Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2844-1-son)
02.04.2019
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2844-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2016-yil 9-noyabrdagi 85-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2844, 2016-yil 1-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 48-son, 554-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-fevral,
25-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 27-fevraldagi 25-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Auditorlik faoliyatining milliy standarti (70-son AFMS) “Moliyaviy hisobot toʻgʻrisidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 8-bandning ikkinchi xatboshisidan “, berilgan litsenziyaga muvofiq auditorlik tekshiruvini oʻtkazish turi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 17-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tekshirilgan moliyaviy hisobot asosida hisoblangan moliyaviy koeffitsiyentlar hamda bankrotlik alomatlari boʻlganda majburiyatlarni qaytara olish koeffitsiyent koʻrsatkichlari tahlili;”.
