2019-2021-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida (PQ-4295-son)
19.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Mamlakatimizda sogʻliqni saqlashni isloh qilish boʻyicha davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida aholiga endokrinologiya yordamini koʻrsatishning yaxlit, vertikal integratsiyalashgan tizimi yaratildi. Endokrinologiya muassasalarini yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlash va endokrin kasalliklarni profilaktika, diagnostika qilish hamda davolashning zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, endokrinologiya xizmatini yanada rivojlantirish epidemiologik vaziyatni baholash hamda qandli diabet va yod tanqisligi holati yuzaga kelishining oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilishni, shuningdek, endokrinologiya yoʻnalishlarini bolalar endokrinologiyasining talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlari bilan birgalikda qayta koʻrib chiqishni talab etmoqda.
Ixtisoslashgan samarali va zamonaviy endokrinologiya yordami tizimini shakllantirish, qandli diabet va boshqa endokrin kasalliklar profilaktikasi va ularni barvaqt aniqlash choralarini yanada takomillashtirish, aholiga ixtisoslashgan yuqori malakali endokrinologiya yordamini koʻrsatish sifati va imkoniyatlarini oshirish maqsadida:
1. 2019 — 2021-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʻrsatishni takomillashtirish milliy dasturi (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar Milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
endokrin kasalliklarning oldini olish, ularni barvaqt aniqlash va aholini profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish boʻyicha vaziyatni tubdan yaxshilash;
qandli diabetga chalingan bemorlarning onlayn-registrini yaratish, bemorlarni davolash amaliyotiga qandli diabetning surunkali asoratlari yuzaga kelishi va rivojlanishini kamaytirishga qaratilgan klinik yondashuvlarni joriy qilish, shuningdek, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash;
viloyatlar endokrinologiya dispanserlari va filiallarida endokrin xirurgiya, diabetik toʻpiq, diabetik nefropatiya va reanimatsiya boʻlimlarini tashkil qilish orqali koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar turlarini kengaytirish;
“qandli diabet” tashxisi qoʻyilgan bolalar, oʻsmirlar va homilador ayollarni analogli insulin hamda insulin yuborish uchun moslamalar va oʻzini oʻzi nazorat qilish vositalari bilan taʼminlash boʻyicha kompleks choralarni amalga oshirish;
hududiy oʻzini oʻzi nazorat qilish maktablari negizida professional instruktorlarni jalb qilgan holda endokrin kasalliklarga chalingan bemorlar va ularning oila aʼzolarini kasalliklarni toʻgʻri olib borish va nazorat qilishga oʻqitish;
endokrinologiya muassasalarining tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularning kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
endokrinologiya sohasidagi mahalliy ilmiy tadqiqotlar koʻlamini, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sogʻliqni saqlash amaliyotiga jahondagi ilgʻor tajribalar, ilmiy ishlanmalarni tatbiq qilish;
yangi endokrinologiya muassasalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy diagnostika va maxsus tibbiy uskunalar, vositalar va inventarlar bilan jihozlash (qoʻshimcha jihozlash) orqali endokrinologiya muassasalarini modernizatsiya qilish va ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi Milliy dasturda koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xalqaro hukumat moliyaviy tashkilotlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari) va grantlarini jalb qilish boʻyicha choralar koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining quyidagilarni muntazam ravishda amalga oshirishni koʻzda tutuvchi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
qandli diabetning I turi bilan kasallangan bolalar va oʻsmirlar uchun analogli insulinlar va oʻzini oʻzi nazorat qilish vositalarini (test-chiziqchalar) markazlashgan tarzda xarid qilish va barcha viloyat endokrinologiya dispanserlari orqali tarqatish;
kaliy yodid preparatlari bilan uzluksiz taʼminlash orqali aholining kasallikka chalinish xavfi yuqori boʻlgan guruhlari (bolalar, oʻsmirlar, homilador va emizikli ayollar) orasida yod tanqisligi kasalliklarini profilaktika qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetida ushbu bandni ijro etish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-avgustga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining shtatlar normativlarini qoʻshimcha endokrinolog, shu jumladan bolalar endokrinologi lavozimlarini kiritishni koʻzda tutgan holda qayta koʻrib chiqsin.
