Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida (1297-4-son)
11.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1297-4]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 23-dekabrdagi 131-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1297, 2004-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 24-modda) bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-mart,
29-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 29-son buyrugʻiga ILOVA
Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 28-bandning uchinchi xatboshisidagi “muhrlashi, oʻz imzosi va muhri bilan tasdiqlashi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar “imzo bilan tasdiqlashi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 38-bandning birinchi xatboshisidan “va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 43-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Olish-nazorat qilish varagʻining yuqoridagi chap burchagida varaq berilgan sana, korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi qoʻyiladi.”.
