Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qayta nashr qilish boʻyicha komissiya toʻgʻrisida (1069-III-son)
30.08.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi unga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchaga toʻla muvofiq holda qayta nashr qilinishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qayta nashr qilish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Komissiya ikki haftalik muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini oʻzbek (kirill va lotin alifbosida), qoraqalpoq, rus, ingliz tillarida qayta nashr qilishga tayyorlasin.
3. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (L.X. Tangriyev) kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda Komissiya tomonidan tayyorlangan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi matni bir oylik muddatda qayta nashr qilinishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qayta nashr qilish va koʻp nusxada bosish Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-avgust,
1069-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-avgust,
KQ-231-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2017-yil 30-avgustda qabul qilingan 1069-III/KQ-231-III-sonli Qoʻshma qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qayta nashr qilish boʻyicha komissiya
Tarkibi
Komissiya raisi Artikova Svetlana Baymirzayevna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari Komissiya raisi oʻrinbosarlari: Matmuratov Batir Djoldasovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Abdusattorov Toʻlqin Sayfullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Komissiya aʼzolari: Mirbabayev Baxtiyor Shamsutdinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi Tangriyev Laziz Xushboqovich — Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Gulyamov Abror Axrorovich — “Jahon” axborot agentligi direktori Joʻrayev Nodir Savriddinovich — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Xamrayev Atadjan Karimovich — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Juqorgʻi Kengesi raisining oʻrinbosari Choʻlliyev Shuxrat Askarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Yuridik boʻlimining mudiri Shoxnazarov Toxir Tuxtamuradovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni Yuridik boʻlimining mudiri Miralimov Mirakmal Miraxmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni Jamoatchilik bilan aloqalar va tahrir boʻlimining mudiri Djurayeva Saida Abdukamilovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi devoni Matbuot va tahririyat boʻlimining mudiri.
