yoxud ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi beshinchi akt depozitlanganidan keyin qoʻshilayotgan har qanday davlat uchun ushbu Konvensiya Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktori 13-moddaning 4-bandiga muvofiq tegishli akt ushbu davlat tomonidan depozitlangani toʻgʻrisida xabar qilgan sanadan uch oy oʻtib kuchga kiradi.
3) Har bir davlat ratifikatsiya qilish, qabul qilish yoki qoʻshilish paytida yoki keyinroq har qanday paytda, Birlashgan millatlar tashkilotining Bosh kotibiga bildirishnoma yuborgan holda, ushbu Konvensiya xalqaro munosabatlar oʻzi tomonidan taʼminlanayotgan hamma hududlarga yoki hududlardan birida qoʻllanishi mumkinligini maʼlum qiladi. Ushbu bildirishnoma u qabul qilinganidan keyin uch oy oʻtib kuchga kiradi.
4) Biroq avvalgi band hech qanday holatda ham koʻrsatib oʻtilgan bandga muvofiq ushbu Konvensiya boshqa qatnashchi-davlat tomonidan joriy qilinayotgan istalgan hududdagi haqiqiy holat biron bir qatnashchi-davlat tomonidan indamay tan olinayotgani yoki qabul qilinayotganini bildiradi deb izohlanishi mumkin emas.
