Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (506-son)
27.12.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibining 3-moddasiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“havo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari “Davavianazorat” inspeksiyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan”;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“avtomobil va daryo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va “Oʻzavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan”.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2000-yil 27-dekabr,
506-son
