Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ispaniya Qirolligi Bosh Korteslari oʻrtasida “Oʻzbekiston-Ispaniya” parlamentlararo guruhini tuzish toʻgʻrisida (2296-III-son)
10.01.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Qoʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Ispaniya Qirolligi Bosh Korteslari oʻrtasida “Oʻzbekiston-Ispaniya” parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tuzilsin:
Djumagaldiyev Muxamet Ruzimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi, guruh rahbari Iskandarov Turgun Xasanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Sadikov Norkul Saidovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalalari qoʻmitasi aʼzosi, Samarqand viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Sanaqulov Quvondiq — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh direktori, Navoiy davlat konchilik instituti rektori Chulliyev Shuxrat Askarovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator Eshmatova Feruza Farhodovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Aytjanova Nuriya Djalgasbayevna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi Tulyakov Eldor Sobirjonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi Shirinov Djahongir Jabborovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi Ernazarov Komiljon Yuldashaliyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi.
2. Ushbu Qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-yanvar,
2296-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-yanvar,
KQ-485-III-son
