Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4300-son)
29.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika iqtisodiyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati toʻgʻrisida xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va oʻzlashtirish sohasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining quyidagilar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini faollashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar, bank-sugʻurta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish;
toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish;
investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar (“Road Show”) va marketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni tashkil etish.
2. Quyidagilar:
Investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy investorlarga taklif qilinadigan investitsiya takliflari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etishi uchun tavsiya qilinadigan xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasiga xoʻjalik jamiyatlari davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini xorijiy investorlarga sotish shartlari va usullariga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil kuz faslida Toshkent shahrida Toshkent xalqaro investitsiya forumini (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro investitsiya forumi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
5. Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) 5-ilovaga muvofiq tuzilsin.
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Tashkiliy qoʻmitaga (Aripov):
zarur hollarda, Xalqaro investitsiya forumini moliyaviy, yuridik va axborot jihatdan taʼminlash uchun yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb qilish;
Xalqaro investitsiya forumi dasturi va uni oʻtkazishning aniq sanasi, shuningdek, unga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha xarajatlar smetasini tasdiqlash;
istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha dastlabki TIA va boshqa loyiha hujjatlarini loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqishni taʼminlash huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi istiqbolli investitsiya loyihalarini Tashkiliy qoʻmitaga taqdim qilgan holda tadbirkorlik subyektlarining Xalqaro investitsiya forumida faol ishtirok etishlarini taʼminlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi:
2019-yil davomida muntazam ravishda yirik xalqaro biznes va moliyaviy xablarga maqsadli auditoriya uchun moʻljallangan taqdimotlar bilan tashrif buyurgan holda “Road Show” dasturlarini ishlab chiqsin va taqdim etsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida investitsiyaviy rezidentlik toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda marketingning eng yangi texnologiyalaridan foydalanish, mamlakatning yagona integratsiyalashgan brendini yaratish va ilgari surish hamda strategik kommunikatsiyalar boʻyicha xalqaro maslahatchilarni jalb qilish orqali xalqaro biznes arenada Oʻzbekistonning ijobiy imidjini ilgari surish boʻyicha “Invest in Uzbekistan” — yagona, muvofiqlashtirilgan axborot kampaniyasini ishlab chiqsin.
9. Quyidagilarga:
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga — vazirlik va idoralarning Xalqaro investitsiya forumi doirasida xorijiy investorlarga taklif qilinadigan investitsiya loyihalarini tayyorlash boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan;
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov va Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari zimmasiga — Xalqaro investitsiya forumida qatnashishi uchun potensial investorlar va xorijiy mamlakatlarning ishbilarmon tuzilmalari vakillarini taklif qilish va ularning faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan;
tarmoq vazirlik va idoralari rahbarlari zimmasiga — tegishli sohalarda istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va Tashkiliy qoʻmitaga taqdim qilish yuzasidan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — Xalqaro investitsiya forumida tegishli hududlarning faol ishtirokini taʼminlash, uning investitsiyaviy salohiyatini taqdim qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
xorijiy mamlakatlarda “Road Show”da ishtirok etadigan Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi vakillariga koʻmaklashsin;
Xalqaro investitsiya forumining xorijiy ishtirokchilari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining viza talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarini belgilangan tartibda konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin;
Xalqaro investitsiya forumining oʻtkazilishini Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali keng yoritishni taʼminlasin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har bir yer uchastkasi va xorijiy investorlarga foydalanishga tayyor holda taklif qilinadigan boʻsh turgan davlat mulki obyektlari, shu jumladan maxsus turistik zonalar hududlarida joylashgan obyektlar boʻyicha investitsiya loyihalari materiallarining ingliz va rus tillaridagi taqdimot katalogini har oy tayyorlasin va kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
2019-yil 1-iyulga qadar xorijiy investorlar uchun iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiyaviy talab va potensial loyihalar, zarur taqdimot materiallarini tayyorlasin;
2019-yil davomida mamlakatda keng miqyosli islohotlarning amalga oshirilayotganligi, investitsiya kiritish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va ishbilarmonlik muhitining yaxshilanganligi toʻgʻrisida, eng avvalo, xorijiy ishbilarmonlar, tadbirkorlar, potensial investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targʻibot va keng xabardor qilish masalalari boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Xalqaro investitsiya forumi doirasida, amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalarining dolzarb jihatlariga bagʻishlangan, shu jumladan tarmoq vazirlik va idoralari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mutaxassislar va tadbirkorlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining ishtirokida brifinglar, matbuot anjumanlari, davra suhbatlarini oʻtkazsin;
Internet tarmoqlarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tarmoq islohotlari, har bir amalga oshiriladigan investitsiya loyihasining asosiy parametrlari, loyihalarni amalga oshirish kafolatlari, ularning raqobatdagi ustunliklari va boshqalar toʻgʻrisida batafsil va tushunarli rasmiylashtirilgan axborot resurslarini tayyorlash borasidagi ishlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Xalqaro investitsiya forumini oʻtkazish kunlarida xorijiy ishtirokchilarning tegishli hududlarda joylashgan madaniy-tarixiy obyektlarga tashrifini yuqori darajada tashkil etish choralarini koʻrsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Xalqaro investitsiya forumi va “Road Show”ni oʻtkazish, Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro investitsiya va biznes forumlarda ishtirokiga oid tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2019-yilda ishlab chiqilishi lozim boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari roʻyxati 7-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga mazkur qarorning 7-ilovasida nazarda tutilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining toʻlaqonli bajarilishi uchun zarur boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblarni oʻz vaqtida amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-aprel,
