EHM uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalari rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun undiriladigan roʻyxatga olish yigʻimlarining miqdorlari toʻgʻrisida (331-son)
21.08.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Elekron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. EНM uchun yaratilgan dasturlar, maʼlumotlar bazalari va mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalar rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun undiriladigan roʻyxatga olish yigʻimlarining ilova qilinayotgan miqdorlari tasdiqlansin.
2 Belgilab qoʻyilsinki, EНM uchun yaratilgan dasturlar, maʼlumotlar bazalari va mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalar rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun Davlat patent idorasi:
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslaridan milliy valyutada;
boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslaridan chet el valyutasida roʻyxatga olish yigʻimlari undiradi.
Undiriladigan yigʻimlar Davlat patent idorasi fondiga oʻtkaziladi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yigʻimlar hamda soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlar stavkalari toʻgʻrisida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarorining valyuta tushumlarini taqsimlashga tegishli qismining amal qilishi EНM uchun yaratilgan dasturlar, maʼlumotlar bazalari va mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalar rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun undiriladigan roʻyxatga olish yigʻimlariga joriy etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasining Davlat patent idorasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda EНM uchun yaratilgan dasturlar, maʼlumotlar bazalari va mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalar rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun roʻyxatga olish yigʻimlari undirish tartibi haqidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 21-avgust,
331-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-avgustdagi 331-son qaroriga ILOVA
EНM uchun dasturlar, maʼlumotlar bazalari va mulkiy huquqlarni berish toʻgʻrisidagi shartnomalar rasmiy roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun undiriladigan roʻyxatga olish yigʻimlari
miqdorlari
Izoh:
Axborot texnologiyalari obyektlarining yagona mualliflari va huquqiy egalari hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun yigʻimlar toʻlash boʻyicha quyidagi imtiyozlar beriladi:
Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, unga tenglashtirilgan shaxs 1 — 4-bandlarda nazarda tutilgan yigʻimlarni toʻlashdan ozod qilinadi;
nogiron, pensioner, oʻrta maktab, hunar-texnika bilim yurti yoki texnikum oʻquvchilari, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotgan oliy oʻquv yurti talabasi 1 — 4-bandlarda nazarda tutilgan yigʻimlarni har bir yigʻimning belgilangan miqdorining 30 foizi miqdorida toʻlaydi.
