Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (263-son)
30.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, madaniyat va aholi dam olish markazlarining faoliyatini yanada rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish, nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targʻib etish, xalq ogʻzaki ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarorida madaniyat markazlari faoliyatini, jumladan, madaniyat markazlarini yangi qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda madaniyat markazlari faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) hamda 2019 — 2022-yillarda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, mukammal taʼmirlanadigan va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli roʻyxati (keyingi oʻrinlarda manzilli roʻyxat deb ataladi) parametrlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan ishchi guruhni shakllantirsin va qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
manzilli roʻyxatga kiritilgan tuman (shahar) madaniyat markazlarini yangidan qurish ishlari madaniyat va aholi dam olish markazlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosan amalga oshiriladi;
2023-yilda va undan keyingi yillarda manzilli roʻyxatga kiritilmagan tuman (shahar) madaniyat markazlarida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari boʻyicha baholash tartibiga asosan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiladi;
madaniyat markazlarini jihozlash ishlari, ularda tashkil etilgan toʻgaraklar, ijodiy jamoalar va tegishli mutaxassislar bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqib, manzilli roʻyxatda belgilangan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining talabnomasiga asosan pudratchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi har yili 1-iyulga qadar kelgusi yil uchun yangidan qurilishi va rekonstruksiya qilinishi belgilangan madaniyat markazlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, ularning belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlarini kelgusi yillarda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlariga belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
6. Quyidagilar Dasturni amalga oshirishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
a) madaniyat markazlari binolarini:
yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar;
mukammal taʼmirlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markazlashgan xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan mablagʻlar;
b) mukammal taʼmirlanadigan madaniyat markazlarini jihozlash ishlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
v) xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va grantlari;
g) jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
d) qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Madaniyat vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra, 2019-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarini shakllantirishda madaniyat markazlari binolarini mukammal taʼmirlash va jihozlash loyihalari uchun zarur mablagʻlar ajratish choralarini koʻrsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari boʻyicha buyurtmachi etib belgilansin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Vazirlar Mahkamasining “2013 — 2018-yillarda zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-iyundagi 178-son qaroriga asosan 2013 — 2018-yillarda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlari boshlanib, yakuniga yetkazilmagan madaniyat markazlarini 2019-yil 1-avgustga qadar taʼmirlash va jihozlash ishlarini toʻliq yakuniga yetkazsinlar;
zarur holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda madaniyat markazlariga yangi bino qurish uchun belgilangan tartibda tegishli yer maydonlari ajratsinlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlarini maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur choralar koʻrsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi madaniyat markazlarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha bajarilayotgan ishlarning sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatsin.
11. Samarasiz faoliyat yuritayotganligi sababli 2019-yil 1-apreldan eʼtiboran faoliyati tugatiladigan madaniyat markazlarining roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, madaniyat markazlarini maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar manzilli roʻyxatga asosan tashkil etiladigan madaniyat markazlarining ularni joriy saqlash bilan bogʻliq xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlarini maqbullashtirish natijasida boʻshab qoladigan xodimlarni ishga joylashtirish uchun zarur choralar koʻrsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-mart,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 263-son qaroriga ILOVA
Samarasiz faoliyat yuritayotganligi sababli 2019-yil 1-apreldan eʼtiboran faoliyati tugatiladigan madaniyat markazlarining
