“Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-2727-son)
13.01.2017
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholining koʻmirga ortib borayotgan ehtiyojini, jumladan, “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va “Shargʻun” shaxtasida toshkoʻmir qazib olishni yiliga 900 ming tonnagacha oshirish orqali taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasi (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Oʻzbekiston Respublikasiga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 4-iyuldagi F-4668-sonli farmoyishiga muvofiq amalga oshirilmoqda;
“Shargʻunkoʻmir” AJ tomonidan oʻtkazilgan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalariga koʻra, “tayyor holda topshirish” sharti bilan Xitoyning “China Railway Group So. Ltd” (konsorsium yetakchisi) va “China Coak Techology & Engineering Group Copr” (keyingi oʻrinlarda konsorsium deb ataladi) kompaniyalari bilan umumiy qiymati 94,5 million AQSH dollari boʻlgan investitsiya loyihasini amalga oshirish va uni 2023-yilda ishga tushirish boʻyicha shartnoma tuzildi.
2. Quyidagilar:
XXR Eksimbankining “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan va 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli muddatga ajratiladigan, yillik foiz stavkasi 3 foiz boʻlgan, jumladan, qayta moliyalashtiradigan bank marjasi yillik 1,0 foizni tashkil qiladigan 89,8 million AQSH dollari miqdoridagi qarzi;
“Shargʻunkoʻmir” AJning 15,3 million AQSH dollariga teng oʻz mablagʻlari “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasining amalga oshirilishini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
3. Quyidagilar:
asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarga ega “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asosi 1-ilovaga muvofiq;
XXR Eksimbankining “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan qarzi boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
XXR Eksimbankining jalb etiladigan zayomi boʻyicha “Shargʻunkoʻmir” AJ qarz oluvchi hamda zayomdan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul boʻlgan ijro organi hisoblanadi;
investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida XXR Eksimbankining jalb etiladigan va “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan zayomini qaytarish hamda xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ investitsiya loyihasining oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun masʼul hisoblanadi.
5. “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda XXR Eksimbanki bilan alohida zayom bitimi va “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ hamda “Shargʻunkoʻmir” AJ bilan XXR Eksimbanki zayomini qayta moliyalashtirish boʻyicha kredit shartnomalari tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan:
XXR Eksimbankiga — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning toʻlov majburiyatlari;
“Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga — XXR Eksimbankining jalb etiladigan zayomi boʻyicha “Oʻzbekiston Temir yoʻllari” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJning toʻlov majburiyatlariga doir davlat kafolatlarini toʻlov undirmasdan berish vakolati berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi XXR Eksimbanki bilan alohida zayom shartnomasida nazarda tutilgan shaklda “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB va XXR Eksimbanki oʻrtasidagi zayom shartnomasiga oid davlat kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibdagi huquqiy xulosani bersin.
8. “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida istisno tariqasida:
konsorsium bilan birgalikda 2018-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan davrda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bilan bir qatorda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
loyiha yechimlarining obyektlardan ishonchli va xavfsiz foydalanish, shuningdek, kuzatuv va texnik nazorat boʻyicha talablarga mos kelishini aniqlash uchun tender savdolari oʻtkazmasdan, eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida mustaqil xalqaro maslahatchilarni jalb etishga ruxsat berilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi investitsiya loyihasining loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazsin hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
10. Belgilansinki, “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida va yangi koʻmir qazib olish texnologiyasini ishlatish boʻyicha pudratchi bilan imzolanadigan shartnomaning (kontraktning) amal qilish davrida yoki 2027-yil 1-iyulga qadar:
“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ, konsorsium, pudratchi va ularning subpudratchi tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan roʻyxatlar boʻyicha olib kiradigan hamda respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, texnologik jihozlar, avtotransport vositalari, priborlar, dasturiy taʼminot, texnik hujjatlar, shuningdek yoqilgʻi moylash materiallari, portlovchi moddalar hamda metall prokati bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod etiladi;
tuzilgan kontraktlarning shartlariga muvofiq konsorsium, xorijiy pudratchi, subpudrat va konsalting tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan maxsus transport va avtotransport vositalari, mashina va mexanizmlar, uskunalar va asboblar, butlovchi buyumlar, uzellar va jihozlar davriy boj toʻlovlari toʻlanmasdan vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtiriladi;
mahalliy yetkazib beruvchilar va subpudratchilar konsorsiumga sotadigan tovarlarga (ishlar, xizmatlar) ular Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi tashqarisiga olib chiqilmagan taqdirda qoʻshilgan qiymat soligʻi “nul” stavka boʻyicha solinadi.
