Din va eʼtiqod erkinligi sohasidagi taklif hamda tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” toʻgʻrisida (2300-III-son)
18.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Demokratik islohotlar yoʻlidan borishni davom ettirish hamda Oʻzbekistonning ijobiy imidjini yanada shakllantirish, shuningdek inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Quyidagilar:
Din va eʼtiqod erkinligi sohasidagi taklif hamda tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (bundan buyon matnda “Yoʻl xaritasi” deb yuritiladi) 1-ilovaga muvofiq;
“Yoʻl xaritasi”ning ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazuvchi ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsin.
3. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Otamuratov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-yanvar,
2300-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-yanvar,
KQ-492-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 18-yanvardagi № 2300-III/KQ-492-III-sonli Qoʻshma qaroriga 1-ILOVA
Din va eʼtiqod erkinligi sohasidagi taklif hamda tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r Tadbirning nomi Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish muddatlari Masʼul vazirlik va idoralar 1. Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qoʻshma qarori bilan taʼsis etilgan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazuvchi ishchi guruhning Toshkentda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari ishtirokidagi yigʻilishini oʻtkazish 1. “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazuvchi ishchi guruhning yigʻilishini oʻtkazish. 2019-yil yanvar Qonunchilik palatasi, IHMM, Adliya vazirligi, TIV, Din ishlari boʻyicha qoʻmita 2. Mamlakatimizda din va eʼtiqod erkinligi sohasida oʻtkazilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi tarqatma materiallarni keyinchalik BMT, EXHT, IHTga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida tarqatish uchun tayyorlash va TIVga taqdim etish. 2019-yil fevral Din ishlari boʻyicha qoʻmita, IHMM, Adliya vazirligi, TIV, Xalqaro islom akademiyasi 3. OAV da keng yoritish. Doimiy MTRK, OʻzA, “Dunyo” AA, EOAVMA 2. BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” boʻyicha rezolyutsiyasiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish 1. Konferensiya konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. 2019-yil fevral TIV, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, IHMM, Adliya vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar 2. Xorijiy ishtirokchilarni taklif etish. 2019-yil fevral– mart 3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini tayyorlash va kiritish. 2019-yil mart 4. Konferensiyani tashkiliy jihatdan yuksak darajada oʻtkazish. 2019-yil aprel 3. Oʻzbekistonda dinlararo bagʻrikenglik toʻgʻrisidagi konsepsiya loyihasini ishlab chiqish 1. Konsepsiya loyihasini tayyorlash va kelishib olish. 2019-yil fevral — may Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalar boʻyicha qoʻmita, Xalqaro islom akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Konsepsiya loyihasini diniy tashkilotlarning vakillari ishtirokida muhokama qilish boʻyicha davra suhbati oʻtkazish. 2019-yil iyun 3. Konsepsiya loyihasini kelib tushgan takliflar va mulohazalarni hisobga olgan holda maromiga yetkazish. 2019-yil avgust–sentyabr 4. Konsepsiya loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuborish. 2019-yil sentyabr–oktyabr 4. Vashington shahrida “Diniy bagʻrikenglik: Oʻzbekiston va AQSh tajribasi” mavzusida Oʻzbekiston-Amerika seminarini oʻtkazish 1. Tadbir konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. 2019-yil iyun — avgust TIV, IHMM, Adliya vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, aloqador vazirlik va idoralar 2. Oʻzbekiston tomonidan ishtirokchilar tarkibini belgilash. 2019-yil sentyabr 3. Seminarni tashkiliy jihatdan yuksak darajada oʻtkazish. 2019-yil oktyabr 5. Davlat organlarining vakillari uchun din va eʼtiqod erkinligi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha seminar-treninglar turkumini oʻtkazish 1. Davlat organlarining vakillari uchun seminar-treninglar tashkil etish. 