Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida (311-son)
08.08.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 16-bandi quyidagi mazmundgi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Butun paxta yetishtirish mavsumi davomida gʻoʻzani sugʻorish ishlari bilan band boʻlgan suvchilar uchun toʻliq kalendar ish yili imtiyozli pensiya olish huquqini beruvchi stajga qoʻshiladi.
Suvchilar imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishgan taqdirda xoʻjalik maʼmuriyati (boshqaruvi) ijtimoiy taʼminot boʻlimlariga 6-ilovada keltirilgan shakl boʻyicha mehnat staji toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim qiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan mehnat staji xoʻjalik rahbari, kadrlar boʻyicha xodimi, bosh buxgalter va kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisidan iborat tarkibdagi Komissiya tomonidan xoʻjalikdagi mavjud hujjatlar asosida, hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda — guvohlarning koʻrsatmasi asosida belgilanadi.
1995-yildan boshlab suvchi sifatida ishlaganlik faqat birlamchi hisob-kitob hujjatlari asosidagina tasdiqlanishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1995-yil 8-avgust,
311-son
