Oʻzbekiston Respublikasining ilk suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlardan samarali foydalanish toʻgʻrisida (PQ-4258-son)
02.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2019-yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ilk marotaba jahon moliya bozorlarida Oʻzbekiston Respublikasining umumiy hajmi 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi 5 va 10 yil muddatli suveren xalqaro obligatsiyalari (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalari deb yuritiladi) joylashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlardan samarali foydalanish, shu jumladan mamlakat va xalqimiz farovonligini yanada oshirishda strategik ahamiyatga ega boʻlgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bankining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni quyidagi yoʻnalish va maqsadlarga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
889,2 million AQSH dollarini auksion savdolari oʻtkazish orqali tijorat banklari depozitlariga 1-ilovadagi shartlarga muvofiq joylashtirish;
20 million AQSH dollarini “Agrobank” ATBga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2-ilovadagi shartlarga muvofiq subordinar qarz sifatida kredit liniyasini ochish;
89,9 million AQSH dollarini “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 3-ilovadagi shartlarga muvofiq xorijiy valyutada budjet ssudasi sifatida ajratish.
2. Tijorat banklarining subordinar qarz sifatida tan olinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarz majburiyatlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-iyuldagi PQ-3877-son “Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga asosan belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi”.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-aprel,
PQ-4258-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PQ-4258-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni auksion savdolari oʻtkazish orqali tijorat banklari depozitlariga joylashtirish
shartlari
mln. AQSH dollarida Depozit muddati Depozitga joylashtiriladigan mablagʻlarning maksimal miqdori Minimal yillik foiz stavkasi Foiz toʻlovlari muddati Depozitni qaytarish muddati 5 yillik depozit 459,6 5,25% har 6 oyda (10-fevral / 10-avgust) 10.02.2024-y. 10 yillik depozit 429,6 5,875% har 6 oyda (10-fevral / 10-avgust) 10.02.2029-y. Jami 889,2 - - -
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PQ-4258-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni “Agrobank” ATBga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan subordinar qarz sifatida kredit liniyasini ochish
shartlari
mln. AQSH dollarida 10 yillik kredit liniyasi kredit hajmi yillik foiz stavkasi foiz toʻlovlari muddati kreditni qaytarish muddati 20 5,875% har 6 oyda (10-fevral / 10-avgust) 10.02.2029-y.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PQ-4258-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan xorijiy valyutada budjet ssudasi ajratish
shartlari
mln. AQSH dollarida Jami ssuda hajmi 5 yillik ssuda 10 yillik ssuda hajmi yillik foiz stavkasi foiz toʻlovlari muddati qaytarish muddati hajmi yillik foiz stavkasi foiz toʻlovlari muddati qaytarish muddati 89,9 39,95 5,75% har 6 oyda (10-fevral/10-avgust) 10.02.2024-y. 49,95 6,375% har 6 oyda (10-fevral/10-avgust) 10.02.2029-y.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi PQ-4258-son qaroriga 4-ILOVA
Tijorat banklarining subordinar qarz sifatida tan olinadigan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oldidagi qarz
majburiyatlari
Tijorat banklari Shartnoma Summa sanasi raqami Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 22.05.2013-y. 03-07-13/2-13 17 271 mln. soʻm 07.04.2014-y. 03-05-14/3 67 660 mln. soʻm 21.04.2015-y. 03-05-15/3 39 369 mln. soʻm 09.03.2016-y. 03-05-16/3 136 693 mln. soʻm 13.07.2017-y. 03-05-17/3 31 368 mln. soʻm 25.12.2017-y. 03-05-17/21 67 320 mln. soʻm 05.04.2017-y. ABR-3471 26,58 mln. doll. 29.06.2016-y. IBRD 83930 31,62 mln. doll. 30.06.2018-y. IBRD 88240 56 mln. doll. “Oʻzbekiston sanoat-qurilish banki” aksiyadorlik tijorat banki 25.12.2017-y. 03-05-17/24 48 150 mln. soʻm 24.09.2018-y. 03-05-18/36 83 830 mln. soʻm 24.09.2018-y. 03-05-18/41 140 160 mln. soʻm 23.11.2018-y. 03-05-18/48 66 570 mln. soʻm 30.06.2018-y. IBRD 88240 16,6 mln. doll. “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki 25.12.2017-y. 03-05-17/23 47 970 mln. soʻm 24.09.2018-y. 03-05-18/35 88 880 mln. soʻm 24.09.2018-y. 03-05-18/40 132 630 mln. soʻm 23.11.2018-y. 03-05-18/45 59 160 mln. soʻm 05.04.2017-y. ABR-3471 12,9 mln. doll. “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki 30.03.2015-y. 03-05-15/2 201 450 mln. soʻm 09.03.2016-y. 03-05-16/2 179 948 mln. soʻm 07.04.2014-y. 03-05-14/4 42 693 mln. soʻm Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki 25.12.2017-y. 03-05-17/22 49 230 mln. soʻm 24.09.2018-y. 03-05-18/37 85 740 mln. soʻm 24.09.2018-y. 03-05-18/39 121 130 mln. soʻm “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki 10.02.2014-y. 03-05-14/2 223 043 mln. soʻm “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki 19.02.2018-y. MAR-6110 2,97 mln. doll. 30.06.2018-y. IBRD 88240 10,03 mln. doll.
