Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida (PQ-4254-son)
28.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5696-son Farmoni ijrosi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining namunaviy tuzilmasi 14-ilovaga muvofiq;
tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining namunaviy tuzilmasi 15-ilovaga muvofiq;
tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari tuzilmasiga kiruvchi muassasalar roʻyxati 16-ilovaga muvofiq;
Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining tuzilmasi 17-ilovaga muvofiq;
Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazining tuzilmasi 18-ilovaga muvofiq;
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmalari 19 — 22-ilovalarga muvofiq;
2019 — 2021-yillarda chorva mollari bosh soni, goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari 23-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisiga:
zarur hollarda qoʻmita va uning tizimidagi tashkilotlarning barcha tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatdagi soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni konsultant sifatida jalb etish;
malakali xorijiy mutaxassislarni ishga qabul qilish va ularga ish haqini milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga oʻtkazgan holda chet el valyutasida toʻlash huquqi berilsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi tomonidan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimiga binoan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari tomonidan tuman (shahar) hokimlarining taqdimiga binoan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining Davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinar mutaxassislari oʻz vakolatlari doirasida davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi;
Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasi boshligʻi davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektori, uning oʻrinbosarlari esa Davlat chegarasi va transportda bosh davlat veterinariya inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlari, ularning oʻrinbosarlari esa tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat veterinariya inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadi;
tumanlar (shaharlar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlarining boshliqlari tegishlicha tumanlar (shaharlar) bosh davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi;
veterinariya uchastkalari va bozorlar veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasining mudirlari tegishlicha uchastka va bozorlarda davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi;
Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) boshliqlari va veterinar vrachlari tegishlicha Davlat chegarasi va transportda veterinariya nazorati veterinariya punktlarining (uchastkalarning) davlat veterinariya inspektorlari hisoblanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda quyidagilarni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mavjud chorvachilikka ixtisoslashgan xoʻjaliklarning, shu jumladan koʻp tarmoqli xoʻjaliklarning mavjud quvvatlarini xatlovdan oʻtkazib, ularni yetishmaydigan oʻrnini naslli qoramollar bilan toʻldirish boʻyicha dasturni;
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda naslchilik xoʻjaliklarida yetishtirilgan va Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan import qilingan va qishloq xoʻjaligi korxonalariga sotilgan har bir bosh nasldor qoramol uchun subsidiya berish tartibini;
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda aholi xonadonlarida va chorvachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarda parvarish qilinayotgan chorva mollarini sugʻurtalash tartibini.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
Samarqand veterinariya meditsina institutining Toshkent filialini tashkil etish;
Moliya vazirligining veterinariya uchastkalaridagi 1 500 nafar xodimlarga qoʻshimcha ravishda chorva mollari naslini yaxshilash va sunʼiy urugʻlantirish vazifasi yuklatilayotganligini inobatga olib, ularning tarif razryadlarini 3 razryadga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmalari tomonidan aholi, shaxsiy yordamchi, dehqon va chorvachilik yoʻnalishidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga koʻrsatiladigan xizmatlardan hamda naslli chorva mollarini respublikaga import qilib sotishdan tushgan mablagʻlar soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda har bir tumanda tashabbuskorlarni aniqlab:
ichki isteʼmol bozorini sifatli goʻsht va goʻsht mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, goʻsht narxining barqarorligini saqlash maqsadida 2019 — 2021-yillarda har bir tumanda qoramollarni boʻrdoqiga boqishga ixtisoslashgan kamida ikkitadan 300 — 500 boshga moʻljallangan zamonaviy komplekslarni;
