Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-4243-son)
18.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli goʻsht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, ayniqsa qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini koʻpaytirishda muhim oʻrin tutadi.
Shu bilan birga, hududlardagi ishlarning hozirgi holati mazkur tarmoq korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ozuqa bazasini koʻpaytirish, naslchilikni yaxshilash, shu jumladan sunʼiy urugʻlantirishni rivojlantirish va naslchilik xoʻjaliklarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida aniq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Xalqimizning chorvachilikni rivojlantirish borasidagi tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ushbu tarmoqda ilmiy yondashuvlar va ilgʻor zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, import oʻrnini bosuvchi va eksportbop chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada ragʻbatlantirish, pirovardida aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini koʻpaytirish maqsadida:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining tuman hokimliklari zaxirasidagi lalmi va yaylov yer uchastkalarini chorvachilik fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga (keyingi oʻrinlarda — ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar deb yuritiladi) ozuqabop ekinlar yetishtirish, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish majburiyatlari bilan 1-ilovaga muvofiq ajratish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik subyektlariga va omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi oʻrnatilsin:
ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarga mazkur yer uchastkalarida sugʻorish tik quduqlari burgʻulashga har bir metr chuqurligi uchun 100 ming soʻmdan subsidiya beriladi.
Bunda subsidiya xarajatlari 2019-yilda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, 2020-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning kreditlari (qarzlari) va grantlari hisobidan qoplanadi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha xoʻjalik subyektlariga va omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratilayotgan yer uchastkalarida yer osti suvi chiqarish uchun sugʻorish tik quduqlari burgʻulash joylarini aniqlab, ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarni xabardor qilib borsin.
4. Sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi mazkur quduqlarni burgʻulash loyihalariga ekologik ekspertiza xulosalari hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi gidrogeologik xulosalar berilishini taʼminlasin.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4231-son qarori ijrosini tashkil etish jarayonida “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari”ning tavsiyasiga asosan:
chorvachilik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan fuqarolarga ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun har bir shartli bosh chorva mol uchun 0,5 gektardan tuman hokimliklari zaxirasidagi boʻsh, lalmi va yaylov yer uchastkalarini 2 yil muddatda haqiqiy daromad manbaiga aylantirish sharti bilan doimiy yoki uzoq muddatli ijaraga bersin;
mazkur fuqarolarga ushbu bandda koʻrsatilgan tartibda ajratilgan yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish hamda naslli chorva moli sotib olish uchun “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratilishida amaliy yordam koʻrsatsin.
7. Quyidagilar:
2019 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ozuqabop ekinlarning birlamchi urugʻlarini yetishtirish prognoz hajmlari 2-ilovaga muvofiq;
Xoʻjaliklarning asosiy maydonlarida choʻl-yaylov ozuqabop ekinlar urugʻlarini ekin turlari va navlari boʻyicha 2019-yilda joylashtirish rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida choʻl-yaylov ozuqabop ekinlarining birlamchi urugʻlik maydonlarini barpo etish uchun xarid qilinishi zarur boʻlgan moddiy-texnika vositalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
