Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Germaniya Federativ Respublikasi Parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhini tuzish toʻgʻrisida (2222-III-son)
06.12.2018
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Koʻshma qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Germaniya Federativ Respublikasi Parlamenti bilan hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi quyidagi tarkibda tuzilsin:
Safoyev Sodiq Solihovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, guruh rahbari Nizamxodjayev Zayniddin Maxamatovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Farmanov Aleksandr Kasimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Ataniyazova Oral Aminovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali direktori Kabulniyazov Yolkin Shukrullayevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi aʼzosi, “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ qoʻshma korxonasi bosh direktori Xakimov Raxim Rasuljonovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Aripov Davron Raximovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Butaye� Utkir Umirovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi Kadirov Alisher Keldiyevich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi.
2. Ushbu Qaror tegishli davlat organlariga maʼlumot uchun yuborilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-dekabr,
2222-III-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
2018-yil 6-dekabr,
KQ-472-III-son