ichki isteʼmol bozorini sifatli sut va sut mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash, sut narxining barqarorligini saqlash maqsadida har bir tumanda kamida ikkitadan 250 — 300 boshga moʻljallangan sut yoʻnalishidagi korxonalarni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
12. Agentlik, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va tumanlar hokimliklari:
mazkur qarorning 23-ilovasiga muvofiq 2019 — 2021-yillarda chorva mollari bosh soni, goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash;
chorvachilik xoʻjaliklaridagi mavjud chorva mollari uchun ajratilgan yer maydonlarini ikki oy muddatda xatlovdan oʻtkazsin va ulardan samarali foydalanishning holatini har bir xoʻjalik kesimida alohida oʻrganib chiqsin, oʻrganishlar natijasi boʻyicha mavjud shartli mol bosh soniga nisbatan tafovut aniqlanganda, ortiqcha yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi “Xalq banki”, “Aloqa bank”, “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Ipoteka bank” aksiyadorlik tijorat banklari bilan birgalikda chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik yoʻnalishidagi loyihalarni amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha doimiy hamkorlikda faoliyat olib borsinlar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda paxta va gʻalla ekin maydonlariga almashlab ekiladigan chorva ozuqasi uchun beda ekini toʻliq ekilishini tashkil etsin hamda yetishtiriladigan hosilni chorvachilik xoʻjaliklari va aholiga tizimli yetkazishni taʼminlasin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni;
“Oʻzbekchorvanasl” agentligi toʻgʻrisidagi nizomni;
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlaridan foydalanish va shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21a-uy manziliga joylashtirilsin.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Agentlikning hududiy boʻlinmalariga operativ boshqaruv huquqi asosida binolar ajratilishini taʼminlasin.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi chorvachilik subyektlariga ajratilgan yer maydonlariga faqat chorva ozuqa ekinlari ekilishiga masʼul etib belgilansin.
19. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimlari yangidan tashkil etiladigan chorvachilik subyektlariga meʼyor boʻyicha ozuqa ekinlari ekish uchun yer maydonlarini ajratib berilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ikki hafta muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hisob-kitoblariga asosan Agentlikni zarur mebel, kompyuter texnikasi va inventarlar bilan jihozlash uchun yetarli mablagʻlar ajratsin;
Agentlikka xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlasin hamda Agentlik va uning hududiy boʻlinmalariga 16 ta xizmat yengil va 161 ta maxsus avtomobillarni saqlashga limit belgilasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan Agentlikni naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilish maqsadida 24-ilovaga muvofiq zarur boʻlgan maxsus avtotransport va moddiy-texnika vositalari, shu jumladan dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash uchun talab etiladigan mablagʻlarni ajratsin;
ushbu qarordan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4067-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 7-ilovasiga muvofiq joriy yilda Samarqand veterinariya institutining qurilishi tugallanmagan oʻquv binosi obyektini qurish va jihozlash ishlarini oxiriga yetkazilishini taʼminlasin.
2020-yilda qurilishi rejalashtirilgan institut inshootlariga buyurtmachi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi belgilansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Agentlikni zarur aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat aloqa vositalari bilan taʼminlasin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
24. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-mart,
PQ-4254-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 14-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Direktor Direktor oʻrinbosari Bakteriologiya, parazitologiya va mikologiya laboratoriyasi 4 Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi 3 Bosh hisobchi 1 Umumiy boʻlim 1 Virusologiya laboratoriyasi 3 Asalari, baliq va quyon kasalliklari laboratoriyasi 2 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha mutaxassis 1 Serologiya va bioximiya laboratoriyasi 4 Immuno-ferment tahlil va polimerraz-zanjir reaksiya laboratoriyasi 3 Radiologiya laboratoriyasi 2 Vivariy 1 Toksikologiya laboratoriyasi 3
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 30 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 5 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 25 nafar.