ozuqabop ekinlar urugʻlarini yetishtiruvchi xoʻjaliklarning yer maydoni hajmlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklariga:
bir oy muddatda har bir hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos ravishda ozuqabop ekinlar urugʻlariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda xoʻjaliklarda urugʻlik yetishtirish maydonlari ajratilishini;
ozuqabop ekinlar urugʻlarini optimal muddatlarda ekish, parvarish qilish, urugʻ hosilini uyushqoqlik bilan oʻrib-yigʻib olish tadbirlarining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ozuqabop ekinlar urugʻlarini yetishtiruvchi rivojlangan mamlakatlar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot muassasalari va xoʻjaliklar mutaxassislari malakasini doimiy ravishda oshirib borilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi:
xoʻjaliklarga sertifikatlangan yuqori sifatli ozuqabop ekinlarning birlamchi urugʻlarini yetkazib berishni;
ozuqabop ekinlarning yangi navlari va duragaylarini yaratish, ularning agrotexnologiyalarini takomillashtirish, birlamchi urugʻchilik ishlarini olib borish, superelita va elita urugʻlarini yetishtirish, yer tarkibini yaxshilovchi kuchsiz va oʻrta darajada shoʻrlangan tuproq sharoitlariga mos yuqori oqsilli va noanʼanaviy (oq lyupin, payza va boshqalar) ozuqabop ekinlarni iqlimlashtirish, seleksiya va urugʻchilik ishlarini olib borish hamda mahalliy sermahsul chorva mollari liniyalari va tiplarini yaratishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarini doimiy ravishda tashkil etishni taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat veterinariya qoʻmitasi “OʻZNASLCNILIK” davlat korxonasi bilan birgalikda:
sunʼiy urugʻlantirilgan sigirlarning hamda ulardan olingan buzoqlarning elektron hisobi yuritilishini;
Qashqadaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlarida “OʻZNASLCNILIK” davlat korxonasining filiallari tashkil etilishini taʼminlasin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2020-yilda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti hududida chorva mollari genetikasini tahlil qilish uchun zamonaviy genomika laboratoriyasini tashkil etish, zamonaviy kimyo laboratoriya jihozlari bilan taʼminlash, ozuqabop ekinlar agrotexnologiyalari va birlamchi urugʻchilik ishlarini olib borish uchun moddiy-texnika bazasini yaxshilash, zarur texnika va agregatlarni xarid qilishga yetarli miqdorda mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
15. Toshkent viloyati hokimligi bir oy muddatda Qibray tumani, “Shalola” MFY hududidan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga ozuqabop ekinlarning superelita va elita urugʻlarini yetishtirish uchun 30 gektar sugʻoriladigan yer ajratilishini taʼminlasin.
16. Quyidagilar 2022-yil 1-yanvarga qadar:
ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilar, shuningdek tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan olib kiriladigan, tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish uchun zarur boʻlgan butlovchi qismlar va xom ashyolar 7-ilovadagi roʻyxatga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin;
asalarichilik subyektlari asalari oilalarini “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida qoʻshni mamlakatlarga koʻchirib chiqarishi natijasida yigʻib olgan tabiiy asalni (TIF TN kodi 0409 00 000 0) respublika hududiga olib kirishda bojxona toʻlovlarini toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilsin.
Bunda, imtiyoz bitta asalari oilasi boʻyicha olib kirilayotgan tabiiy asalning 50 kilogrammdan oshmagan qismiga nisbatan qoʻllaniladi.
17. Asalarichilik subyektlariga bahor-yoz mavsumida asalari oilalarini qoʻshni mamlakatlarga “vaqtincha olib chiqish” bojxona rejimida koʻchirib chiqarishga ruxsat berilsin.
