“Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (1908-6-son)
08.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1908-6]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
45-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 25-mart,
2019-21-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 25-martdagi 45 va 2019-21-son qaroriga ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2009-yil 9-fevraldagi 20, 2009-9-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1908, 2009-yil 24-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 9-son, 97-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 12-martdagi 19, 2010-9-son “Sementga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1908-1, 2010-yil 25-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 12-son, 90-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyuldagi 58, 2010-30-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1908-2, 2010-yil 20-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 249-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 4-martdagi 20, 2014-7-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1908-3, 2014-yil 6-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 119-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 20-iyuldagi 53, 2016-31-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1908-4, 2016-yil 28-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 30-son, 373-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2018-yil 28-fevraldagi 42, 2018-14-son “Sementga va klinkerga qoʻshimcha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va budjetga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1908-5, 2018-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 10-son, 185-modda).
