2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (3083-1-son)
25.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019yil 25-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3083-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet moʻljallari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Davlat statistika qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018-yil 8-oktabrdagi 6-mb-son qarori (roʻyxat raqami 3083, 2018-yil 31-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2018-y., 10/18/3083/2143-son) bilan tasdiqlangan 2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. BEGALOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-fevral,
1-mb-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2019-yil 28-fevraldagi 1-mb-son qaroriga ILOVA
2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 14-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. 15-ilovaning I boʻlimi mazkur oʻzgartirishlarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. 40-ilova mazkur oʻzgartirishlarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 1-ILOVA
Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisida hisobot (14-ilova)
2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 2-ILOVA
Investitsiya va infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot (15-ilovaning I boʻlimi)
2019-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga 3-ILOVA
Meva-sabzavot mahsulotlari xaridi toʻgʻrisida hisobot (40-ilova)
