Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1717-2-son)
15.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1717-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining 2007-yil 27-avgustdagi 11, 01-02/15-23, 31 va EG-01/10-4715-son qarori (roʻyxat raqami 1717, 2007-yil 20-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 37-38-son, 396-modda) bilan tasdiqlangan Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-mart,
2-QQ-son
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-mart,
01-02/15-1/18-son
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-mart,
4-son
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. UMURZAKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-mart,
01-25-2051-1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019-yil 27-martdagi 2-QQ, 01-02/15-18, 4, 01-25-2051-1-son qaroriga ILOVA
Davlat va bojxona tashqi savdo statistikasi maʼlumotlarini yigʻish va qayta ishlash uslubiyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-banddagi “15-sanasida esa” degan soʻzlar “har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 7 va 8-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
