“Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi va qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (2041-3-son)
23.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2041-3]
Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-503-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2009-yil 4-oktabrdagi 75-son “Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi va qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2041, 2009-yil 16-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 47-son, 508-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 31-mart,
39-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 31-martdagi 39-son buyrugʻiga ILOVA
“Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi va qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Buyruqda:
a) nomi va 1-band “giyohvandlik vositalari,” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2003-y., 7-son, 63-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) 2-bandda:
birinchi xatboshidan “Yongʻin xavfsizligi,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshisi “giyohvandlik vositalari,” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. Nizomda:
a) nomi “giyohvandlik vositalari,” degan soʻzlardan keyin “ularning analoglari,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
b) muqaddimaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar (bundan buyon matnda GAPP deb yuritiladi) saqlanadigan xona va obyektlarning texnik mustahkamligini hamda qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya moslamalarining holatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-banddagi “GPPlarni” qisqartmasi “GAPPlarni” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
g) 2 va 8-bandlardagi “GPPlar” qisqartmasi “GAPPlar” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
d) 4 va 6-bandlardagi “GPPlar” va “GPPlarni” qisqartmalari tegishlicha “GAPPlar” va “GAPPlarni” qisqartmalari bilan almashtirilsin;
e) 9-bandda:
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “GPPlar” qisqartmasi “GAPPlar” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “GPPlarni” qisqartmasi “GAPPlarni” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
j) 11-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. GAPPlar saqlanadigan obyektlarning tekshiruvlari Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablari toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 1048, 2001-yil 11-iyul) oʻrnatilgan GAPPlar saqlanadigan obyektlarning toifalanishiga muvofiq amalga oshiriladi.”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilardagi “GPPlar” qisqartmasi “GAPPlar” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
z) 2-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi va qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya moslamalari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga ILOVA
“Ichki ishlar organlari tomonidan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt hamda xonalarning texnik mustahkamligi va qoʻriqlash-yongʻinga qarshi tashvishgoh moslamalari bilan jihozlanganligi holati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlar saqlanadigan obyekt va xonalarni tekshirish
DALOLATNOMASI
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2019-y., 10/19/2041-3/2999-son)
