Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (2428-4-son)
11.03.2019
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2428-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-yanvardagi 6-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2428, 2013-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-fevral,
190-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2019-yil 28-fevraldagi 190-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 28-banddan “muhr (shtamp) izi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 2-ilova mazkur oʻzgartirishlarning ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga ILOVA
“Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga 2-ILOVA
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2019-y., 10/19/2428-4/2738-son)
