Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (326-son)
17.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-oktabrdagi PQ-3982-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-aprel,
326-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 326-son qaroriga 1-ILOVA
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini taklif qilishni rasmiylashtirish va koʻp martalik vizalarni berish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vatandoshlar — kelib chiqishi Oʻzbekiston Respublikasidan boʻlgan, xorijga chiqqan va xorijiy davlat fuqaroligini yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomini olgan, tarixiy Vataniga maʼnaviy va madaniy nuqtai nazardan mansublikni his qilgan hamda etnik va til nuqtai nazaridan oʻzini oʻzbeklar yoki qoraqalpoqlar sifatida identifikatsiya qilgan hamda Oʻzbekiston bilan har tomonlama aloqa qilish istagida boʻlgan xorijda istiqomat qilayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
vatandoshning oila aʼzolari — vatandoshning turmush oʻrtogʻi, uning ota-onasi va farzandlari (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar);
taklif qiluvchi — Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, unga nisbatan turmush oʻrtogʻi, toʻgʻri shajara boʻyicha birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali va yon shajara boʻyicha qarindoshlar-vatandoshlarga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
VTD turdagi kirish vizasi — Oʻzbekiston Respublikasida doimiy istiqomat qiluvchi va uning fuqarolari boʻlgan qarindoshlari tomonidan berilgan taklifnoma asosida keladigan, amal qilishi mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga cheklanmagan marta tashrif buyuradigan vatandoshlar va ularning oila aʼzolari uchun 2 yil muddatga beriladigan viza toifasi;
MvaFR boʻlinmalari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, shahar (tuman) ichki ishlar boʻlimlari ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmalarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari.
2-bob. Vatandoshlarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish tartibi
3. Vatandoshlarni Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilish uchun taklif qiluvchi doimiy istiqomat qiladigan joyidagi MvaFR boʻlinmasiga murojaat qilishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq belgilangan namunadagi 2 nusxada ariza-anketa;
taklif qiluvchining pasporti (nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
taklif qiluvchining vatandosh bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi va tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar, nusxasi olinib, asli qaytarib beriladi);
agar vatandosh Oʻzbekiston Respublikasiga oila aʼzolari bilan birgalikda kelish niyatida boʻlsa, ularning har birining shaxsini va qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarining nusxalari;
davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
4. MvaFR boʻlinmasi uch ish kuni mobaynida ariza-anketani va taqdim etilgan boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, vatandoshning taklif qiluvchiga qarindoshlik darajasini oʻrganib chiqadi hamda vatandoshlar va taklif qiluvchining shaxsini ichki ishlar organlaridagi mavjud maʼlumotlar bazasi boʻyicha tekshiradi.
5. Ariza-anketa oʻrganib chiqilgach, agar vatandoshning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishiga ichki ishlar organlarida toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar aniqlanmasa, ariza-anketaning bir nusxasini kelishish uchun vakolatli organga yuboriladi.
6. Vakolatli organ bilan kelishilganidan va ijobiy qaror qabul qilinganidan soʻng ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklidagi taklifnoma toʻldirilib MvaFRB boʻlinmasi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi, gerbli muhr bilan tasdiqlanadi va bevosita taklif qiluvchiga yoki uning ishonchli vakiliga beriladi.
Vatandoshlarni taklif qilish haqidagi hujjatlarni koʻrib chiqish muddati oʻn besh ish kunidan oshmasligi lozim.
7. Taklifnoma berilgan kundan boshlab uch oy davomida amal qiladi. Taklif qiluvchi ushbu muddat mobaynida taklifnomani Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taqdim etadi.
3-bob. Vatandoshlarga Oʻzbekiston Respublikasiga koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish tartibi
8. Vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasiga koʻp martalik kirish vizalari Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud boʻlmagan taqdirda esa — xalqaro maqomga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlaridagi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan beriladi.
