Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini takomillashtirish va uning apparati tuzilmasidagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida (152-son)
27.04.1995
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” 1995-yil 5-yanvardagi Farmoni bilan Adliya vazirligi zimmasiga tadbirkorlar va xususiy mulk egalarining huquqlariga rioya etish yuzasidan qabul qilingan qonunlar va farmonlarning soʻzsiz bajarilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Iqtisodiy islohot boʻyicha qonunchilik va normativ hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertiza qilish boshqarmasi tarkibida Tadbirkorlar va xususiy mulk egalari huquqlariga rioya etish boʻyicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilish boʻlimi tashkil etilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan boʻlimning 3 ta shtat birligi (boʻlim boshligʻi va 2 nafar bosh konsultantlar) uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 27-aprel,
152-son
