14-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkatlarining) yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (681-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladilar”.
VII. 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 14-moddasining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar”.
VIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda):
1) 51-moddasining birinchi qismidan “jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish (119-moddaning toʻrtinchi qismi)”, “urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda)”, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish (158-moddaning birinchi qismi), josuslik (160-moddaning birinchi qismi)”, “kontrabanda (246-moddaning ikkinchi qismi)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 119-modda toʻrtinchi qismining, 152-moddaning, 158-modda birinchi qismining, 160-modda birinchi qismining hamda 246-modda ikkinchi qismining sanksiya qismlaridan “yoki oʻlim jazosi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 176-moddaning:
sarlavhasi “Qalbaki pul” degan soʻzlardan soʻng “aksiz markasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
birinchi qismi “metall tangalar” degan soʻzlardan soʻng “aksiz markalar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
4) 285-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