2019-yil iyun — avgust Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Oliy sud, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, DBA, Xalqaro islom akademiyasi 2. Din va eʼtiqod erkinligi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha oʻquv uslubiyotini takomillashtirish, oʻquv dasturlari va qoʻllanmalari tayyorlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 2019-yil sentyabr 6. Diniy tashkilotlarning vakillari uchun diniy taʼlim masalalari boʻyicha seminar-kengashlar turkumini oʻtkazish 1. Diniy tashkilotlarning vakillari ishtirokida seminar-kengashlar tashkil etish. 2019-yil yanvar — sentyabr Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi, Xalqaro islom akademiyasi 2. Diniy taʼlim amaliyotini takomillashtirish boʻyicha tahliliy axborot tayyorlash. 2019-yil oktyabr Xalqaro islom akademiyasi 7. EXHT DIIHBning hamda IIHOKBning din va eʼtiqod erkinligi masalalariga doir maqolalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish 1. Quyidagi hujjatlar matnlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish: Bayrut deklaratsiyasi va uning “Huquqlarga boʻlgan eʼtiqod” nomli 18 ta majburiyati; Diniy jamoalarning va muayyan eʼtiqodlarga amal qiluvchi jamoalarning subyekt sifatidagi huquqlariga doir asosiy prinsiplar; Potomak deklaratsiyasi va Harakatlar rejasi. 2019-yil fevral IHMM 2. Oʻzbek tilida maqolalar nashr etish. 2019-yil mart–aprel IHMM, OʻzAPI, Adliya vazirligi 3. Davlat organlari va diniy tashkilotlarning va�illari ishtirokida taqdimotlar oʻtkazish. 2019-yil davomida IHMM, Adliya vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita 8. Kam sonli diniy guruhlarning faoliyati masalalarini oʻrganish 1. Mamlakatimiz aholisi oʻrtasida kam sonli diniy guruhlarning faoliyati toʻgʻrisida ijtimoiy soʻrov oʻtkazish. 2019-yil fevral — may “Ijtimoiy fikr” markazi, MTRK, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalar boʻyicha qoʻmita 2. Kam sonli diniy guruhlarning faoliyatini idrok etishni keng jamoatchilik oʻrtasida, shu jumladan OAV imkoniyatlari va ijtimoiy mediadan foydalangan holda muhokama qilish. 2019-yil iyun — avgust 3. Keng jamoatchilik oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrov va muhokamalar natijalarini umumlashtirish. 2019-yil sentyabr 4. Kam sonli diniy guruhlarning faoliyati masalalari yuzasidan tahliliy axborot tayyorlash. 2019-yil oktyabr 9. Islom dinining maʼrifatparvarlik eʼtiqodi gʻoyasini yanada ilgari surish 1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyasining Ramazon roʻzasi vaqtida AQShga tashrifi. 2019-yil may Din ishlari boʻyicha qoʻmita, TIV 2. “Deklaratsiyalar muloqoti” (Marokash va Jakarta) mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish 2019-yil sentyabr Din ishlari boʻyicha qoʻmita, IIV, Xalqaro islom akademiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2019-yil 18-yanvardagi № 2300-III/KQ-492-III-sonli Qoʻshma qaroriga 2-ILOVA
Din va eʼtiqod erkinligi sohasidagi taklif hamda tavsiyalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazuvchi ishchi guruh
TARKIBI
Saidov Akmal Xolmatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, ishchi guruh rahbari Matmuratov Batir Djoldasovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari Xakimov Rahim Rasuljonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori Yunusova Aliya Tuygunovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi Saidaxmetova Nilufar Zakirjonovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi Nazarov Rahmatulla Djurabayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi Muhammadiyev Ulugʻbek Nasriddinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Tashkulov Akbar Djurabayevich — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari Akramov Jasur Kasimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi Kurbanov Rustambek Djavdatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi Pirimqulov Gʻulomjon Shodmonqulovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro-gumanitar tashkilotlar boshqarmasi boʻlimi boshligʻi