ROʻYXATI
T/r Madaniyat markazi nomi Tuman (shahar) nomi Madaniyat markazi joylashgan bino Andijon viloyati 1. “Kengash” madaniyat markazi Andijon shahri Oʻz binosiga ega emas (7-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 2. “Bogʻishamol” madaniyat markazi Andijon shahri Oʻz binosiga ega emas (“Bogʻishamol” MFY binosida faoliyat olib boradi) 3. “Gulobod” madaniyat markazi Andijon tuman Oʻz binosiga ega emas (“Nayman” MFY binosida faoliyat olib boradi) 4. “Asaka” (shahar) madaniyat markazi Asaka tumani Oʻz binosiga ega emas (I. Buxoriy koʻchasida joylashgan maktab binosida faoliyat olib boradi) 5. “Qoratepa” madaniyat markazi Asaka tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qoratepa” MFY binosida faoliyat olib boradi) 6. “Qoʻrgʻoncha” madaniyat markazi Baliqchi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qoʻrgʻoncha” MFY binosida faoliyat olib boradi) 7. “Buloqboshi” madaniyat markazi Buloqboshi tumani Oʻz binosiga ega emas (M. Ismoiliy MFY binosida faoliyat olib boradi) 8. M. Jalolov nomidagi madaniyat markazi Boʻz tumani Oʻz binosiga ega emas (19-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 9. “Yangiyoʻl” madaniyat markazi Shahrixon tumani Oʻz binosiga ega emas (“Yangiyoʻl” MFY binosida faoliyat olib boradi) 10. “Nargiz” madaniyat markazi Xoʻjaobod tumani Oʻz binosiga ega emas (“Xoʻjaobod” MFY binosida faoliyat olib boradi) 11. “Iftixor” madaniyat markazi Qoʻrgʻontepa tumani Oʻz binosiga ega emas (“Iftixor” MFY binosida faoliyat olib boradi) 12. “Nazarmaxram” madaniyat markazi Shahrixon tumani Oʻz binosiga ega emas (Nazarmaxram koʻchasi, 6-uyda joylashgan MFY binosida faoliyat olib boradi) Namangan viloyati 13. “Shodlik” madaniyat markazi Namangan shahri Oʻz binosiga ega emas (“Shodlik” MFY binosida faoliyat olib boradi) 14. “Yortepa” madaniyat markazi Toʻraqoʻrgʻon tumani Oʻz binosiga ega emas (“Yortepa” MFY binosida faoliyat olib boradi) 15. “Axcha” madaniyat markazi Chust tumani Oʻz binosiga ega emas (“Axcha” MFY binosida faoliyat olib boradi) 16. “Rovut” madaniyat markazi Yangiqoʻrgʻon tumani Oʻz binosiga ega emas (“Rovut” MFY binosida faoliyat olib boradi) 17. “Birlashgan” madaniyat markazi Yangiqoʻrgʻon tumani Oʻz binosiga ega emas (“Birlashgan” MFY binosida faoliyat olib boradi) Samarqand viloyati 18. 3-son “Soʻgʻdiyona” madaniyat markazi Samarqand shahri Oʻz binosiga ega emas (“Soʻgʻdiyona” MFY binosida faoliyat olib boradi) 19. 4-son “Amir Temur” madaniyat markazi Samarqand shahri Oʻz binosiga ega emas (3-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 20. 2-son “Toshkent” madaniyat markazi Kattaqoʻrgʻon shahri Oʻz binosiga ega emas (25-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 21. 4-son “Eski Jomboy” madaniyat markazi Jomboy tumani Oʻz binosiga ega emas (“Eski Jomboy” MFY binosida faoliyat olib boradi) 22. 6-son “Haqiqat” madaniyat markazi Ishtixon tumani Oʻz binosiga ega emas (“Haqiqat” MFY binosida faoliyat olib boradi) 23. 2-son “Payshanba” madaniyat markazi Kattaqoʻrgʻon tumani Oʻz binosiga ega emas (“Payshanba” MFY binosida faoliyat olib boradi) 24. 6-son “Kattaming” madaniyat markazi Kattaqoʻrgʻon tumani Oʻz binosiga ega emas (“Katta-ming” MFY binosida faoliyat olib boradi) 25. 3-son “Islom shoir” madaniyat markazi Narpay tumani Oʻz binosiga ega emas (“Narpay” MFY binosida faoliyat olib boradi) 26. 5-son “Xoʻjakarzon” madaniyat markazi Narpay tumani Oʻz binosiga ega emas (“Xoʻjakarzon” MFY binosida faoliyat olib boradi) 27. 3-son “Nurbuloq” madaniyat markazi Nurobod tumani Oʻz binosiga ega emas (“Nurbuloq” MFY binosida faoliyat olib boradi) 28. 6-son “Koʻktepa” madaniyat markazi Payariq tumani Oʻz binosiga ega emas (“Koʻktepa” MFY binosida faoliyat olib boradi) 29. 3-son “Suluv” madaniyat markazi Paxtachi tumani Oʻz binosiga ega emas (1-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 30. 4-son “Bodoy” madaniyat markazi Paxtachi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Bodoy” MFY binosida faoliyat olib boradi) 31. 5-son “Olmazor” madaniyat markazi Tayloq tumani Oʻz binosiga ega emas (“Yalangʻoya” MFY binosida faoliyat olib boradi) 32. 2-son “Qingʻir” madaniyat markazi Urgut tumani Oʻz binosiga ega emas (18-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 33. 6-son “Moʻminobod” madaniyat markazi Urgut tumani Oʻz binosiga ega emas (“Moʻminobod” MFY binosida faoliyat olib boradi) 34. 