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 15-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 7 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 2 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 5 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 16-ILOVA
Tumanlar (shaharlar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari tuzilmasiga kiruvchi muassasalar
ROʻYXATI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 17-ILOVA
Davlat chegarasi va transportda davlat veterinariya nazorati boshqarmasining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni – 150 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 10 nafar, ishlab chiqarish xodimlari – 140 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 18-ILOVA
Veterinariya dori vositalari va ozuqabop qoʻshimchalar sifati va muomalasi nazorati boʻyicha Davlat ilmiy markazining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 18 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 19-ILOVA
Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Ilmiy kengash Direktor Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari Ilmiy kotib Gelmintologiya laboratoriyasi 4 Virusologiya laboratoriyasi 4 Ilmiy ishlanmalar va xorijiy aloqalarni muvofiqlashtirish shuʼbasi 2 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va patentshunoslik boʻlimi 4 Protozoologiya laboratoriyasi 4 Brutsellyoz laboratoriyasi 4 Veterinariya dori vositalari sifatini oʻrganish boʻyicha laboratoriya 2 Ilmiy kadrlarni tayyorlash, mutaxassislar malakasini oshirish shuʼbasi 2 Toksikologiya va terapiya laboratoriyasi 4 Hududiy diagnostika laboratoriyasi 4 Ozuqa muhitlari vositalarini tayyorlash boʻyicha laboratoriya 2 Ilmiy kutubxona 2 Gelmintozoonoz laboratoriyasi 3 Tuberkulyoz laboratoriyasi 4 Moliya va buxgalteriya hisobi boʻlimi 4 Patomorfologiya laboratoriyasi 3 Immunologiya va biotexnologiya laboratoriyasi 4 Ishlab chiqarish boʻlimi 4 Kadrlar boʻlimi 2 Veterinariya sanitariya va urchitish patologiyasi laboratoriyasi 4 Mikrobiologiya laboratoriyasi 4 Xoʻjalik boʻlimi 11 Yuridik boʻlim 2 Yosh mollar kasalliklarini oʻrganish laboratoriyasi 4 Laboratoriya hayvonlari uchun ozuqa yetishtirish laboratoriyasi 2 Araxnoentomologiya va akarologiya laboratoriyasi 4 Qashqadaryo ilmiy-amaliy tajriba stansiyasi 3 Parranda, quyon, baliq va asalari kasalliklari laboratoriyasi 6 Biokimyo va radiobiologiya laboratoriyasi 3 Mikroorganizmlar kolleksiyasi noyob ilmiy obyekti (guruhi) 9
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 116 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 13 nafar, ilmiy xodimlar — 44 nafar, ilmiy yordamchi xodimlar — 33 nafar, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar — 28 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 20-ILOVA
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Ilmiy kengash Direktor Ilmiy ishlar va innovatsion ishlanmalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari Ilmiy kotib Qoramolchilik boʻlimi 7 Yilqichilik boʻlimi 5 Xoʻjalik boʻlimi 4 Xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassis 1 Qoʻychilik va echkichilik boʻlimi 6 Bio-kimyoviy laboratoriya 2 Ishlab chiqarish shuʼbasi 2 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis 1 Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini oziqlantirish va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi boʻlimi 6 Biotexnologiya laboratoriyasi 3 Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi 20 Marketing va patentlash shuʼbasi 2 Parrandachilik va quyonchilik boʻlimi 6 Asalarichilik boʻlimi 5 Buxgalteriya va iqtisodiyot boʻlimi 4 Chorvachilikni innovatsion boshqarish boʻlimi 3 Chorvachilik obyektlarini loyihalashtirish boʻlimi 3 Ohangaron boʻlimi 8 Kadrlar va ilmiy kadrlarni tayyorlash boʻlimi 2 Ozuqa yetishtirish, ozuqabop ekinlar seleksiyasi va urugʻchiligi boʻlimi 5 Surxondaryo qoʻychilik boʻlimi 4 Yuridik boʻlim 2 Chorvachilikda iqtisodiy va infratuzilmalar tadqiqotlari boʻlimi 5
Xodimlarning umumiy soni ilmiy-tadqiqot ishlari hajmiga qarab, 112 nafargacha, maʼmuriy boshqaruv xodimlari — 10 nafar, jumladan ilmiy xodimlar soni — 76 nafargacha.
Yordamchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni joriy qilish uchun shartnoma asosida mutaxassislar va ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 22-ILOVA
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 87 nafar, shundan boshqaruv xodimlari — 15 nafar, ilmiy xodimlar — 31 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 41 nafar.
* Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
** Xoʻjalik hisobidan moliyalashtiriladi.
Ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda shartnoma asosida qoʻshimcha ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 23-ILOVA
2019 — 2021-yillarda chorva mollarining bosh soni, goʻsht va sut ishlab chiqarish hajmini oshirish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi PQ-4254-son qaroriga 24-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan “Oʻzbekchorvanasl” agentligini naslchilik ishi va sunʼiy urugʻlantirishni tashkil qilish maqsadida zarur boʻlgan maxsus avtotransport va moddiy-texnika vositalari, shu jumladan dyuar idishlari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash uchun talab etiladigan mablagʻlar