18. Belgilansinki, 2019-yil 1-apreldan boshlab bir kunlik joʻjalarni (TIF TN kodi 0105 11 110 0, 0105 11 190 0, 0105 11 990 0) eksport qilish ruxsat etiladi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan birgalikda 10 kun muddatda ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻulash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda chorva hayvonlarini soʻyish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda isteʼmol bozoriga goʻsht va goʻsht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini takomillashtirish boʻyicha, shu jumladan hayvonotga mansub mahsulot va xom ashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotishga nisbatan veterinariya-sanitariya qoidalari hamda ixtisoslashgan soʻyish korxonalariga nisbatan veterinariya, veterinariya-sanitariya qoida va meʼyorlarini;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Qurilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sanoat usulidagi parrandachilik korxonalari faoliyatini amalga oshirishda zootexnika, zoogigiyena, veterinariya, veterinariya-sanitariya, ekologiya, sanitariya, yongʻin hamda qurilish boʻyicha xavfsizlik talablarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
22. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D.Vaxabov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-mart,
PQ-4243-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga 2-ILOVA
2019 — 2021-yillarda ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ozuqabop ekinlarning birlamchi urugʻlarini yetishtirish prognoz hajmlari
T/r Ilmiy-tadqiqot instituti nomi Ekin turi Navi Maydoni (ga) Reproduksiyasi Urugʻ hajmi (s) 2019-yil 1. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Tritikale Kumushsimon Prag 7 elita 21 Suli Oʻzbekiston kengbargli 2 elita 5 Javdar Shalola-18 1 elita 3 Xashaki lavlagi Oʻzbekiston-83 1,5 super-elita 0,9 Makkajoʻxori Oʻzbekiston-18 2 elita 8 2. Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti Izen Nurota 5 1 5 Teresken Toʻlqin 2 1 2 Chogon Jayhun 5 1 10 Quyrovuq Senakosniy 1 1 2 3. Makkajoʻxori seleksiya va urugʻchiligi ilmiy-tajriba stansiyasi Makkajoʻxori Erkin 2 YESV, Muxabbat, MJ 600, Oʻzbekiston 203 M, Gk 26 M, Gk 26 zM, Gk 13, AKIM 1 AMV, Krasnodar 3928, Krasnodar 1812 11 Ota-ona shakl 110 Makkajoʻxori Oʻzbekiston 601 YESV, Oʻzbekiston 300 MV, Qorasuv 350 AMV 10,3 Gʻ1 duragay 206 Joʻxori Qorabosh 1 elita 25 Tritikale Prag serebristiy 3 elita 90 Lavlagi Oʻzbekiston nimqandi 0,5 1-reproduksiya 0,5 2020-yil 1. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Tretikale Kumushsimon Prag 5 super-elita 15 Suli Oʻzbekiston kengbargli 3 super-elita 7,5 Javdar Shalola-18 2 super-elita 6 Xashaki lavlagi Oʻzbekiston-83 2 super-elita 1,2 Makkajoʻxori Oʻzbekiston-18 2,5 elita 10 2. Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti Izen Nurota 5 1 5 Teresken Toʻlqin 2 1 2 Chogon Jayhun 5 1 10 3. Makkajoʻxori seleksiya va urugʻchiligi ilmiy-tajriba stansiyasi Makkajoʻxori Erkin 2 YESV, Muhabbat, MJ 600, Oʻzbekiston 203 M, Gk 26 M, Gk 26 zM, Gk 13, AKIM 1 AMV, Krasnodar 3928, Krasnodar 1812 11 Ota-ona shakl 110 4. Makkajoʻxori seleksiya va urugʻchiligi ilmiy-tajriba stansiyasi Makkajoʻxori Oʻzbekiston 601 YESV, Oʻzbekiston 300 MV, Qorasuv 350 AMV 10,3 Gʻ1 duragay 206 Joʻxori Qorabosh 1 elita 25 Tritikale Prag serebristiy 3 elita 90 Lavlagi Oʻzbekiston nimqandi 0,5 1-reproduksiya 0,5 2021-yil 1. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Tretikale Kumushsimon Prag 4 super-elita 12 Suli Oʻzbekiston kengbargli 3 super-elita 7,5 Javdar Shalola-18 4 super-elita 12 Xashaki lavlagi Oʻzbekiston-83 1,5 super-elita 0,9 Makkajoʻxori Oʻzbekiston-18 3 elita 12 2. Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti Izen Nurota 7 1 7 Teresken Toʻlqin 4 1 5 Chogon Jayhun 10 1 20 Quyrovuq Senakosniy 5 1 10 3. Makkajoʻxori seleksiya va urugʻchiligi ilmiy-tajriba stansiyasi Makkajoʻxori Erkin 2 YESV, Muhabbat, MJ 600, Oʻzbekiston 203 M, Gk 26 M, Gk 26 zM, Gk 13, AKIM 1 AMV, Krasnodar 3928, Krasnodar 1812 11 Ota-ona shakl 110 Makkajoʻxori Oʻzbekiston 601 YESV, Oʻzbekiston 300 MV, Qorasuv 350 AMV 10,3 Gʻ1 duragay 206 Joʻxori Qorabosh 1 elita 25 Tritikale Prag serebristiy 3 elita 90 Lavlagi Oʻzbekiston nimqandi 0,5 1-reproduksiya 0,5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga 3-ILOVA