11. “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish va yangi koʻmir qazib olish texnologiyasini ishlatish boʻyicha pudratchi bilan imzolanadigan shartnomaning (kontraktning) amal qilish davrida yoki 2027-yil 1-iyulga qadar:
“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bajaradigan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
konsorsium, pudratchi, subpudratchi tashkilotlar va mustaqil xalqaro maslahatchilar Oʻzbekiston Respublikasining doimiy muassasa orqali faoliyat koʻrsatadigan norezidentlari toʻlaydigan soliqlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbai boʻlgan daromadlardan olinadigan jismoniy shaxslar daromad soligʻidan;
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan jismoniy shaxslar-norezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi xududida undiriladigai jismoniy shaxslar daromadi soligʻidan;
investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining doimiy muassasalari yagona ijtimoiy toʻlovdan, xorijiy fuqarolarning mehnatiga haq toʻlash tarzidagi daromad soligʻi toʻlashdan;
“Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ, konsorsium, pudratchi va ularning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari koʻrsatiladigan xizmatlar, olib kiriladigan uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, texnologik jihozlarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash hamda sertifikatlashda undiriladigan yigʻimlar, davlat bojlari va toʻlovlardan;
respublikada tegishli ravishda akkreditatsiyadan oʻtkazilgan sinov laboratoriyalari boʻlmagan hollarda, olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va uzellar, ehtiyot qismlar, materiallar, priborlar istisno tariqasida majburiy sertifikatlash tartib-taomilidan;
konsorsium, pudratchi uning subpudratchi tashkilotlari va transport kompaniyalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun undiriladigan yigʻimlar, shuningdek, umumiy foydalanish yoʻllaridan ogʻir va yirik avtomobil vositalarining oʻtishi uchun toʻlovlardan ozod etilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi, Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi, Surxondaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlari konsorsium hamda u jalb qiladigan loyiha, injiniring va subpudrat tashkilotlariga investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida, tegishli yigʻimlar, toʻlovlar va bojlarni undirmagan holda loyihalashtirish, qurish, burgʻulash-portlatish va geologiya-qidiruv ishlari, xizmatlar koʻrsatish uchun tegishli litsenziyalar hamda ruxsatnomalar, shuningdek, olib kiriladigan va majburiy sertifikatlashtiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar, materiallar, ehtiyot qismlar, priborlar hamda asbob-uskuna, maxsus transport vositalariga muvofiqlik sertifikatlari berilishini taʼminlasin.
13. “Oʻzmetkombinat”, “Oʻzqurilishmateriallari” va “Oʻzbekenergo AJ, “Oʻzmaxsusimpeks” DK, “Navoiy KMK” DK, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ buyurtmanomalari boʻyicha konsorsiumga belgilangan narxlarda metall prokati, sement, elektr energiyasi, portlovchi moddalar va materiallar ajratilishini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida konsorsiumga ajratiladigan va Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan metall prokati, sement, elektr energiyasi, portlovchi moddalar va materiallar uchun xorijiy valyutada belgilangan narxlarni tasdiqlasin.
