“Tashkil etiladigan ish oʻrinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2473-1-son)
08.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2473-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-martdagi PQ-4227-son “2019-yilda aholi bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha davlat buyurtmasi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qoʻmitasining 2013-yil 6-maydagi 28-q, 31, 4q-2013-son “Tashkil etiladigan ish oʻrinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2473, 2013-yil 27-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 26-son, 344-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
12-2019-q/q-son
Iqtisodiyot va sanoat vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
5-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
3-mb-son