PQ-4300-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga 1-ILOVA
Investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlari
ROʻYXATI
T/r Xoʻjalik jamiyatining nomi Joylashgan manzili Sotilishi belgilangan aktivlar (foizda) davlat ulushi xoʻjalik boshqaruvi organining ulushi Moliyaviy institutlar 4. “Kafolat” AJ (1) (2) Toshkent shahri 25,0 - Qurilish 5. “Qizilqumsement” AJ (2) Navoiy viloyati 35,9 - 6. “Kvars” AJ (1) (2) (6) Fargʻona viloyati 74,98 - Yogʻ-moy tarmogʻi 7. “Yevrosnar” MCHJ Buxoro viloyati 51,0 - 8. “Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ Samarqand viloyati 64,9 9. “Urganch yogʻ-moy” AJ Xorazm viloyati 60,3 - 10. “Toshkent yogʻ-moy kombinati” AJ Toshkent shahri 51,0 - 11. “Fargʻona yogʻ-moy” AJ Fargʻona viloyati 84,5 - 12. “Qarshi yogʻ ekstraksiya” AJ Qashqadaryo viloyati 51,0 - Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish 13. “N.A. Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ Samarqand viloyati 71,2 - 14. “Namangan vino” AJ Namangan viloyati 57,24 - 15. “Shoxrud” AJ Buxoro viloyati 51,0 - Kimyo sanoati (1) (2) (5) 17. “Fargʻona azot” AJ Fargʻona viloyati 48,05 2,95 18. “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi - 51,0 19. “Dehqonobod soda zavodi” MCHJ Qashqadaryo viloyati - 51,0 ortiq Elektr energetika tarmogʻi 20. “Angren IES” AJ Toshkent viloyati - 99,0 21. “Yangi Angren IES” AJ Toshkent viloyati - 99,59 Neft-gaz tarmogʻi 22. “Buxoroneftgazparmalash” AJ Buxoro viloyati - 51,24 23. “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ Buxoro viloyati - 74,0 24. “Qashqadaryoparmalash ishlari” AJ Qashqadaryo viloyati - 51,0 25. “№eft va gaz quduqlarini sinash” AJ Qashqadaryo viloyati - 73,87 26. “Surxon parmalash ishlari” AJ Surxondaryo viloyati - 51,0 27. “Andijonneftgazquduq-taʼmirlash” MCHJ Andijon viloyati - 100 28. “Fargʻona neftbazasi” MCHJ Fargʻona viloyati - 100 29. “Guliston neftbazasi” MCHJ Sirdaryo viloyati - 100
Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zaruratga koʻra mazkur Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Sotilishi belgilangan davlat ulushi yoki xoʻjalik boshqaruvi organlarining ulushi miqdori oʻzgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
1) aksiya paketlari (ulushlar)ni baholash nufuzli xalqaro baholovchi kompaniyalar tomonidan umumqabul qilingan xalqaro baholash standartlari asosida amalga oshiriladi. Aksiya paketlari (ulushlar)ni baholash nufuzli xalqaro baholovchi kompaniyalar tomonidan amalga oshirilganda baholash hisobotlarining haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi. Baholovchilarni tanlab olish eng maqbul takliflar asosida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi, bunda baholash xizmatlariga haq toʻlash aksiya paketlari (ulushlar) sotilishi belgilangan xoʻjalik jamiyatlari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
2) sotish investitsiyaviy vositachilar yoki konsultantlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
3) aksiyalarni ommaviy joylashtirish (SPO)ga moʻljallangan 10 foizni hisobga olgan holda. Bunda, potensial investorlarning taklifi mavjud boʻlganda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi unga aksiyalarni ommaviy joylashtirishning oldingi bosqichi tugaganidan soʻng SPO yoʻli bilan realizatsiya qilinadigan qoʻshimcha ulushni sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
4) ustav kapitalining amalda shakllangan qismidan kelib chiqib, aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO)ga moʻljallangan 10 foizni hisobga olgan holda. Bunda, potensial investorlarning taklifi mavjud boʻlganda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi unga aksiyalarni ommaviy joylashtirishning oldingi bosqichi tugaganidan soʻng IPO yoʻli bilan realizatsiya qilinadigan qoʻshimcha ulushni sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
5) sotish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi PQ–4265-son “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda mazkur qarorga muvofiq amalga oshiriladi.
6) SPO orqali 20 foiz aksiya paketini bosqichma-bosqich ommaviy joylashtirgandan soʻng, 15,0 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni kiritish yoki uchinchi shaxslarga qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish sharti bilan. Bunda, ommaviy joylashtirishning avvalgi bosqichi yakunlangandan soʻng salohiyatli investor mavjud boʻlganda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi SPO yoʻli bilan realizatsiya qilinadigan qoʻshimcha ulushni mazkur salohiyatli investorga sotish boʻyicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga 2-ILOVA
Belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlari
ROʻYXATI
T/r Nomlanishi Joylashgan manzili Davlat ulushi (foizda) (2) Yogʻ-moy sanoati korxonalari 1. “Turon Xojeyli” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi 79,7 2. “Yogʻgar Beruniy” AJ Qoraqalpogʻiston Respublikasi 89,3 3. “Andijon yogʻ-moy” AJ Andijon viloyati 58,4 4. “Asaka yogʻ” AJ Andijon viloyati 51,1 5. “Kogon yogʻ ekstraksiya” AJ Buxoro viloyati 51,0 6. “Nurli don” MCHJ Jizzax viloyati 51,0 7. “Boʻston olami” MCHJ Jizzax viloyati 51,0 8. “Koson yogʻ ekstraksiya” AJ Qashqadaryo viloyati 51,0 9. “Guliston yogʻ ekstraksiya” AJ Sirdaryo viloyati 58,9 10. “Surxonoziqovqatsanoati” AJ Surxondaryo viloyati 59,9 11. “Agroxizmat shindon” MCHJ Surxondaryo viloyati 51,0 12. “Vangozi Agroeksport” MCHJ Navoiy viloyati 51,0 13. “Kontinent-N yogʻ-moy” MCHJ Navoiy viloyati 51,0 14. “Uchqoʻrgʻon yogʻ-moy” AJ Namangan viloyati 51,7 15. “Namangan tola tekstil” MCHJ Namangan viloyati 51,0 16. “Yangiyoʻl yogʻ-moy” AJ Toshkent viloyati 51,0 17. “Qoʻqon yogʻ-moy” AJ Fargʻona viloyati 51,0 “Oʻzagrokimyohimoya” AJ 18. “Samarqand viloyat “Agrokimyohimoya”AJ (1) Samarqand viloyati 32,4 19. “Toshkent viloyat “Agrokimyohimoya”AJ (1) Toshkent viloyati 34,8 Boshqalar 20. “Buxoroparranda” AJ Buxoro viloyati 36,2 21. “Buxoro goʻsht-sut savdo” AJ Buxoro viloyati 30,8 22. “Samarqandmarmar” AJ Samarqand viloyati 6,9 23. “Surxondaryo oziq-ovqat mollari” AJ Surxondaryo viloyati 100,0 24. “Namanganagromash” MCHJ Namangan viloyati 91,5 25. “Fargʻona goʻsht-sut savdo” AJ Fargʻona viloyati 25,0 26. “Xorazmsuvqurilish” AJ Xorazm viloyati 70,0 27. “Oʻrta osiyo trans” AJ Toshkent shahri 51,0 28. “Matbuot tarqatuvchi” AJ Toshkent shahri 26,0 29. “Oʻzimpeksaloqa” MCHJ Toshkent shahri 51,9 30. “Stroyservis” MCHJ QK Toshkent shahri 21,0 31. “Druppa-dizayn” MCHJ QK Toshkent shahri 32,0 32. “Issiqlikquvattaʼmir” MCHJ Toshkent shahri 51,1 33. “SPI&OWT” MCHJ QK Toshkent shahri 4,0 34. “Bezak” MCHJ Toshkent shahri 17,5 35. “4-son taʼmirlash qurilish yigʻish boshqarmasi” MCHJ Toshkent shahri 98,6
Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zaruratga koʻra mazkur Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
1) nominal qiymatda “Oʻzagrokimyohimoya” AJ ustav kapitaliga beriladi.
