1-modda.
Fonogrammalarni tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlashdan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi · Sana: 29.10.1971 · Amalda
Mazkur Konvensiya maqsadlari yoʻlida:
a) “fonogramma” deganda, tovushlarning har qanday mutlaqo ovozli yozuvi,
b) “fonogramma tayyorlovchisi” deganda, ovozlarni birinchi boʻlib fonogrammaga yozib olgan yuridik yoki jismoniy shaxs,
s) “nusxa” deganda, fonogrammadan bevosita yoki bilvosita yozib olingan va shu fonogrammada qayd etilgan ovozlarning hammasini yoxud bir qismini qamrab olgan tashuvchi,
d) “omma orasida tarqatish” deganda, ijro yoki asar nusxalari bevosita yoki bilvosita toʻliq holda yoki istalgan qismi ommaga taqdim etiladigan har qanday harakat tushuniladi.
