Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1141-4-son)
08.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1141-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 22-apreldagi 10/4-son qarori (roʻyxat raqami 1141, 2002-yil 16-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 10-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy banki Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-mart,
5/22-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/22-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining jismoniy shaxslarga moʻljallangan obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 12 va 13-bandlarning “j” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. 16-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) agar obligatsiyada uning raqami, qiymati va sotilgan sanasining oʻzgartirilganligi yoki qalbakilashtirilganligi belgilari boʻlmasa;”.
3. 18-banddan “, bank-agent muhri bilan amalga oshirilgan qaydlarni tasdiqlaydi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 29-banddan “va bank-agentning muhri bilan tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
5. 37-banddan “va bank-agentning muhri bilan tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