9. Vatandoshlarga koʻp martalik kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun taklif etuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilib quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda viza talabi;
e-visa.mfa.uz sayti orqali olingan elektron anketa;
MvaFR boʻlinmasi tomonidan berilgan taklifnoma;
taklif qilinuvchi vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harakatlanish hujjati va boshqalar) nusxasi;
kirish vizalari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida olinishi moʻljallangan holatlarda — aviachipta yoki bron nusxalari;
davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya.
10. Taqdim etilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan koʻrib chiqish muddati besh ish kunidan oshmasligi kerak.
11. Murojaat ijobiy hal etilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amal qilish muddati ikki yil boʻlgan koʻp martalik “VTD” turdagi kirish vizasi rasmiylashtiriladi.
Bunda vizaning amal qilish muddati taklif qilinayotgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddatidan oshmasligi lozim.
4-bob. Vatandoshlarni ichki ishlar organlarida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
12. Vatandoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va barcha masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda boʻlishlari va tranzit oʻtishlari tartibi toʻgʻrisida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son, “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarorlari bilan tartibga solinadi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlib turgan vatandoshlar oʻz xohishlariga koʻra mehmonxona, davolash muassasalari, sanatoriy va dam olish uylarida (keyingi oʻrinlarda joylashtirish muassasalari deb ataladi) hisobdan oʻtgan holda vaqtincha boʻlishlari yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtib hududiy ichki ishlar organlarida hisobda turib xususiy uy-joylarda yashashlari mumkin.
14. Xususiy uy-joyda yashash istagini bildirgan vatandoshlarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun taklif qiluvchi oʻzi yashab turgan joydagi MvaFR boʻlinmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq belgilangan shaklda ariza;
vatandoshning shaxsini tasdiqlovchi hujjat, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizasi (Oʻzbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejimi oʻrnatilgan MDHga aʼzo davlatlar bundan mustasno);
vizasiz rejimi oʻrnatilgan MDHga aʼzo davlatlardan kelgan vatandoshlarning taklif qiluvchi bilan qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlar (nikoh tuzilganligi, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi hujjatlar nusxasi olinib asli qaytarib beriladi);
uy-joy mulkdori (mulkdorlari)ning vaqtincha turar joy maydoni berishga roziligi toʻgʻrisidagi arizasi yoxud notarial tasdiqlangan arizasi — agar shaxsan oʻzi berish imkoni mavjud boʻlmasa;
davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiya.
15. MvaFR boʻlinmasi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun topshirilgan vatandoshlarning hujjatlari haqiqiyligini, oʻz vaqtida topshirilganligini, arizadagi biografik va viza maʼlumotlarining toʻgʻri yozilganligini tekshirishi lozim.
16. Barcha tekshirishlar tugaganidan soʻng ikki ish kunida MvaFR boʻlinmasi ikki yil muddatga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtiradi.
Bunda turgan joyi boʻyicha roʻyxat muddati shaxsini tasdiqlovchi hujjat va viza muddatidan ortiq boʻlmasligi lozim.
5-bob. Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashovchi vatandoshlarning huquq va majburiyatlari
17. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga rioya etishlari shart.
18. Vatandoshlar yashash manzillarini oʻzgartirsalar, uch ish kunidan kechikmay turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan joy boʻyicha hududiy MvaFR boʻlinmasiga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtganlikni oʻzgartirish uchun murojaat qilishi lozim (mehmonxona, sanatoriy va davolanish muassasalariga koʻchib oʻtish bundan mustasno).
19. Muayyan manzilda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi asosida yashayotgan vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manzilida uch kundan ortiq boʻlish istagini bildirsalar, amaldagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi bekor qilinmasdan, boshqa manzilga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda yangi manzildagi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi avvalgi turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi muddatidan oshmasligi lozim.
20. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasida bundan buyon qolishga qonuniy asoslari boʻlmasa, viza va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish muddatlari tugaguncha mamlakat hududidan chiqib ketishlari lozim.
21. Vatandoshlar qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari, taʼlim olishlari, yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish bilan yashash guvohnomasi olishlari mumkin.
22. Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun tegishli ruxsatnoma olish masalasida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat qilishlari kerak.
23. Vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish orqali rasmiylashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarorlari bilan tartibga solinadi.