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, endokrinolog, shu jumladan bolalar endokrinologi lavozimlarini kiritish birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining mavjud shtat birliklari doirasida amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qarorning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, aholi oʻrtasida keng yoritilishini taʼminlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-aprel,
PQ-4295-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-apreldagi PQ-4295-son qaroriga ILOVA
2019 — 2021-yillarda respublika aholisiga endokrinologiya yordami koʻrsatishni takomillashtirish
MILLIY DASTURI
T/r Chora-tadbirlar nomlanishi Amalga oshirish shakli Amalga oshirish muddati Summa Moliyalashtirish manbalari Masʼul ijrochilar I. Endokrinologiya xizmati faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish 1. Sogʻliqni saqlashning birlamchi boʻgʻinidan uchinchi boʻgʻinigacha — respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi, statistika, moliya va boshqa hisobotlarni birlashtirib koʻrsatgan holda endokrin patologiyali bemorlarning elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish. Vazir buyrugʻi 2019 — 2021-yillar (tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq) 8455,0 mln soʻm. 500 mln soʻm. XMI mablagʻlari RIEIATM budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), RIEIATM (Alimov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) 2. Xalqaro tavsiyanomalarga muvofiq sogʻliqni saqlashning barcha bosqichlarida endokrin kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning yangi standartlarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. Vazir buyrugʻi 2019-yil 1-noyabrga qadar — RIEIATM budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov) 3. Endokrinologiya xizmati vabirlamchi tibbiyot hisobga olish hujjatlari boʻyicha statistik hisobotlarni yuritish qoidalariga rioya qilishni taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — — Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Davlat statistika qoʻmitasi (Begalov) II. Endokrin kasalliklarning oldini olish, erta diagnostika qilish va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish 4. Endokrin jarrohlikning ixtisoslashtirilgan boʻlimlari, diabetik toʻpiq, nefropatiya, operatsion blok, laboratoriya va reanimatsiya boʻlimlarini tashkil etish orqali viloyat endokrinologiya dispanserlarida tibbiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish. Investitsiya dasturi 2019 — 2021-yillar — Investitsiya dasturlari doirasida, ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov) 5. Viloyat endokrinologiya dispanserlarida pullik tibbiy xizmatlarni koʻrsatish amaliyotini joriy etish (Samarqand va Surxondaryo viloyatlari endokrinologiya dispanserlari misolida) Tashkiliy chora-tadbirlar 2019-yil 1-iyulga qadar — — Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), RIEIATM (Alimov) 6. Kaliy yodid dori vositalari bilan muntazam va uzluksiz taʼminlash orqali yod tanqisligi kasalliklari rivojlanishi boʻyicha yuqori xavfga ega guruhlar (bolalar, oʻsmirlar, emizikli va homilador ayollar) miqyosida profilaktika qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar Har yili 16,5 mlrd soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 7. Birlamchi tibbiyot-sanitariya yordam koʻrsatish muassasalarida qandli diabetni diagnostika qilishning samarali va iqtisodiy foydali usullarini ishlab chiqish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2019-yil 1-avgustga qadar — — Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), RIEIATM (Alimov) 8. Qalqonsimon bez kasalliklarini erta aniqlash maqsadida qalqonsimon va qalqonsimon oldi bezlari gormonlarini immunoferment aniqlash uchun reaktivlar bilan taʼminlash. Tashkiliy chora-tadbirlar Har yili 5,4 mlrd soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 9. Viloyat endokrinologiya dispanserlari orqali markazlashtirilgan tarzda: qandli diabetning 1 turi bilan kasallanganbolalar va oʻsmirlar uchun muntazam ravishda analogli insulin; qandli diabetning 1 turi bilan kasallanganbolalar va oʻsmirlar uchun oʻzini oʻzi nazorat qilish vositalarini (test-chiziqchalarini) xarid qilishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-2021-yillar 17,1 mlrd soʻm 7,5 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Moliya vazirligi (Ashrafxonov) 10. Aholi oʻrtasida qandli diabetni erta aniqlash va monitoring qilish maqsadida glikirlangan gemoglobinni aniqlash uchun reaktivlar taʼminotini yoʻlga qoʻyish. Tashkiliy