Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida (338-son)
20.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud ekspertiza faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazini 2019-2020-yillarda maxsus mebel, sud ekspertizalari va kriminalistik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari va Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasining adliya vaziri R.Q. Davletov zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-aprel,
338-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 338-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazini 2019-2020-yillarda maxsus mebel, sud ekspertizalari va kriminalistik tadqiqotlarni oʻtkazish uchun zarur zamonaviy uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Laboratoriya yoki boʻlimning nomlanishi Xarid qilinadigan jihozlar turi Xarid qilinadigan jihozlar soni Talab etiladigan mablagʻ miqdori (ming AQSh dollarida) Shu jumladan Ijro muddati Ijro uchun masʼullar Vazirlar mahkamasi zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari RSEMning budjetdan tashqari mablagʻlari 2019-yilda 1. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi 26 160 1 025 875 150 2019-yil aprel — dekabr Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, RSEM 2. Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi 19 22 1 360 1 360 2019-yil aprel — dekabr Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, RSEM 3. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi va Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi maxsus mebellar bilan jihozlash 47 443 289 289 2019-yil aprel — dekabr Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, RSEM Jami 2019-yilda 92 625 2 674 2 524 150 2020-yilda 4. Sud-ballistika va trasologik ekspertizasi laboratoriyasi 5 7 245 245 2020-yil aprel — avgust Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, RSEM 5. Hujjatlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi 2 2 273 273 2020-yil aprel — avgust Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, RSEM 6. Sud-fonografiya ekspertizasi laboratoriyasi 1 2 22 22 2020-yil aprel — avgust Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, RSEM 7. Sud-avtotexnika ekspertizasi laboratoriyasi 4 7 82 82 2020-yil aprel — avgust Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, RSEM 8. Sud-qurilish texnik ekspertizasi laboratoriyasi 1 2 30 30 2020-yil aprel — avgust Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, RSEM Jami 2020-yilda 14 20 652 652 Jami talab etiladigan mablagʻ 106 645 3 326 3 176 150