8-son “Qoratepa” madaniyat markazi Urgut tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qoratepa” MFY binosida faoliyat olib boradi) Surxondaryo viloyati 35. “Tallimaron” madaniyat markazi Angor tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qoratepa” QFY binosida faoliyat olib boradi) 36. “Zartepa” madaniyat markazi Angor tumani Oʻz binosiga ega emas (“Zartepa” MFY binosida faoliyat olib boradi) 37. “Tortuvli” madaniyat markazi Denov tumani Oʻz binosiga ega emas (“Tortuvli” MFY binosida faoliyat olib boradi) 38. T. Shobirov madaniyat markazi Jarqoʻrgʻon tumani Oʻz binosiga ega emas (12-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 39. “Surxon” madaniyat markazi Jarqoʻrgʻon tumani Oʻz binosiga ega emas (“Surxon” MFY binosida faoliyat olib boradi) 40. “Yoshgʻayrat” madaniyat markazi Shoʻrchi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Yoshgʻayrat” MFY binosida faoliyat olib boradi) 41. “Paxtakor 2” madaniyat markazi Qiziriq tumani Oʻz binosiga ega emas (tumandagi 13-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 42. “Qiziriq” madaniyat markazi Qiziriq tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qiziriq” MFY binosida faoliyat olib boradi) Toshkent viloyati 43. “Oqqovoq” madaniyat markazi Qibray tumani Oʻz binosiga ega emas (“Oqqovoq” MFY binosida faoliyat olib boradi) 44. “Achamayli” madaniyat markazi Boʻka tumani Oʻz binosiga ega emas (“Achamayli” MFY binosida faoliyat olib boradi) 45. “Chigʻatoy” madaniyat markazi Boʻka tumani Oʻz binosiga ega emas (binosi avariya holatida boʻlganligi sababli 2018-yilda belgilangan tartibda buzilgan) 46. “Xoʻjaqoʻrgʻon” madaniyat markazi Boʻka tumani Oʻz binosiga ega emas (“Xoʻjaqoʻrgʻon” MFY binosida faoliyat olib boradi) 47. “Qumovul” madaniyat markazi Oʻrta Chirchiq tumani Oʻz binosiga ega emas (“Koʻktepa” QFY maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosida faoliyat olib boradi) 48. “Zarkent” madaniyat markazi Parkent tumani Oʻz binosiga ega emas (24-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 49. “Saryuz” madaniyat markazi Bekobod tumani Oʻz binosiga ega emas (“Saryuz” MFY binosida faoliyat olib boradi) 50. “Madaniyat” madaniyat markazi Bekobod tumani Oʻz binosiga ega emas (“Madaniyat” MFY binosida faoliyat olib boradi) 51. “Turkiston” madaniyat markazi Zangiota tumani Oʻz binosiga ega emas (“Ittifoq” MFY binosida faoliyat olib boradi) Fargʻona viloyati 52. “Sholdrama” madaniyat markazi Margʻilon shahri Oʻz binosiga ega emas (17-son maktab binosida faoliyat olib boradi) 53. “Soʻfon” madaniyat markazi Quvasoy shahri Oʻz binosiga ega emas (“Soʻfon” MFY binosida faoliyat olib boradi) 54. “Qashqar” madaniyat markazi Besharik tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qashqar” MFY binosida faoliyat olib boradi) 55. “Yangi qishloq” madaniyat markazi Besharik tumani Oʻz binosiga ega emas (“Yangi Qishloq” QFY binosida faoliyat olib boradi) 56. “Fayziobod” madaniyat markazi Oltiariq tumani Oʻz binosiga ega emas (“Fayziobod” QFY binosida faoliyat olib boradi) 57. “Obishir” madaniyat markazi Soʻx tumani Oʻz binosiga ega emas (“Obishir” MFY binosida faoliyat olib boradi) 58. “Sultonobod” madaniyat markazi Quva tumani Oʻz binosiga ega emas (“Ittifoq” QFY binosida faoliyat olib boradi) 59. “Yambarak” madaniyat markazi Fargʻona tumani Oʻz binosiga ega emas (“Yambarak” QFY binosida faoliyat olib boradi) Qashqadaryo viloyati 60. “Batosh” madaniyat markazi Gʻuzor tumani Oʻz binosiga ega emas (“Gʻuzor” QFY binosida faoliyat olib boradi) 61. “Gulshan” madaniyat markazi Gʻuzor tumani Oʻz binosiga ega emas (“Jarariq” QFY binosida faoliyat olib boradi) 62. “Poʻlati” madaniyat markazi Koson tumani Oʻz binosiga ega emas (“Poʻlati” QFY binosida faoliyat olib boradi) 63. “Qoratepa” madaniyat markazi Qamashi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qoratepa” MFY binosida faoliyat olib boradi) 64. “Qorabogʻ” madaniyat markazi Qamashi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qorabogʻ” MFY binosida faoliyat olib boradi) 65. “Qamay” madaniyat markazi Qamashi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qamay” QFY binosida faoliyat olib boradi) 66. “Chim” madaniyat markazi Qamashi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Koʻktepa” MFY binosida faoliyat olib boradi) 67. “Dam” madaniyat markazi Chiroqchi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Dam” MFY binosida faoliyat olib boradi) 68. “Chiyali” madaniyat markazi Chiroqchi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Chiyali” QFY binosida faoliyat olib boradi) 69. “Qatorbogʻ” madaniyat markazi Kitob tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qatorbogʻ” MFY binosida faoliyat olib boradi) 70. “Bektemir” madaniyat markazi Kitob tumani Oʻz binosiga ega emas (“Bektemir” MFY binosida faoliyat olib boradi) 71. “Qaynarbuloq” madaniyat markazi Kitob tumani Oʻz binosiga ega emas (“Yoʻldosh shaharcha” MFY binosida faoliyat olib boradi) 72. “Palandara” madaniyat markazi Kitob tumani Oʻz binosiga ega emas (“Palandara” QFY binosida faoliyat olib boradi) 73. “Qovchin” madaniyat markazi Qarshi tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qovchin” QFY binosida faoliyat olib boradi) 74. “Maʼrifat gulshani” madaniyat markazi Yakkabogʻ tumani Oʻz binosiga ega emas (“Qatagʻon” QFY binosida faoliyat olib boradi)
