“Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2813-1-son)
22.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2813-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi 291-son “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2016-yil 26-maydagi 5 va 15/kk-son “Muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan chaqiriluvchilar tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2813, 2016-yil 20-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 29-son, 355-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Mudofaa vaziri B. KURBANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-aprel,
15-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-aprel,
01/QQ-son