14. Konsorsiumga “Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida mahalliy yetkazib beruvchilardan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun toʻlovlarni xorijiy valyutada toʻlash huquqi berilsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ” talabnomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek, ularga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalarini konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmagan holda belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekkoʻmir” AJ va “Shargʻunkoʻmir” AJ talabnomalariga koʻra:
ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda, koʻp martalik kirish vizalari berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyilishini va vaqtinchalik roʻyxatda turish muddati uzaytirilishini;
portlovchi moddalar va materiallarni yoʻlda qurolli qoʻriqlash va kuzatib borishni tashkil etish, shuningdek, portlovchi moddalar hamda materiallarni tashishga jalb qilinadigan maxsus jihozlangan avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatishni taʼminlasin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi O.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-yanvar,
PQ-2727-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi PQ-2727-son qaroriga 1-ILOVA
“Shargʻunkoʻmir” AJni modernizatsiya qilish va loyiha quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshkoʻmir qazib olishga yetkazish” investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asosining
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkichlar nomlanishi Oʻlchov birligi Jami shu jumladan oʻz mablagʻlari XXR Eksimbank qarzi 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSH doll. ekv. 105 469,0 15 694,0 89 775,0 2. Kapital qoʻyilmalar qiymati, jami ming AQSH doll. ekv. 105 113,3 15 338,3 89 775,0 shu jumladan: 2.1 mashina va uskunalar ming AQSH doll. ekv. 34 221,7 - 34 221,7 erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ming AQSH doll. 34 221,7 - 34 221,7 2.2 qurilish-montaj ishlari ming AQSH doll. ekv. 56 834,6 1 281,3 55 553,3 erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ming AQSH doll. 56 834,6 1 281,3 55 553,3 2.3 investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar* ming AQSH doll. ekv. 7 774,2 7 774,2 - erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ming AQSH doll. 6 429,0 6 429,0 - milliy valyutada ming AQSH doll. ekv. 1 345,2 1 345,2 - 2.4 dastlabki aylanma kapital ming AQSH doll. ekv. 190,1 190,1 - milliy valyutada ming AQSH doll. ekv. 190,1 190,1 - 2.5 boshqa xarajatlar ming AQSH doll. ekv. 6 092,7 6 092,7 - erkin konvertatsiya qilinadigan valyutada ming AQSH doll. 3 443,7 3 443,7 - milliy valyutada ming AQSH doll. ekv. 2 649,0 2 649,0 - 3. Mavjud asosiy fondlar qiymati ming AQSH doll. ekv. 355,7 355,7 4. Korxona quvvati, shu jumladan: ishlab chiqariladigan mahsulotlarning yillik hajmi toshkoʻmir ― 900 ming tonna moʻljallanayotgan yillik eksport hajmi nazarda tutilmaydi 5. Band boʻladiganlarning moʻljallanayotgan soni 1 015 nafar 6. Loyihani qoplashning hisob-kitob qilingan muddati chegirmalanmagan 9,6 yil chegirmalangan (10 foiz diskont) 14,7 yil 7. Investitsiya davrining davomiyligi 38 oy 8. Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati 104 923,2 ming dollar ekv. 9. Kredit va boshqa qarz mablagʻlarining taqdim etish muddati XXR Eksimbankining 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davrga beriladigan 89 775,0 ming dollar miqdoridagi qarz mablagʻlari
* Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar haqiqiy olingan qarzning qiymati va sanasiga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-yanvardagi PQ-2727-son qaroriga 2-ILOVA
XXR Eksimbankining investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida taqdim etiladigan qarzi boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar va komissiyalarni toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
Qarz miqdori 89 775,0 ming dollar Foiz stavkasi 3,0 % yillik Tashkil etish uchun komissiya 0,5 % bir martalik Majburiyat uchun komissiya 0,5 % bir martalik Qarz muddati 20 yil shu jumladan imtiyozli davr 5 yil Toʻlovlarning davomiyligi 6 oy Asosiy summa toʻlovi miqdori 30 ming dollar Toʻlovlar sanasi Olingan summa Soʻndirish summasi Qarzdorlik summasi Qarz boʻyicha foizlar Tashkil etish uchun komissiya Majburiyat uchun komissiya Jami toʻlov uchun Yillar boʻyicha jami 2017-yil 1-mart 23 625,0 - 23 625,0 - 448,9 - 448,9 448,9 2017-yil 1-iyul - 23 625,0 358,3 - 167,2 525,5 2017-yil 1-dekabr - 23 625,0 360,3 - 168,1 528,4 1 053,9 2018-yil 1-yanvar 41 505,3 - 65 130,3 - - - - 2018-yil 1-iyun - 65 130,3 880,6 - 80,2 960,8 2018-yil 1-dekabr - 65 130,3 993,2 - 62,6 1 055,9 2 016,6 2019-yil 1-yanvar 24 644,7 - 89 775,0 - - - - 2019-yil 1-iyun - 89 775,0 1 297,9 - 10,6 1 308,5 2019-yil 1-dekabr - 89 775,0 1 369,1 - - 1 369,1 2 677,6 2020-yil 1-iyun - 89 775,0 1 369,1 - - 1 369,1 2020-yil 1-dekabr - 89 775,0 1 369,1 - - 1 369,1 2 738,1 2021-yil 1-iyun - 89 775,0 1 361,6 - - 1 361,6 2021-yil 1-dekabr - 89 775,0 1 369,1 - - 1 369,1 2 730,7 2022-yil 1-iyun 2 992,5 86 782,5 1 361,6 - - 4 354,1 2022-yil 1-dekabr 2 992,5 83 790,0 1 323,4 - - 4 315,9 8 670,0 2023-yil 1-iyun 2 992,5 80 797,5 1 270,8 - - 4 263,3 2023-yil 1-dekabr 2 992,5 77 805,0 1 232,2 - - 4 224,7 8 488,0 2024-yil 1-iyun 2 992,5 74 812,5 1 186,5 - - 4 179,0 2024-yil 1-dekabr 2 992,5 7! 820,0 1 140,9 - - 4 133,4 8 312,4 2025-yil 1-iyun 2 992,5 68 827,5 1 089,3 - - 4 081,8 2025-yil 1-dekabr 2 992,5 65 835,0 1 049,6 - - 4 042,1 8 123,9 2026-yil 1-iyun 2 992,5 62 842,5 998,5 - - 3 991,0 2026-yil 1-dekabr 2 992,5 59 850,0 958,3 - - 3 950,8 7 941,8 2027-yil 1-iyun 2 992,5 56 857,5 907,7 - - 3 900,2 2027-yil 1-dekabr 2 992,5 53 865,0 867,1 - - 3 859,6 7 759,8 2028-yil 1-iyun 2 992,5 50 872,5 821,4 - - 3 813,9 2028-yil 1-dekabr 2 992,5 47 880,0 775,8 - - 3 768,3 7 582,2 2029-yil 1-iyun 2 992,5 44 887,5 726,2 - - 3 718,7 2029-yil 1-dekabr 2 992,5 41 895,0 684,5 - - 3 677,0 7 395,7 2030-yil 1-iyun 2 992,5 38 902,5 635,4 - - 3 627,9 2030-yil 1-dekabr 2 992,5 35 910,0 593,3 - - 3 585,8 7 213,7 2031-yil 1-iyun 2 992,5 32 917,5 544,6 - - 3 537,1 2031-yil 1-dekabr 2 992,5 29 925,0 502,0 - - 3 494,5 7 031,6 2032-yil 1-iyun 2 992,5 26 932,5 456,4 - - 3 448,9 2032-yil 1-dekabr 2 992,5 23 940,0 410,7 - - 3 403,2 6 852,1 2033-yil 1-iyun 2 992,5 20 947,5 363,1 - - 3 355,6 2033-yil 1-dekabr 2 992,5 17 955,0 319,4 - - 3311,9 6 667,5 2034-yil 1-iyun 2 992,5 14 962,5 272,3 - - 3 264,8 2034-yil 1-dekabr 2 992,5 11 970,0 228,2 - - 3 220,7 6 485,5 2035-yil 1-iyun 2 992,5 8 977,5 181,5 - - 3 174,0 2035-yil 1-dekabr 2 992,5 5 985,0 136,9 - - 3 129,4 6 303,5 2036-yil 1-iyun 2 992,5 2 992,5 91,3 - - 3 083,8 2036-yil 1-dekabr 2 992,5 - 45,6 - - 3 038,1 6 121,9 JAMI: 89 775,0 89 775,0 31 902,9 448,9 488,8 122 615,5 122 615,5