2) xoʻjalik jamiyatlarining tashkiliy-huquqiy shakli yoki sotilishi belgilangan davlat ulushi miqdori oʻzgargan taqdirda, aktivlarning sotilishi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga 3-ILOVA
Xorijiy investorlarga taklif etiladigan istiqbolli investitsiya takliflarining
ROʻYXATI
T/r Taklif nomi Hudud Quvvat Taxminiy qiymat (mln doll.) Loyiha ustida ishlash uchun masʼul organlar I. Yoqilgʻi-energetika va neft-kimyo tarmoqlarida investitsiya takliflari (takliflar soni — 20, takliflar qiymati — 4 447,6 mln AQSH.doll.) 1. Neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun piroliz distillatini qayta ishlash (BTK, LAB/LAS) Aniqlanmoqda 8 ming t 250 Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 2. Oʻzbekiston Respublikasida Investitsiyalar bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish imkoniyatlarini oʻrganish (Aginskiy, Nasambek, Aralomor, Kossor, Meshekli-Tuzskoyskiy, Samsko-Kosbulakskiy, Orol dengizi akvatoriyasi, Bayterek, Sirdaryo, Pritashkent, Chinobod, Uzunqun, Sharqiy Surxon va boshqalar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari geologiya-qidiruv ishlarini olib borish Investitsiyalar bloki boʻyicha materiallarni oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlanadi Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 3. Suyuq uglevodorodlarni qazib olishni uzoq vaqt davomida ishlab chiqilgan, kam debitli, konservatsiya qilingan neft konlarida va qazib chiqarilishi qiyin zaxiraga ega boʻlgan konlarda koʻpaytirish respublika boʻyicha konlardan kelib chiqib konlardan kelib chiqib Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 4. 100 MVtgacha quyosh fotoelektrik stansiyalarini qurish Namangan, Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari 600 MVt 600 Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 5. Quvvati 100 MVtgacha shamol elektr stansiyalarini qurish Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Navoiy viloyati 600 MVt 900 Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 6. Ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish Sirdaryo viloyati 400 ming t ammiak va 660 ming tonna karbamid 600 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 7. Ferrosilitsiya ishlab chiqarishni tashkil etish Navoiy viloyati 10 ming t 10 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 8. Fosforli oʻgʻitlar, sulfat kislotasi ishlab chiqarish, fosforit rudasini qayta ishlash Navoiy viloyati f.mning 100 foizida 274 ming t fosforli oʻgʻitlar va 1,5 mln. t sulfat kislotasi, 2,4 mln t fosforit rudasini qayta ishlash 950 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 9. Oʻsimliklar himoyasi uchun kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish Navoiy viloyati 5 ming t 5 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 10. Sulfat kaliy va boshqa kaliy tuzlari ishlab chiqarishni tashkil etish Qashqadaryo viloyati 120 ming t 61 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 11. Granulalangan kaliy xlorid ishlab chiqarishni tashkil etish Qashqadaryo viloyati 180 ming t 15 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 12. Polisulfat natriy va ammoniy rodaniti asosida tiomochevin ishlab chiqarishni tashkil etish Navoiy viloyati 10 ming t 50 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 13. Quruq siantuzlar ishlab chiqarishni tashkil etish Navoiy viloyati 10 ming t 30 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 14. Angren EIZ hududida tekstil kordini ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent viloyati 3 ming t 20 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 15. Angren EIZ hududida texnik uglerod ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent viloyati 40 ming t 100 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 16. Mahsulotlarning keng assortimentlarini ishlab chiqarishni tashkil etish Navoiy viloyati formaldegid — 40,0 ming t, karbamid-formaldegid smolasi 40 ming t, melamin-formaldegid smolasi 15,0 ming t, MTBE — 35,0 ming t, xlor uksus kislotasi — 30 ming t, metilamin — 30,0 ming t 435 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 17. LAB asosida sintetik yuvish vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda aniqlanmoqda 58,6 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 18. Peroksid vodorod ishlab chiqarish aniqlanmoqda 12 ming t 25 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 19. Polivinilxlorid ishlab chiqarish uchun kaustik soda va xlor ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda 60 ming t kaustik soda va 56 ming t xlor 213 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 20. Katalizator ishlab chiqarishni tashkil etish aniqlanmoqda 7,5 ming t katalizator 125 “Oʻzkimyosanoat” AJ (O. Temirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) II. Metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika tarmoqlari va yengil sanoat sohalarida investitsiya takliflari (takliflar soni– 13, takliflar qiymati — 537,3 mln AQSH.doll.) 21. Qimmatbaho metallar uchun istiqbolli maydonlarni geologik jihatdan oʻrganish Navoiy va i Samarqand viloyatlari geologik-qidiruv ishlari 10 Geologiya qoʻmitasi (B. Islamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 22. Rangli metallar uchun istiqbolli maydonlarni geologik jihatdan oʻrganish Surxondaryo va Navoiy viloyatlari geologik-qidiruv ishlari 5 Geologiya qoʻmitasi (B. Islamov), Investitsiyalar va tashqi savdo v�zirligi (S. Umurzoqov) 23. Nodir metallar va nodir yer elementlari uchun istiqbolli maydonlarni geologik oʻrganish Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari geologik-qidiruv ishlari 5 Geologiya qoʻmitasi (B. Islamov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 24. Mustahkamlash buyumlarini, shu jumladan bolt va gayka ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani 360 t 7,2 “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (M. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 25. Qizdirib ishlaydigan va galvanik qoplamali vallar va tishli gʻildiraklarni ishlab chiqish quvvatlarini tashkil etish Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani 12 ming. mashina-komplekt 12,2 “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (M. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 26. Traktorlarga unifitsiyalashtirilgan kabinalar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani 12 ming. mashina-komplekt 3,9 “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (M. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 27. Gusenitsali ixtisoslashtirilgan, yoʻl-qurilish va qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent shahri, Mirzo-Ulugʻbek tumani aniqlanmoqda 10 “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ (M. Karimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 28. Toshkent shahrida kichik biznes subyektlari ishtirokida tarmoqlararo �amkorlikni taʼminlaydigan va tarkibida quyuv, vakum quyuv usulida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, 3D texnologiyasidan foydalangan holda toshlar bilan quyish, mixlovchi va charxlovchi zargarlarni, 3D dizayn va modellashtirish mutaxas��islarini tayyorlovchi oʻquv markazidan iborat zargarlik klasteri loyihasini amalga oshirish Toshkent shahri aniqlanmoqda aniqlanmoqda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (D. Samatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 29. Kichik biznes subyektlari, zargarlik korxonalari ishtirokida, sayyohlik markazlarida ishlab chiqarish va savdo pavilyonlari shaklida loyihani amalga oshirish Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm va Namangan viloyatlari aniqlanmoqda aniqlanmoqda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (D. Samatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 30. Gazlama va tayyor mahsulotlarni bosqichma-bosqich ishlab chiqarishini tashkil etish aniqlanmoqda aniqlanmoqda 10 “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi (I. Xaydarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 31. Maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish (Data-sentr) Toshkent shahri, Fargʻona va Buxoro viloyatlari 10 Pbayt gacham 46,6 Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 32. Oʻzbekiston Respublikasida keng polosali ulanishni kengaytirish respublika boʻyicha 620 mingta portga uskunalarni oʻrnatish 404,5 Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 33. Kommutatsiya uskunalarini NGN texnologiyasi boʻyicha kengaytirish respublika boʻyicha 550 ming raqamli uskunalarni oʻrnatish 22,9 Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) III. Qishloq xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 26, takliflar qiymati — 551,2 mln AQSH.doll.) 34. Agro logistika kompleksini tashkil qilish Toshkent viloyati 100 ming t 55,5 Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 35. Uzum plantatsiyalarini kengaytirish va vino ishlab chiqarishni tashkil etish Jizzax viloyati 3.5 ming t 4,4 Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 36. Bolalar va boshqa turdagi ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish Samarqand viloyati 7,5 ming t 11,8 Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 37. Integratsiyalashgan parrandachilik fabrikasini barpo etish Andijon viloyati 10 ming t. 50 Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 38. Yillik quvvati 5 000 dona boʻlgan tuyaqush xoʻjaligini barpo etish Jizzax viloyati 5 000 dona 1,7 Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 39. Baliq yetishtirish va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish Jizzax viloyati 2,6 ming t 6,7 Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 40. Chorvachilik klasterini tashkil etish Sirdaryo viloyati 5,2 ming bosh 45 Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 41. Zamonaviy “Nethaus” agrotexnologiyalari asosida sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish respublika boʻyicha 6 ming t 13 Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 42. Zamonaviy “Nethaus” agrotexnologiyalari asosida dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari uchun taqsimlash agromarkazini barpo etish (koʻchat koʻpaytirish kompleksi, saralash va qadoqlash markazi, saqlash ombori) Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari 200 ming t 60 Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Fargʻona viloyat hokimiyati (Sh. Gʻaniyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 43. Quvvati 1000 gektar boʻlgan limon yetishtiruvchi issiqxona xoʻjaliklarini tashkil etish respublika boʻyicha 150 ming t 113 “Limon ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi (F. Nuritdinov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 44. Yunon yongʻogʻi, bodom va pista yetishtirish boʻyicha intensiv bogʻlar tashkil etish aniqlanmoqda 35,5 ming t 37,7 Yunon yongʻogʻini ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi (K. Abdulloyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 45. INVITRO laboratoriyasidan foydalanib oʻsimliklarning mikroklonal tarqalishini tashkil etish Samarqand viloyati 2 mln. dona klon 3,2 Yunon yongʻogʻini ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi (K. Abdulloyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 46. Birlamchi uzumni qayta ishlash punktini yaratish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Oʻzbekiston shampani” AJ) Toshkent viloyati, Qibray tumani 3 ming t 1,4 Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (R. Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 47. Uzumni birlamchi ishlov berish uchun punktini tashkil etish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Kombinat Tashkentvino” AJ II) Jizzax viloyati, Zomin tumani 5 ming t 5 Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (R. Boboyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 48. Qamish qayta ishlash va qogʻoz, paxta va zarrachalarni ishlab chiqarishni tashkil qilish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “WANG DA GROUP” MCHJ QK) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 100 ming t qamishni qayta ishlash 5 Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (N. Bakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 49. Qizil miya ildizini qayta ishlash zavodini yaratish orqali mahsulot ishlab chiqarish (ekstraktlar, changlar va boshqalar) Qoraqalpogʻiston Respublikasi 240 ming t qizilmiya ildizini qayta ishlash 7 Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi (N. Bakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 50. Yuqori proteinli baliq ozuqa ishlab chiqarish uchun oq lyupin yetishtirish va oq lyupinni qayta ishlash zavodini tashkil etish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “AGRO GREEN TECNNOLOGY” MCHJ) Jizzax viloyati, Zomin tumani 20 ming t oq lyupinni qayta ishlash 3,5 “Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi (O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 51. Yopiq suv taʼminoti qurilmalarini yaratish orqali baliq yetishtirishni tashkil etish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Sof xavzalar” MCHJ) Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani 100 t baliq yetishtirish 0,5 “Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi (O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 52. Baliqchilik majmuasini yaratish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Namuna balikchiligi” MCHJ) Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani 500 t baliq yetishtirish, 2 000 t ozuqa ishlab chiqarish 2 “Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi (O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 53. Baliqchilik majmuasini yaratish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Masterok garant” MCHJ) Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh. 150 t baliq yetishtirish, 10 ming t ozuqa ishlab chiqarish 0,5 “Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi (O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 54. Kichik intensiv suv havzalari usulida baliqchilik kompleksini yaratish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Oq Amur Baliqlari” FX) Samarqand viloyati, Samarqand tumani 150 t baliq yetishtirish, 100 t ozuqa ishlab chiqarish 1 “Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi (O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 55. Baliq mahsulotini qayta ishlashni tashkil etish Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani 100 t 1 “Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi (O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 56. Yopiq suv taʼminoti qurilmalarini yaratish orqali baliqchilik kompleksini yaratish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “MR-Fish Namangan” MCHJ) Namangan viloyati, Pop tumani 50 t 1 “Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi (O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 57. Zamonaviy baliqchilik kompleksini tashkil qilish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Boʻston turizm” MCHJ) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani 40 t 1 “Oʻzbekbaliqsanoati” uyushmasi (O. Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 58. Agrosanoat logistika markazini yaratish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Boʻstonliq kartoshkachilik markazi” MCHJ) Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani 30 ming t sovutish ombori 10,3 Kartoshka ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi (E. Toshpoʻlatov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 59. Qishloq hoʻjaligi ekinlarining urugʻlarini ishlab chiqarish boʻyicha klaster yaratish Fargʻona viloyati, Qoʻqon sh. aniqlanmoqda 10 Innovatsion rivojlantirish vazirligi (I. Abduraxmonov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) IV. Yoʻl-transport infratuzilmasi, kommunal uy-xoʻjaligi qurilishi va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 5, takliflar qiymati — 534,3 mln AQSH.doll.) 60. Sanfayans (rakovina va unitaz) ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent va Buxoro viloyatlari 500 ming. dona 10,5 “Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 61. Tabiiy toshlardan (granit, marmar va travertin) mahsulotlar ishlab chiqarish Samarqand, Navoiy, Buxoro, va Namangan viloyatlari 100 ming kub. m 6,8 “Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 62. Gazobeton bloklari ishlab chiqarishni tashkil etish Toshkent, Fargʻona, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlari 500 ming kub. m 14 “Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 63. Oboylar (gulqogʻozlar) ishlab chiqarishni tashkil etish Xorazm viloyati 2,1 mln rulon 3 “Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 64. Sement ishlab chiqarishni tashkil etish Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Fargʻona viloyatlari 4 mln t 500 “Oʻzqurilishsanoatmateriallari” uyushmasi (B. Zaripov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) V. Ijtimoiy, turistik va farmatsevtika sohalarida istiqbolli takliflar (takliflar soni — 22, takliflar qiymati — 160,6 mln. AQSH doll.) 65. Laboratoriya diagnostika markazlarini barpo etish Toshkent shahri aniqlanmoqda 29,5 Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 66. Koʻp tarmoqli klinikani tashkil etish Toshkent shahri aniqlanmoqda 15 Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 67. Zamonaviy onkologik klinika va reabilitatsiya markazini qurish Toshkent shahri aniqlanmoqda 10 Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 68. Onkologik klinika qurish Toshkent viloyati aniqlanmoqda 10 Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 69. Kardioxirurgiya markazini kelgusida koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga aylantirishni koʻzda tutib, qurish Toshkent shahri aniqlanmoqda 15,0 Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 70. Inyeksion eritmalar tayyorlanishi uchun kukunlar ishlab chiqarishni tashkil etish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Sirdaryo med farm” MCHJ) Sirdaryo viloyati aniqlanmoqda 17,2 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 71. Infuzion eritmalar asosida dori-darmonlar ishlab chiqarishni tashkil etish (Oʻzbekiston Respublikasidan hamkor “Temur med farm” MCHJ) Sirdaryo viloyati aniqlanmoqda 15 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 72. Osh qozon-ichak yoʻllari patologiyalarini davolash vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 5,2 mln shartli birlik. 7 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 73. Diabetga qarshi preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 10 mln shartli birlik 2 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 74. Onkologiyaga qarshi preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 4,5 mln shartli birlik 5 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 75. Immunobiologik preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 18,5 mln shartli birlik 6,4 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 76. Yalligʻlanishga qarshi nesteroid preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 22 mln shartli birlik 5 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 77. Yurak-tomir kasalliklariga qarshi preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 25 mln shartli birlik 6 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 78. Nafas organlari patologiyalarini davolash preparatlari ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 8,4 mln shartli birlik 3 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 79. Antibiotiklar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 6 mln shartli birlik 4,5 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 80. Bolalarning tuberkulez bilan infeksiyalanganligini erta aniqlash boʻyicha diaskin testlar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 12,2 mln shartli birlik 2,8 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 81. Kontratseptiv vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 15 mln shartli birlik 3,2 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 82. Virusga qarshi vositalar ishlab chiqarishni tashkil etish respublika boʻyicha 7 mln shartli birlik 4 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi (S. Kariyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 83. Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Nanay dam olish zonasining turistik infratuzilmasini takomillashtirish Namangan viloyati aniqlanmoqda aniqlanmoqda Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov), Davlat turizm qoʻmitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 84. Zomin tumanidagi Suffa hududining turistik infratuzilmasini takomillashtirish Jizzax viloyati aniqlanmoqda aniqlanmoqda Jizzax viloyati hokimligi (E. Saliyev), Davlat turizm qoʻmitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 85. Chortoq tumani infratuzilmasini takomillashtirish Namangan viloyati aniqlanmoqda aniqlanmoqda Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov), Davlat turizm qoʻmitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) 86. Peshku tumanida “Abu ali ibn Sino” majmuasi hududida turistik xizmatlarni tashkil etish Buxoro viloyati aniqlanmoqda aniqlanmoqda Buxoro viloyati hokimligi (U. Barnoyev), Davlat turizm qoʻmitasi (A. Akkulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) Jami 6 131 mln. doll.
Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita, zaruriyat boʻlgan taqdirda, ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga 4-ILOVA
2019-yilda Oʻzbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etishi uchun tavsiya qilinadigan xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlar
roʻyxati
T/r Forum nomi Oʻtkazish sanasi Oʻtkazish joyi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibi 1. “World Business Forum” 2019-yil 5-6-iyun London, Buyuk Britaniya Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qashqadaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, xususiy kompaniyalar 2. 23-chi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi — 2019 2019-yil 6 — 8-iyun Sankt-Peterburg, Rossiya Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Namangan, Surxondaryo, va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, xususiy kompaniyalar 3. Global investitsion forum 2019-yil 13-14-iyun Jeneva, Shveysariya Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qashqadaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari 4. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar boʻyicha butunjahon forumi “World Forum for Direct Foreign Investment” 2019-yil 17 — 19-iyun Sidney, Avstraliya Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari 5. Sharqiy iqtisodiy forumi 2019 2019-yil 4 — 6-sentabr Vladivostok, Rossiya Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari 6. Belorus sanoat forumi 2019-yil 17 — 20-sentabr Minsk, Belarus Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Andijon, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari, uyushmalar va kompaniyalar tarmoqlari vakillari, xususiy kompaniyalar 7. Yevroosiyo iqtisodiy forumi 2019-yil oktabr Verona, Italiya Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis Senati, Savdo-sanoat palatasi, Milliy bank, Oʻzsanoatqurilishbank, Asakabank, uyushmalar va kompaniyalar tarmoqlari vakillari, xususiy kompaniyalar 8. Xalqaro investitsiyalar sammiti “Future Investment Initiative summit” 2019-yil oktabr Ar-Riyod, Saudiya Arabistoni Qirolligi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Jizzax, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari hamda Toshkent shahri hokimliklari, xususiy kompaniyalar 9. Turistik investitsion forum (The Tourism Investment Forum) 2019-yil noyabr Parij, Fransiya Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimliklari, xususiy kompaniyalar
Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zaruratga koʻra mazkur Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga 5-ILOVA
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
A.N. Aripov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi E.M. Gʻaniyev — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari S.U. Umurzakov — Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari Tashkiliy qoʻmita aʼzolari: S.S. Safoyev — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari (kelishuvga binoan) A.X. Kamilov — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri K.I. Allamjonov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori v.b. A.Ya. Haydarov — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori I.R. Maxkamov — Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining birinchi oʻrinbosari O.R. Isakov — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari A.U. Akkulov — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi v.v.b. A.A. Nazirov — Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A.I. Ikramov — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi J.O. Artikxodjayev — Toshkent shahar hokimi K.Yu. Kamalov — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi direktori, Tashkiliy qoʻmita kotibi
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqirda, ushbu lavozimga qayta tayinlangan shaxslar yoki ularning funksiyalarini bajarish topshirilgan shaxslar uning tarkibiga qoʻshiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga 6-ILOVA
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
TASHKILIY CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Chora-tadbirlarning nomlanishi Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Axborot-mazmuni qismi 1. Malakali xorijiy tashkilotni jalb etgan holda Toshkent xalqaro investitsiya forumi (keyingi oʻrinlarda — Forum) konsepsiyasini ishlab chiqish. 2019-yil 1-iyungacha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 2. Forumning xorijiy ishtirokchilari tarkibini ishlab chiqish, xususan: investorlar va boshqa shaxslarning Forumda ishtirok etishi yuzasidan diplomatik kanallar orqali soʻrovlar yuborish; davlat organlari va tashkilotlarga forumda ishtirok etishga nomzod xorijiy investorlarni tavsiya etish yuzasidan soʻrovlar yuborish; taqdim etilgan materiallar yakunlariga koʻra, Forumda ishtirok etuvchi xorijiy ishtirokchilar roʻyxatini, shu jumladan ular va ushbu investorlar vakil boʻlgan tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni (CV) tayyorlash. 2019-yil 1-iyulgacha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar 3. Xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, yetakchi xorijiy investorlar va biznes tuzilmalar vakillarining soni va tarkibi toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. 2019-yil 10-iyulgacha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 4. Forumda ishtirok etadigan mahalliy vakillar, shu jumladan maʼruzachi va moderatorlar tarkibini ishlab chiqish. 2019-yil 15-iyulgacha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 5. Nutqlar, maʼruzalar, taqdimotlar hamda moderatorlikni hisobga olgan holda Forum dasturini ishlab chiqish. 2019-yil 1-avgustgacha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 6. Taqdimotlar mazmunini, tarqatma materiallar, axborot va boshqa maʼlumotnomalarni, shu jumladan mazkur qarorga muvofiq amalga oshiriladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari boʻyicha dastlabki TIA va boshqa loyiha hujjatlari asosida ishlab chiqish. 2019-yil 15-avgustgacha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar II. Tashkiliy-texnik masalalar 7. Forum logotipi (emblemasi) dizaynini ishlab chiqish va rasmiylashtirish. 2019-yil 1-iyungacha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Intellektual mulk agentligi 8. Forumda ishtirok etish istagida boʻlgan shaxslarni ochiq elektron roʻyxatdan oʻtkazish, kun tartibi, oʻtkazish dasturi, ishtirok etish shartlari toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlarni olish imkonini beruvchi Forumning rasmiy veb-saytini yaratish va ishga tushirish, domenni zaxiraga olish. 2019-yil 1-maygacha Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 9. Forum oʻtkazilishi haqida keng ommaga yetkazish maqsadida xorijiy media tashkilotlarni jalb qilish. 2019-yil 15-maygacha Investitsiyalarni jalb etish boʻyicha agentlik, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 10. Forum doirasida oʻtkaziladigan asosiy tadbirlar uchun joylarni aniqlash. 2019-yil 15-iyungacha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi 11. Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya salohiyati toʻgʻrisida videorolik yaratish. 2019-yil 15-avgustgacha MTRK, “Oʻzbekkino” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi 12. Tadbirlarni oʻtkazishda koʻmaklashish, shuningdek, Forumning xorijiy ishtirokchilarini kuzatib borish (zarur hollarda) uchun tegishli oliy oʻquv yurtlarining talabalari orasidan koʻngillilarni tayyorlash. 