Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya konsultanti faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (1495-7-son)
11.03.2019
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KAPITAL BOZORINI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1495-7]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4127-son “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorning 2005-yil 15-iyundagi 2005-06-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1495, 2005-yil 15-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 28-29-son, 213-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya konsultanti faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori A. NAZIROV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-mart,
2019-06-son
