Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 500 (besh yuz) soʻmlik banknotlarning chiqarilishi toʻgʻrisida (93-II-son)
29.05.2000
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi kengashining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 500 (besh yuz) soʻmlik banknotlar chiqarish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqib hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 33-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan taqdim etilgan 500 (besh yuz) soʻmlik banknotlarning namunasi hamda dizayni maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 500 (besh yuz) soʻmlik banknotlarning muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek banknot tavsifini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 29-may,
93-II-son