2019-yil 20-avgustgacha Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Oliy taʼlim vazirligi (OʻzDJTU, TDSHI, TDIU), TIV (JIDU) 13. Forumning xorijiy ishtirokchilari, shu jumladan xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar, firmalar, agentliklar va sohaga tegishli boshqa tashkilotlarning yuqori martabali shaxslariga taklifnomalarni oʻrnatilgan tartibda yuborish. 2019-yil 15-iyulgacha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV, manfaatdor vazirlik va idoralar 14. Tashrif buyuruvchi xorijiy ishtirokchilarga tegishli vazirlik va idoralarning masʼul rahbarlarini biriktirishni nazarda tutgan holda, Forum ishtirokchilarining Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi dasturini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2019-yilning 15-avgustiga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 15. Toshkent xalqaro aeroporti, boshqa aeroportlarda (zarur hollarda), temir yoʻl stansiyalarida Forum ishtirokchilarining kutib olish va kuzatishni tashkil etish. grafikka muvofiq “Uzbekistan Airports” AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ 16. Forumning xorijiy ishtirokchilariga, zarurat boʻlganda xalqaro aeroportlarda konsullik va boshqa toʻlovlarsiz kirish vizalari belgilangan tartibda berish. arizalar kelib tushishiga qarab Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV 17. Forum mavzulariga doir taqdimotlar, maʼlumotnomalar, axborot va tarqatma materiallar, shuningdek, bosma materiallar tayyorlash. 2019-yilning 20-avgustiga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, takliflar mualliflari 18. Forum oʻtadigan joylarda infratuzilma obyektlarini tayyorlash, shu jumladan markaziy koʻchalar va Forum oʻtkaziladigan joylar, aeroportlar va temir yoʻllarga tutash hududlarning tashqi bezash. 2019-yilning 1-sentabriga qadar Toshkent shahar hokimligi 19. Forum tadbirlari oʻtkaziladigan va xorijiy ishtirokchilar tashrif buyuradigan joylarda xavfsizlikni taʼminlash. 2019-yil avgust-sentabr IIV, Milliy gvardiya, Sogʻliqni saqlash vazirligi 20. Forum oʻtkaziladigan joylarda uzluksiz elektr taʼminotini taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. 2019-yil 5 — 7-sentabr “Oʻzbekenergo” AJ, Toshkent shahar hokimligi 21. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining buyurtmanomalariga binoan Forum doirasida ovozni kuchaytirish va sinxron tarjima uchun zarur uskunalar, shuningdek, Forum ishi mobaynida tezkor maʼlumot almashish uchun simsiz Internet tarmogʻi (Wi-fi) bilan taʼminlash. 2019-yil sentabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 22. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan, avvalo, mamlakatning investitsiya va ishbilarmonlik muhitiga ijobiy taʼsir koʻrsatayotgan islohotlar (soliq islohotlari, davlat xizmatlari, ishbilarmonlik va boshqa sohalardagi islohotlar) toʻgʻrisida taqdimotlarni tashkil etish. 2019-yil sentabr Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, DSQ, Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar 23. Forum doirasidagi tadbirlarda (ochilish va yopilish marosimlari, umumiy va shuʼba yigʻilishlari, taqdimotlar va boshqalar) sinxron tarjimani tashkil etishni taʼminlash. 2019-yil sentabr Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi 24. Forum xorijiy ishtirokchilarining Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida joylashgan madaniy tarixiy obidalarga tashriflari uchun yuqori darajada tayyorgarlik koʻrish va tashkil qilish. 2019-yil sentabr Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Samarqand, Buxoro, Fargʻona, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari 25. Forumga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va uning natijalari toʻgʻrisidagi materiallar ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va hokazolarda keng yoritilishini taʼminlash. 2019-yil avgust-sentabr MTRK, OʻzA, AOKA, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Dunyo” AA, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
Izoh:
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zarurat boʻlganda Forumni oʻtkazishning aniq sanasi belgilangandan keyin ham Chora-tadbirlar rejasiga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PQ-4300-son qaroriga 7-ILOVA
2019-yilda ishlab chiqilishi lozim boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari
ROʻYXATI
T/r Loyiha nomi Hudud Loyiha qiymati (mln AQSH doll. ) Bosqichlar va muddatlar Masʼul vazirlik va idoralar 1. 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasi Navoiy viloyati 100 Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2019-yil may Tender gʻolibini aniqlash, bitimni imzolash — 2019-yil 3 chorak Qurilishni boshlash — 2020-yil 1 chorak Foydalanishga topshirish — 2021-yil 1 chorak Oʻxshash shartlar asosida bitimlar tuzish — 2019-yil 4 chorak Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Navoiy viloyat hokimligi (K. Tursunov), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 2. Gemodializ markazlarini yaratish va gemodializ xizmatini koʻrsatish Respublika viloyatlari 27 Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil fevral Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2019-yil may Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2019-yil may Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2019-yil iyul Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2019-yil avgust Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2019-yil oktabr Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 3. Xalqaro aeroport modernizatsiya qilish Toshkent shahar 470 Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may DXSH loyihasi boʻyicha hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil 3 chorak Tender takliflari soʻrovini eʼlon qilish — 2019-yil sentabr Tender takliflarini tayyorlash va topshirish — 2019-yil dekabr Tender takliflarini baholash — 2020-yil yanvar Tender gʻolibini eʼlon qilish — 2020-yil fevral Bitimni imzolash — 2020-yil mart Modernizatsiya qilishni boshlash –2020-yil may Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Uzbekistan Airports” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 4. Viloyat aeroportlarini modernizatsiya qilish Respublika shaharlari 363 Xalqaro moliya institutlari bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2020-yil may DXSH loyihasi boʻyicha hujjatlarni tayyorlash — 2020-yil may — sentabr Tender takliflari soʻrovini eʼlon qilish — 2021-yil fevral Tender takliflarini tayyorlash va topshirish — 2020-yil fevral Tender takliflarini baholash — 2021-yil mart Tender gʻolibini eʼlon qilish — 2021-yil aprel Bitimni imzolash — 2021-yil may Modernizatsiya qilishni boshlash — 2021-yil iyul Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Uzbekistan Airports” AJ, AO “Uzbekistan Airways”, DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 5. Toshkent-Andijon pullik avtomobil yoʻlini qurish Toshkent viloyati, Namangan viloyati aniqlanmoqda Jahon banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil iyun DXSH loyihasi boʻyicha hujjatlarni tayyorlash — 2020-yil yanvar Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2020-yil mart Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2020-yil aprel Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil iyun Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil sentabr Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil sentabr Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil dekabr Qurilishni boshlash — avgust 2021-yil Transport vazirligi (I. Maxkamov), Toshkent viloyati hokimligi (G. Ibragimov), Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov) DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 6. 