Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (356-son)
26.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat aktivlarini boshqarishning samarali usullarini joriy qilish, davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarini shakllantirish mexanizmlarini va ularning faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Belgilansinki:
davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, shuningdek, xodimlari boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari kuzatuv kengashlari (bank kengashlari) aʼzolariga haq toʻlash va (yoki) oʻz funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash miqdorlari ular kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari faoliyatining tegishli sohasini rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasini inobatga olgan holda belgilanadi;
davlat tashkilotlari rahbarlari yoki rahbar oʻrinbosarlari, shuningdek xodimlari, qoida tariqasida, bir paytning oʻzida haq toʻlanadigan kuzatuv kengashlarining aʼzolari sifatida ikkitadan koʻp boʻlmagan xoʻjalik jamiyati faoliyatida ishtirok etishi mumkin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-aprel,
356-son
