Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2711-4-son)
19.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2711-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 22-iyuldagi 19/11-son qarori (roʻyxat raqami 2711, 2015-yil 26-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 34-son, 460-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-fevral,
4/11-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/11–son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 154-banddan “va muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) bilan tasdiqlangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 192-bandning sakkizinchi xatboshisidan “, muhr (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