24. Vatandoshlarning “VTD” turdagi vizalari mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnoma yoki taʼlim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma muddatiga uzaytirilganda viza turi oʻzgarmaydi.
25. Agar vatandosh shaxsini tasdiqlovchi hujjatni turli sabablarga koʻra almashtirsa, amal qilish muddati tugamagan eski hujjatdagi viza va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish MvaFR boʻlinmasi tomonidan belgilangan tartibda yangisiga oʻtkazib berilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Vatandoshlarning kirish vizasi va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgani quyidagi hollarda bekor qilinadi:
sodir etgan maʼmuriy huquqbuzarligi yoki jinoyati uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilayotganda;
taklifnoma, vizani rasmiylashtirish hamda turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida yolgʻon maʼlumot yoki qalbaki hujjat taqdim etilganda;
yashash guvohnomasi rasmiylashtirilganda va Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganda;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganda.
27. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishi ustidan nazorat hududiy ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
28. Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan hamda boshqa qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan vatandoshlar haqida joylashtirish muassasalari maʼmuriyatlari, uy-joy mulkdorlari zudlik bilan hududiy ichki ishlar organlarini xabardor qilishi shart.
29. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Ijro muddatlari 1-bosqich Taklif etuvchi Vatandoshlarni taklif etish uchun ariza-anketa toʻldiradi va tegishli hujjatlar bilan doimiy yashash joyidagi MvaFR boʻlinmasiga murojaat qiladi. Zaruratga koʻra 2-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIB MvaFR tizimlari Vatandoshlarni taklif qilayotgan shaxslardan ariza-anketani va boshqa hujjatlarni qabul qiladi.Taklif qiluvchi shaxslar va vatandoshlarning qarindoshlik darajasini oʻrganib chiqadi xamda vatandoshlar va taklif qiluvchining shaxsini IIOdagi mavjud maʼlumotlar bazasi boʻyicha taqqoslaydi.Ariza-anketa oʻrganib chiqilgach, agar vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishiga IIOda toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar aniqlanmasa, ariza-anketaning bir nusxasini kelishish uchun vakolatli organga yuboradi. Uch ish kuni mobaynida 3-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar DXXB Vakolatli organ ariza-anketani koʻrib chiqadi va vatandoshning Oʻzbekiston Respublikasiga kirishi uchun taklifnomani rasmiylashtirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida oʻz fikrini bildiradi. Oʻn ikki ish kuni mobaynida 4-bosqich QoraQalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBB MvaFR tizimlari Vakolatli organ bilan kelishilganidan va ijobiy qaror qabul qilinganidan soʻng taklifnomani rasmiylashtiradi va bevosita taklif qiluvchiga yoki uning ishonchli vakiliga topshiradi. Bir ish kuni mobaynida 5-bosqich Taklif qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi TIVning Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Taklifnomada koʻrsatilgan muddatlarda 6-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi TIVning Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasiga vatandoshlarni taklif qilayotgan shaxsdan belgilangan namunadagi viza buyurtmasi va boshqa hujjatlarni qabul qiladi. Taklifnomada koʻrsatilgan muddatlarda taklif qiluvchining murojaatiga koʻra 7-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi TIVning Konsullik-huquqiy departamenti Viza buyurtmasi oʻrganib chiqilganidan soʻng, agar vatandoshlarning Oʻzbekiston Respublikasiga kirib kelishiga toʻsqinlik qiluvchi maʼlumotlar aniqlanmasa, “VTD” kirish viza turini rasmiylashtirish va berish uchun chet eldagi konsullik muassasasiga tasdiqnoma (teleks) yuboradi. Besh kun mobaynida 8-bosqich Taklif qiluvchi Vatandoshlar Oʻzbekiston Respublikasiga kelganidan soʻng turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtirish uchun yashash joyidagi MvaFR boʻlinmasiga murojaat qiladi. Uch ish kuni mobaynida 9-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, viloyatlar IIB va Toshkent shahar IIBB MvaFR tizimlari Taklif qiluvchidan vatandoshlarni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza va boshqa hujjatlarni qabul qiladi.Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan vatandoshlarning hujjatlari haqiqiyligini va ularni taqdim etish muddatlariga rioya etilishini tekshiradi.Barcha tekshirishlar tugaganidan soʻng vatandoshga ikki yil muddatga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish rasmiylashtiriladi. Ikki ish kuni mobaynida
