2035-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori
Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-531-son) · Sana: 20.03.2019 · Amalda
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga koʻra, ushbu bobda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori ixtiyoriy tartibda ijro etiladi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan boʻlsa, qabul qilinganidan keyin oʻn kun oʻtgach qonuniy kuchga kiradi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqilgan ish boʻyicha qaysi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar ixtiyoriy tartibda ijro etilmagan boʻlsa, oʻsha hal qiluv qarori taraflarning iltimosnomasi boʻyicha sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks V boʻlimining qoidalariga binoan, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusi bilan majburiy ijro etilishi lozim.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi”;
17) 219-moddaning uchinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi arizaga — soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilinganligini yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini tasdiqlovchi dalil”;
18) 221-moddaning toʻrtinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan soʻzlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
19) 262-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
