Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (2994-1-son)
11.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2994-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/6-son qarori (roʻyxat raqami 2994, 2018-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 14-son, 294-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-fevral,
4/13-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 23-fevraldagi 4/13-son qaroriga ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilyotgan oʻzgartirishlar
1. 6-banddan “tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 2 — 5-ilovalardan “muhr” degan soʻz chiqarib tashlansin.
