Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasiga oʻzgartirish kiritish haqida (2343-3-son)
03.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2343-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 29-fevraldagi 23-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2343. 2012-yil 17-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y.. 12-son, 135-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahatchilarining malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 2-ilovasidan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-mart,
39-son
