Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmoni) (261-son)
29.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi PF-5584-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 7-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandida:
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-mart,
261-son