chora-tadbirlar Har yili 8,0 mlrd soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 11. Tarqatma materiallar va koʻrgazma qurollari bilan taʼminlagan holda barcha endokrin dispanserlarda oʻzini oʻzi nazorat qilish maktablari ishini muntazam monitoring qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — RIEIATMning budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), RIEIATM (Alimov) 12. Qandli diabetning insulinga muhtoj boʻlgan I turi va II turi bilan kasallangan bemorlar uchun viloyat endokrinologiya dispanserlari orqali odam insulinini markazlashtirilgan tarzda xarid qilish va taqsimlashni nazarda tutadigan chora-tadbirlarni amalga oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2020-2021-yillar 24,5 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Moliya vazirligi (Ashrafxonov) III. Endokrinologik xizmatning yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligini yaxshilash, endokrinologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish 13. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan qatlamini yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamdan foydalanishini kengaytirish maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi oʻrinlarda — RIEIATM) yetakchi mutaxassislarining sayyor maslahatlarinibarcha hududlarda muntazam ravishda tashkil etish. Vazir buyrugʻi Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq 200 mln soʻm RIEIATM budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), RIEIATM (Alimov) 14. Oliy tibbiyot taʼlim muassasalari va RIEIATMning yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda endokrinologik kasalliklarni diagnostika qilish va davolashning yangi usullarini joriy etish boʻyicha viloyat, shahar va tuman darajasidagi tibbiyot muassasalarining shifokorlari uchun mahorat darslarini tashkil etish. Tashkiliy chora-tadbirlar Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq 100 mln soʻm RIEIATM budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), RIEIATM (Alimov) 15. RIEIATMning Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda tashkil etiladigan ixtisoslashgan kurslarida tor ixtisoslik mutaxassislarini (bolalar endokrinologiyasi, endokrin jarrohlik, diabetik toʻpiq, anesteziologiya va reanimatologiya, yurak diabeti, diabetik nefropatiya va neyroendokrinologiya) tayyorlash boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Vazir buyrugʻi 2019-yil — Taʼlim oluvchilar mablagʻlari, RIEIATM va ToshVMOIning budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), ToshVMOI (Akilov) 16. Mutaxassis-endokrinologlarning xorijdagi ixtisoslashtirilgan yetakchi klinikalar va markazlarda malaka oshirish kurslarini oʻtashini muntazam ravishda (bir yilda bir marta) tashkil etish: RIEIATM mutaxassislari — 10 nafar; viloyat endokrinologiya dispanserlari mutaxassislari — 15 nafar. Vazir buyrugʻi Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Hisob-kitoblarga muvofiq RIEIATM budjetdan tashqari mablagʻlari, XMI grantlari, Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov) 17. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida kadrlarni endokrinologiya yoʻnalishi boʻyicha tanlov asosida xorijiy taʼlim va ilmiy muassasalarining magistratura va doktorantura bosqichida tayyorlashni tashkil etish. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat Har yili Hisob-kitoblarga muvofiq “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (Bekmuradov) 18. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichining “Endokrinologiya” fanida qandli diabetni oʻrganish uchun ajratilgan oʻquv soatlarini koʻpaytirish, magistratura va klinik ordinaturada diabetologiyani mustaqil fan sifatida oʻrganish uchun qoʻshimcha soatlar kiritish. Tashkiliy chora-tadbirlar Har yili — — Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov) 19. Xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish va mahorat darslari hamda yuqori texnologiyalijarrohlik amaliyotini oʻtkazish maqsadida xorijdan yetakchi mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan tajriba almashish. Reja-jadval Har yili Hisob-kitoblarga muvofiq RIEIATM budjetdan tashqari mablagʻlari, XMI grantlari, Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratiladigan maqsadli budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov) 20. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan birgalikda sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻini muassasalari uchun (60 nafar miqdorida) endokrinologiya ixtisosligi boʻyicha ixtisoslashtirilgan kurslar oʻtkazilishini tashkil etish. Vazir buyrugʻi Har yili Hisob-kitoblarga muvofiq Taʼlim oluvchilar mablagʻlari, RIEIATM va ToshVMOI budjetdan tashqari mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov) 21. Endokrinologiya sohasida xalqaro tavsiyalarga muvofiq asosiy endokrin kasalliklarni diagnostika qilish vadavolashda innovatsion usullarni joriy etishni nazarda tutuvchi profilaktika, diagnostika qilish va endokrin kasalliklarni davolashning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish. Tanlov natijalari boʻyicha ilmiy grantlar Har yili Hisob-kitoblarga muvofiq Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), manfaatdor vazirliklar va idoralar 22. Oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ixtisoslik va malaka oshirish dasturlarini quyidagi yoʻllar bilan takomillashtirish: oʻquv dasturlarida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha, qandli diabetning birlamchi profilaktikasi boʻyicha, shuningdek, tibbiy yordam koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha fanlar sonini koʻpaytirish; “Diabetik toʻpiq hamshirasi — podiatr” va “Oʻzini oʻzi nazorat qilish maktabi boʻyicha instruktor” yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta tibbiyot xodimlarini ixtisoslashtirish va sertifikatlashtirish dasturlarini ishlab chiqish. Vazir buyrugʻi 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab — — Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi (Izamov) IV. Aholi oʻrtasida endokrinologik salomatlikni muhofaza qilish sohasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etish 23. Sogʻlom ovqatlanish, jismoniy faollikning zarurligi, sogʻlom turmush tarzini yuritish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish va ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda (messenjerlarda) tarqatish. Mazkur masalalar boʻyicha bannerlar, plakatlar, bukletlar va boshqa axborot-taʼlim materiallarini ishlab chiqish va tarqatish. Axborot-taʼlim material-lari Doimiy — — MTRK (Xodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadiqov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 24. Tegishli mutaxassislar hamda sogʻlom turmush tarzini yurituvchi taniqli sanʼat vakillari, sportchilar ishtirokida telekoʻrsatuvlar tayyorlash. Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — — MTRK (Xodjayev), Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiyev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (Kuranbayev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 25. Nodavlat notijorat tashkilotlarni (ularning roziligi bilan) qandli diabet va yod tanqisligi holatlariga qarshi kurashish, shu jumladan yuqori xavf va zaif kishilar guruhidagi bemorlarga ruhiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tadbirlarini amalga oshirishga jalb qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — — Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Adliya vazirligi (Davletov), Oʻzbekiston NNT assotsiatsiyasi (Nasriyev) 26. Qandli diabet va yod tanqisligi holatlarini birlamchi profilaktika qilish (sogʻlom turmush tarzini, qandli diabetning rivojlanish xavfi omillarini targʻib qilish) masalalari boʻyicha aholining xabardorligini oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar Doimiy — — MTRK (Xodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), “Mahalla” jamgʻarmasi (Javlonov), Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi (Nurmatova), vazirlik va idoralar V. Endokrinologiya xizmati muassasalarining modiy-texnik bazasini mustahkamlash 27. Ixtisoslashgan endokrinologiya muassasalarini (Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari endokrinologiya dispanserlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi endokrinologiya dispanseri, va Toshkent shahar endokrinologiya dispanseri, RIEIATM) zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2022-2023 yillar 7843,6 ming AQSH dollari XMI, donor davlatlar kreditlari va grantlari Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shodmonov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (Xodjayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov)
2019 — 2021-yillarga moʻljallangan Milliy dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 197,8 mlrd soʻm va 7,84 mln AQSH dollari. shundan: mlrd soʻmda mln AQSH dollarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari 187,9 shu jumladan: mahalliy budjet mablagʻlari 89,7 ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari 1,4 XMI, xalqaro donor davlatlar kreditlari va grantlari 8,455 7,84
