Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3003-2-son)
17.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019yil 17-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3003-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori (roʻyxat raqami 3003, 2018-yil 1-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 18-son, 372-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-mart,
6/6-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 30-martdagi 6/6-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-bandda:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar deb xisoblansin.
2. 6-bandning ikkinchi xatboshisidan “bank muhri bosilib” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 10-banddan “va naqd pullar zaxirasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 11-bandda:
birinchi xatboshidan “va naqd pullar zaxirasining minimal limitlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
5. 1-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
6. 4-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 1-ILOVA
Hisob-kitob maʼlumotnomasi
20__ yil uchun Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi Bank nomi ming soʻm Koʻrsatkich nomi Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan loyihalashtirildi Bank tomonidan oʻrnatildi* 20__ yil amalda 20__ yil uchun loyiha I. Kassa qoldigʻiga limit oʻrnatish tartibi 1. Oʻtgan yili bank kassasiga topshirilgan naqd pullar summasi Shu jumladan: 1.1. Oʻrtacha bir oyda topshirilgan summa (1./12 oyga) 1.2. Oʻrtacha bir kunda topshirilgan summa (1.1./ish kunlariga) 2. Oʻtgan yil davomida xoʻjalik yurituvchi subyekti kassasidan qilingan xarajatlar summasi Shu jumladan: 2.1. Oʻrtacha bir oylik xarajatlar summasi (2/12 oyga) 2.2. Oʻrtacha bir kunlik xarajatlar summasi (2.1./ish kunlariga) 3. Xoʻjalik yurituvchi subyekti kassasidagi naqd pullar qoldiq limiti II. Naqd pullarni topshirish tartibi va muddatlari 1. Naqd puldagi tushumlarni topshirish tartibi 2. Naqd puldagi tushumlarni topshirish muddatlari III. Naqd pulda toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar 1. Naqd pulda toʻlanadigan ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish sanasi Shu jumladan: 1.1. Avans 1.2. Oylik 1.3. Boshqalar
* banklar tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan kelishilgan holda kassaga naqd pullar qoldigʻi limiti, naqd pul tushumini topshirish tartibi, muddati va naqd pulda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni amalga oshirish sanasi qatori toʻldiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbari (imzo) F.I.O. Bosh (katta) buxgalter yoki uning majburiyatlarini bajaruvchi shaxs (imzo) F.I.O. Bank rahbari (imzo) F.I.O.”;
Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 4-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 10/19/3003-2/2955-son)
