Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida (177-son)
28.01.2019
Xovos tumani hokimining
Qaror
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2012-yil 6-dekabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining mashina va asbob uskunalarni texnik holatini nazorat qilish davlat bosh inspeksiyasi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y 50-son, 559-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Qishlok va suv xoʻjaligi vazirining 2013-yil 2-apreldagi 58-sonli boʻyrugʻi bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan (roʻyxat rakami 2452, 25.04.2013-y ), (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun xujjatlari toʻplami 2013-y, 17-son 229-modda) tumanda 2019-yilda qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina-traktor parklari, ustaxona va servis punktlarining, asbob-uskunalarini har yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining 2018-yil 26-noyabrdagi 14/9618-772-sonli xatiga xamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasiga asosan, qaror qilaman:
1. Tumanda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, va meliorativ texnikani, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikani, shuningdek mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini hisobga olish va ularni texnik holatini yillik koʻrikdan oʻtkazish jadvali 1-ilovaga, texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Inspeksiyanig Xovos tuman boʻlimi katta ispektori F. Shodmonovga:
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha rusumdagi qishlok xoʻjaligi va meliorativ yoʻl qurilish texnika vositalari, mashina asbob-uskunalari yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi jadvalni yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazish;
mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha rusumli qishloq xoʻjalik va meliorativ yoʻl-qurilish texnika vositalari yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish maydonchalariga yigʻish;
texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarni dalolatnomalar asosida ishlashga ruxsat berishini tashkil qilish vazifasi topshirilsin.
3. Barcha korxona, tashkilot, mashina traktor parki ochik aksiyadorlik jamiyatlari, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari raxbarlariga:
hisobida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ, yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina va asbob-uskunalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tayyorlab, belgilangan maydonchalarga yigʻish va texnik koʻrikka taalluqli toʻlovlarni toʻlanishini taʼminlash topshirilsin.
4. Tuman xokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari I. Maxmudov Xovos tumanidagi korxona, tashkilot, mashina traktor parki aksiyadorlik jamiyati, muqobil mashina traktor parklari, fermer xoʻjaliklari va fuqarolarda mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi va meliorativ yoʻl-qurilish texnikalarini, mashina va asbob-uskunalarni xisobga olish va ularni texnik xolatini yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan yigʻimlarni toʻlashga amaldagi tartiblarga asosan amaliy yordam berish vazifasi topshirilsin.
5. Mazkur qaror qabul qilinganligi munosabati bilan tuman hokimining 2018-yil 12-fevraldagi № 303-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb xisoblansin.
6. Qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari I. Maxmudov, qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari O. Turdiyevlar zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim R. BOBOYEV
Xovos t.,
2019-yil 28-yanvar,
177-son
Tuman hokimining 2019-yil 28-yanvardagi 177-sonli qaroriga 1-ILOVA
Texnikaning nomi va rusumi Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi Yer tekislagichlar, chopiq traktorlar, kultivatorlar, chigit seyalkalari, tishli boronalar, chizellar, pushta olgichlar va mineral oʻgʻit sepgichlar 2019-yil 1-chorak Xovos tumani MTP 2019-yil yanvar va fevral oylari davomida Gʻalla oʻrish kombaynlari, zichlab bogʻlagichlar, oʻqarik olgichlar, matigalar. 2019-yil 2-chorak Xovos tumani MTP 2019-yil 15 — 30-may oyi davomida Don ekish syelkalari, oʻt oʻrgichlarlar, yem-xashak, makka oʻrish va boshqa kombaynlar, gʻoʻza chilpigichlar, transport traktorlari, yuklagichlar, transport tirkamalari, purkagichlar, haydov traktorlari, omochlar, paxta terish mashinalari 2019-yil 3-chorak Xovos tumani MTP 2019-yil 1 — 30-iyul oyi davomida Buldozer va ekskovatorlar, skrepyerlar, yoʻl qurilish mashinalari, mineral oʻgʻit sepgichlar 2019-yil 4-chorak Xovos tumani MTP 2019-yil 1 — 30-noyabr oyi davomida
Tuman hokimining 2019-yil 28-yanvardagi 177-sonli qaroriga 2-ILOVA
Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnika, mashina traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish komissiyasi tarkibi
1. F. Shodmonov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Xovos tuman boʻlimi katta inspektori, komissiya raisi 2. R. Nasriddinov tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi 3. R. Umurzokov tuman “Agroservis” MTP AJ raisi 4. X. Sultonov tuman “Agrotexservis” MChJ raisi 5. P. Jinyaboyev tuman IIB YXXG boshligʻi