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
______________________________________ (MvaFRning hududiy boʻlinmasi koʻrsatilsin)______________________________________boshligʻigavatandoshlarni taklif qilish toʻgʻrisida ARIZA — ANKETA ________________________________________________________________________________________________ (taklif qiluvchining familiyasi, ismi, otasining ismi)1. Tugʻilgan yili___________________________________________________________________________________2. Tugʻilgan joyi___________________________________________________________________________________3. Millati _______________________________________________________________________________________4. Ish joyi va lavozimi _____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________5. Yashash manzili __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________6. Telefonlar (mobil) __________________________________ (uy) _______________________________________7. Mening vatandoshim______________________________________________________________________________(vatandoshning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili)________________________________________________________________________________________________ qarindoshlik darajasi, fuqaroligi, yashash davlatdan. Agar taklif etilayotgan vatandosh avval Oʻzbekiston________________________________________________________________________________________________ Respublikasiga kelgan boʻlsa, u holda uning Oʻzbekiston Respublikasiga qachon, qayerdan va qanday maqsadda________________________________________________________________________________________________ hamda qancha muddatga kelganligi koʻrsatilsin)________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ Oʻzbekiston Respublikasiga kelishiga ruxsat berishingizni soʻrayman.8. U bilan birga 16 yoshga toʻlmagan quyidagi farzandlari keladi:(ushbu band ota yoki onaning biriga rasmiylashtiriladi)1. _______________________________________________________________________________________________(familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili koʻrsatilsin)2. _______________________________________________________________________________________________ 3. _______________________________________________________________________________________________ 4. _______________________________________________________________________________________________9. Vatandosh(lar)ning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan vaqtida uy-joy va moddiy taʼminlash majburiyatini olaman. 10. Menga men tomonidan taklif etilayotgan vatandosh(lar)ni dam olish va bayram kunlaridan tashqari uch sutka ichida turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish uchun IIOga murojaat qilishim lozimligi tushuntirildi. 11. Men tomonimdan avval Oʻzbekiston Respublikasiga taklif etilgan vatandosh(lar):Familiyasi, ismi, otasining ismiQarindoshlik darajasi, fuqaroligiTugʻilgan yili va joyi Qaysi mamlakatdan kelgan, ish joyi, lavozimi va yashash manziliTaklif etiluvchi oxirgi marta Oʻzbekistonda qachon va qayerda boʻlgan. Kelishdan maqsad 12. Mening mehnat faoliyatim, shu jumladan, oʻqish va harbiy xizmat. (Ushbu bandni toʻldirishda korxona, tashkilot va muassasada ishlangan vaqtda qanday nomlangan boʻlsa, oʻsha nom bilan, harbiy xizmatni oʻtash davri harbiy guvohnomadagi yozuvlarga muvofiq, lavozimni koʻrsatgan holda toʻldirilishi lozim)Yil va oyIsh joyi va lavozimi Korxona, tashkilot va muassasa joylashgan manzil Kelish Ketish 13. Men xorijiy fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari buzilganligi uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirildim. 14. Arizaga_______________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ni ilova qilaman.Imzo ______________Anketadagi maʼlumotlarni ______________seriya, ________________________ raqamli pasport bilan solishtirdim va arizani qabul qildim _________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (arizani qabul qilgan xodimning lavozimi, unvoni va imzosi)20___ yil “____” _____________
Izoh. Ariza-anketa taklif qiluvchi tomonidan aniq va toʻliq toʻldirilishi shart.
