Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-1-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida (1291-9-son)
02.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1291-9]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/3-son qarori (roʻyxat raqami 1291, 2003-yil 10-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 91-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bank yoki moliya sohasida ikki yildan kam boʻlmagan ish tajribasi.”.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-mart,
5/19-son