Xoʻjaliklarning asosiy maydonlarida choʻl-yaylov ozuqabop ekinlar urugʻini ekin turlari va navlari boʻyicha 2019-yilda joylashtirish rejasi
T/r Hududlar Tuman nomi Fermer xoʻjaligi nomi Jami yer maydoni, ga Ozuqabop ekinlar turi Ozuqabop ekinlarning urugʻlik maydoni, ga 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli “Azamat” FX 280 Tritikale, joʻxori, beda 150 Nukus “Kerber” FX 900 Tritikale, joʻxori 235 Chimboy “Alautdin” FX 600 Beda, joʻxori, makkajoʻxori 420 2. Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa “Zamon sari” FX 26 Makkajoʻxori 3 “Oq suv” elita eksperimental urugʻchiligi FX 640 Makkajoʻxori 140 3. Buxoro viloyati Kogon “Zirbod” boʻrdoqichilik kompleksi 10 Quyrovuq, teresken, chogon, 4 4. Jizzax viloyati Zomin “Tutak Karim dalasi” FX 10 Izen, teresken, esparset 7 “Rustamnoma” FX 10 Izen, teresken, chogon 8 5. Navoiy viloyati Konimex “Julay parranda” MCHJ 10 Tritikali, joʻxori 1 Nurota “Istiqlol” MCHJ 20 Izen, teresken, chogon, erkak oʻt 2 “Sharof Rashidov” MCHJ 10 Izen, teresken, qora saksovul 3 6. Samarqand viloyati Nurobod “Saxoba ota” MCHJ 10 Shuvoq, olabuta, chogon 5 “Jarquduq bogʻlari” FX 5 Izen, teresken, chogon 6 7. Sirdaryo viloyati Yangiyer “Energiya nasl chorva” MCHJ 365 Makkajoʻxori, joʻxori, tritikale 1,5 Xovos “Avazbek Maʼmurov” FX 45 Tritikale, beda, xashaki noʻxat, vika 15 Mirzaobod “Bek Cluster” MCHJ qoʻshma korxonasi 18 000 Makkajoʻxori, joʻxori, tritikale 30 Jami: 20 941 1 030,5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga 4-ILOVA
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutida choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklarining birlamchi urugʻlik maydonlarini barpo etish uchun xarid qilinishi zarur boʻlgan moddiy-texnika vositalari
ROʻYXATI
T/r Materiallar Oʻlchov birligi Miqdori Tovar birligi narxi (ming soʻm) Jami (ming soʻm) 1. Sim toʻr metr 8 000 12 96 000 2. Beton ustunlar dona 2 400 40 96 000 3. Poʻlat sim tonna 1 12 12 000 4. Dizel yoqilgʻisi tonna 3 4,8 14 000 5. Sim toʻr bilan oʻrash ishlari 30 000 6. Zarur urugʻlarni yigʻish, ekish 3 000 5 15 000 Jami: 263 000
Izoh: Zarur moddiy-texnika resurslari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan qaytarish sharti bilan moliyalashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga 5-ILOVA
Ozuqabop ekinlar urugʻlarini yetishtiruvchi xoʻjaliklar yer maydoni
HAJMLARI
gektar T/r Hududlar Beda urugʻchiligi uchun (1 gektardan 200 kg) Makka urugʻchiligi uchun (1 gektardan 7 tonna) Lavlagi urugʻchiligi uchun (1 gektardan 900 kg) Oraliq ekin urugʻchiligi uchun (1 gektardan 5 tonna) Choʻl ozuqa urugʻchiligi uchun (1 gektardan 40 kg) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 756 42 19 824 7 000 2. Andijon viloyati 1 098 76 6 565 3. Buxoro viloyati 783 35 14 707 5 000 4. Jizzax viloyati 1 629 133 14 1 155 3 000 5. Qashqadaryo viloyati 1 602 104 5 1 067 3 000 6. Navoiy viloyati 84 69 4 351 8 000 7. Namangan viloyati 1 242 54 8 546 8. Samarqand viloyati 456 183 9 973 3 000 9. Surxondaryo viloyati 271 66 13 485 3 000 10. Sirdaryo viloyati 1 503 73 6 655 11. Toshkent viloyati 1 287 153 9 911 12. Fargʻona viloyati 1 080 94 15 656 13. Xorazm viloyati 828 58 10 941 Jami: 12 619 1 140 132 9 836 32 000
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi PQ-4243-son qaroriga 7-ILOVA
2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojlarini toʻlashdan ozod etiladigan ayrim turdagi butlovchi qismlar va xom ashyolar
ROʻYXATI
T/r Tovarlar nomi TIF TN kodi 1. Tomchilatib sugʻorish tizimi uchun quvur va shlanglar ishlab chiqarish uchun pigment va preparatlar 3206 19 000 0 2. Tomchilatib sugʻorish tizimi uchun PVX quvurlar 3917 23 900 0 3. Sugʻorish uchun tomchilatish trubkasi, tomchilatib sugʻorish tizimi uchun egiluvchan quvurlar 3917 32 000 9 4. Tomchilatib sugʻorish tizimini ulash uchun furnitura va fitinglar 3917 40 000 0 5. Oʻz oʻqi atrofida aylanuvchi va boshqa yomgʻirlatib sugʻorish tizimining butlovchi qismlari va mashinalari 8424 82 100 0 8424 90 000 0 6. Barcha turdagi toʻgʻriga harakatlanuvchi yomgʻirlatib sugʻorish mashinalari 8424 82 100 0