200 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektrik stansiyasi Samarqand viloyati 200 Loyiha prezentatsiyasi — 2019-yil aprel DXSH bitimi shartlari boʻyicha muzokaralar olib borish 2019-yil 2 chorak Bitimlarni imzolash — 2019-yil 3 chorak Qurilishni boshlash — 2020-yil 1 chorak Foydalanishga topshirish — 2020-yil 4 chorak Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 7. Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimini boshqaruvga topshirish Samarqand, Buxoro, Namangan, Qarshi shaharlari - Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil may — sentabr Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil noyabr Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil fevral Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil aprel Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil may Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil iyul Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), Samarqand viloyati hokimligi (E. Turdimov), Buxoro viloyati hokimligi (U. Barnoyev), Namangan viloyati hokimligi (X. Bozarov) va Qashqadaryo viloyati hokimliklari (Z. Ruziyev), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 8. Issiqlik taʼminoti tizimini boshqaruvga topshirish Toshkent shahar - Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish xizmati boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil may-sentabr Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil noyabr Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — dekabr 2019-yil Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil fevral Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil aprel Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil may Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil iyul Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 9. Gaz taʼminoti tizimini boshqaruvga topshirish Toshkent shahar - Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil may-sentabr Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — noyabr 2019-yil Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — dekabr 2019-yil Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil fevral Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil aprel Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil may Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil iyul Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 10. Elektr energiyasi taqsimot tarmogʻini boshqaruvga topshirish Toshkent shahar - Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil 2-3 chorak Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil 3-4 chorak Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil 4 chorak Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2019-yil 4 chorak Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil 1 chorak Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil 2 chorak Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil 2 chorak Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil 2-3 chorak Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 11. IES qurish/modernizatsiya qilish (kombinatsiya qilingan sikl) Toshkent viloyati 500 Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil 2 chorak Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil 3 chorak Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil 4 chorak Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2019-yil 4 chorak Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil 1 chorak Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil 2 chorak Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil 2 chorak Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil 3 chorak Qurilishni boshlash — 2021-yil 1 chorak Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 12. Maishiy chiqindilarni yigʻish va ularni chiqarish xizmatlari boʻyicha xususiy sheriklarni jalb etish Toshkent shahar va Toshkent viloyati - Osiyo taraqqiyot banki bilan konsultatsiya xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil may Hujjatlarni tayyorlash — 2019-yil may-sentabr Qiziqishni bildirish takliflarini eʼlon qilish — 2019-yil noyabr Loyiha konsepsiyasini maʼqullash — 2019-yil dekabr Dastlabki malakani saralash bosqichida ishtirok etish soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil fevral Ishtirokchilarni baholash va saralash — 2020-yil aprel Takliflar soʻrovini eʼlon qilish — 2020-yil may Tender gʻolibini eʼlon qilish, bitimni imzolash — 2020-yil iyul Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Toshkent viloyati hokimligi (G. Ibragimov), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 13. “Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S” (Turkiya) tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish uchun bugʻ-gaz uskunalarini qurish Toshkent viloyati aniqlanmoqda DXSH bitimi shartlari va boshqa loyiha bitimlari boʻyicha muzokaralar olib borish–2019-yil iyun Bitimlarni imzolash — 2019-yil iyul Qurish — birinchi bosqichda elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 12 oy davomida Qurish — ikkinchi bosqichda elektr energiyani sotib olish toʻgʻrisida bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 24 oy davomida Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Toshkent viloyati hokimligi (G. Ibragimov), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 14. “Yildirim Enerji Nolding A.S” (Tursiya) tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish uchun bugʻ-gaz uskunalarini qurish Surxondaryo viloyat aniqlanmoqda DXSH bitimi shartlari va boshqa loyiha bitimlari boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borish — 2019-yil iyun Bitimlarni imzolash — 2019-yil iyul Loyihani ishlab chiqish va yetkazib beruvchilar hamda pudratchilarni tanlash — 2019-yil dekabr Qurilishni boshlash — 2020-yil 1 chorak Foydalanishga topshirish — bosqichda elektr energiyani sotib olish toʻgʻrisida bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 36 oy davomida Energetika vazirligi (A. Sultanov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Surxondaryo viloyati hokimligi (T. Bobolov), DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) 15. “Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S”, “Kalyon”, “Kolin” (Turkiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan Toshkent — Samarqand pullik avtomobil yoʻlini qurish Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari aniqlanmoqda Xalqaro moliya institutlari bilan konsalting xizmatini koʻrsatish boʻyicha bitim tuzish — 2019-yil 2 chorak Avtomobil yoʻli marshrutini oʻrganish va dastlabki hisob-kitoblarni ishlab chiqish — 2019-yil may DXSH bitimi shartlari boʻyicha muzokaralar olib borish — 2019-yil iyun Bitimni imzolash — 2019-yil iyul Qurilishni boshlash — 2019-yil 4-chorak Foydalanishga topshirish — 2021-yil 4-chorak Transport vazirligi (I. Maxkamov), Toshkent (Gʻ. Ibragimov), Sirdaryo (Gʻ. Gʻaniyev), Jizzax (E. Saliyev), Samarqand (E. Turdimov) viloyatlari hokimliklari DXSH Agentligi (Gʻ. Xoljigitov) Jami: 1 660
Izoh
Yakuniy parametrlar va muddatlar loyiha hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga koʻra aniqlanadi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita zarur hollarda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin, shu jumladan koʻrsatilgan 13 — 15-bandlarda koʻrsatilgan xususiy sheriklarni almashtirish boʻyicha.