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (ariza Konsullik-huquqiy departament yoki uning hududiy boʻlinmalari rahbari nomiga yoziladi) _______________________________________________ _______________________________________________ _______________________________________________ _______________________________________________ (taklif qiluvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroligi, yashash joyi boʻyicha manzili va telefon raqami)VIZANI RASMIYLASHTIRISH UCHUN ARIZA Quyidagi shaxsga viza rasmiylashtirishda yordam berishingizni soʻrayman:1.Vatandoshning familiyasi, ismi, otasining ismi, uning avvalgi familiyasi, ismi, otasining ismi (pasporti asosida va lotin bosma harflari bilan)2.Fuqaroligi (avvalgi fuqaroligi)3.Tugʻilgan vaqti (yil, kun, oy) va joyi (shahar va mamlakat) 4.Jinsi 5.Pasport turi, raqami, berilgan sanasi va amal qilish muddati6.Ish (oʻqish) joyi (tashkilotning toʻliq nomi va lavozimi)7.Oʻzbekistonga safar maqsadi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlari tomonidan berilgan taklifnoma raqami8.Qarindoshlik aloqalari9.Oʻzbekiston Respublikasida turgan vaqtda yashaydigan manzili10.Oʻzbekistonda yashash muddati____________dan ___________gacha ________marta ________kun (har bir kirishda)11.Viza olish joyi (davlat / shahar)Oʻzbekiston Respublikasining______________________ dagi Elchixonasi/Konsulxonasi 12.Vatandoshni turar joy bilan taʼminlash va oʻz vaqtida ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlarida roʻyxatdan oʻtkazish majburiyati
Izoh. Taklif qiluvchi shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yoki hududiy boʻlinmalariga va taklif qilinayotgan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatdagi konsullik muassasasiga yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi vatandoshga viza rasmiylashtirishni toʻxtatishga yoki uni bekor qilishga olib keladi.
Sana _________________________ Imzo _____________________ F.I.O. _____________________________
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish, koʻp martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
______________________________________ MvaFRning hududiy boʻlinmasi koʻrsatilsin ______________________________________boshligʻigaARIZA Meni ___________________________________________________ muddatga quyidagi manzilga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishga soʻrayman: ________________________________________________________________________________________________(turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilayotgan manzil koʻrsatiladi)________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ Vatandoshim _____________________________________________________________________________________ (qarindoshlik darajasi F.I.O.)__________________________________________________________________________ taklifi boʻyicha kelganmanOʻzim haqimda quyidagilarni maʼlum qilaman:1. F.I.O. ________________________________________________________________________________________ (vatandoshning F.I.O. kirill alifbosida koʻrsatiladi) ________________________________________________________________________________________________ (vatandoshning F.I.O. pasport boʻyicha koʻrsatiladi)2. Fuqaroligi _______________________________________________ 3. Jinsi _____________________________ 4. Tugʻilgan sanasi __________________________ 5. Tugʻilgan joyi ________________________________________ 6. Farzandlari ____________________________________________________________________________________(16 yoshgacha boʻlgan farzandlarning F.I.O. va tugʻilgan yili)________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________7. Kelishdan maqsadim______________________________________________________________________________ 8. Pasport (harakatlanish hujjati) ___________________________________________________________________ (seriya, raqami va amal qilish muddati)9. Kelgan kuni, viza raqami, kim tomonidan va qachon berilgan, amal qilish muddati:________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________10. Telefon (mobil) _______________________________________________________________________________ Boʻlish davrimda qonunchilik talablariga rioya qilish majburiyatini oʻz zimmamga olaman.Sana__________________________________Imzo_______________________________________________________________________ MvaFRning hududiy boʻlinmasi koʻrsatilsinboshligʻiga ______________________________________ ______________________________________ ______________________________________ ______________________manzilida yashovchi fuqaro________________________________ ___________________________________dan Tel.__________________________________ ARIZA Sizdan Oʻzbekiston Respublikaciga kelgan vatandoshim ___________________________________________________________________________________________________________________________________________________ (qarindoshlik darajasi)________________________________________________________________________________________________ (fuqaroligi, familiyasi, ismi, otasining ismi)______________________________________________________________________________________________ni __________________________________muddatga _______________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________(turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinayogan manzilning toʻliq nomi )__________________________________________________________ga turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman. Menga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi qoidalari tushuntirildi.Sana__________________________________Imzo_________________________________
